Markaziy mamlakatlarida xor sanatininng rivojlanishi


Download 1.14 Mb.
bet4/8
Sana22.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1222119
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKAZIY MAMLAKATLARIDA XOR SANATININNG RIVOJLANISHI

X U L O S A

Umumtalim maktablarida musiqa tarbiyasini amalga oshira borar ekanmiz, o‘qituvchi oldida o‘quvchilarni o‘z darsiga, musiqaga qiziqish va havas uyg‘otish vazifasi turadi. Maktabda, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda xor jamoasida qo‘shiq aytish, musiqa tinglashga nisbatan paydo bo‘lgan qiziqish va moyillik, asta-sekin yoshlarning sanatga bo‘lgan ijobiy munosabatlari va qolaversa ehtiyojlarining tarbiyalanib, shakllanib borishida muhim o‘rin tutadi.


Xor san’ati o‘z tabiatiga ko‘ra sanat darsidir. Uni rang-barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o‘qituvchidan katta pedagogik va professional mahorat talab etadi. “Bolalarni sanatga o‘rgatish nihoyatda murakkab,-deb takidlaydi taniqli kompozitor D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkablik shundaki, ularni emotsional tarzda qiziqtirmay turib chinakam sanatga o‘rgatish mutlaqo mumkin emas”. Bu o‘rinda xor mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarning ijodiy faolligini taminlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning orombahsh tasiridan bahramand bo‘lish bilim, malaka va ko‘nikmalar qatori emotsional his-tuyg‘ularning ishtirokiga ham bog‘liq. Asarni ijro va idrok etishda his-tuyg‘ular qanchalik faol va chuqur bo‘lsa, ularni tushunish va o‘zlashtirish, to‘yinish va zavq olish ham shunchalik ongli va chuqur bo‘ladi. Bu holatlar esa o‘z o‘rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo‘ladigan jarayondir. Zero zerikarli va sokinlik holati sinfda jonli hissiyot holatini tashkil eta olmaydi. O‘quvchilarni xor san’atiga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan asarlar repertuari bilan bog‘liq. Boshlang‘ich sinflar uchun tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni o‘quvchilarning yoshlarga, qiziqishlari, bilim va ko‘nikmalar darajasiga mos bo‘lish, tematikaning rang-barangligi, g‘oyaviy-badiiy sifati hamda pedagogik qimmati bilan belgilanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, maktabda o‘quvchilarning yoshlari va idrok etish qobiliyatlari mos keladigan o‘tmish va hozirgi zamonning eng yuksak g‘oya va obrazlarini aks ettiradigan, o‘zining forma va mazmuni bilan go‘zal va hayotbahsh, nafis va xushohang asarlar yangrashi lozim. Zero faqat mana shunday asarlargina o‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas uyg‘ota oladi, axloqiy-estetik hissiyotlarini, zarur bo‘lgan qobiliyatlarini o‘stirib boradi. Bu o‘rinda zamonaviy qo‘shiqlar qatori xalq qo‘shiqlaridan keng va oqilona foydalanish darsni yanada qiziqarli va sermazmun bo‘lishini taminlaydi, yosh ijrochilarda xalqimiz ijodiga, uning musiqa va qo‘shiq sanatiga bo‘lgan mehr va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirib boradi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga keladi. O‘quvchilarni xor san’atiga qiziqtirish darslarni naqadar qiziqarli, mazmunli, tushunarli va qolaversa materiallarning rang-barang bo‘lishligiga bog‘liqdir. Musiqa asarlari, rang-barang ko‘rgazmali qurollar, musiqa haqidagi qiziqarli fakt va malumotlarga boy bo‘lgan, boshidan oxirigacha sust bo‘lmagan suratda tashkil qilinadigan xor darslari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
“Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk marifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir. Chunki talim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, talim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.” – Islom Karimov.1
Hozirgi davr dunyodagi g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir.Shuning uchun ham yosh avlodni milliy ong va milliy mafkura ruhida tarbiyalash ishiga barcha vositalar ishga solinmoqda.
Davlatimizning madaniyat, xalq ta’limi, yangi insonni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faoliyati o‘zbek oilalarining to‘la ma’noda erkin va har tomonlama kamoloti uchun asosdir. Bugungi kunda ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan barcha mutasaddilar bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishning zamonaviy islohotlarga boy yo‘nalishlari asosida ish olib bormoqdalar. Ya’ni hozirda ular o‘z ustida tinmay izlanishlari kerak. Ko‘plab o‘qituvchilar o‘z dunyoqarashlarini kengaytirishga, bola tarbiyasi bilan bog‘liq adabiyotlarga qiziqishga intilmoqdalar. O‘z bayrog‘imiz, tamg‘amiz va madhiyamizga ega bo‘ldik. Mustaqilliknnig madaniy-ma’rifiy jabhadagi yutug‘i va saboqlaridan yana biri shundan iboratki, xalqimiz o‘zining buyuk tarixi va milliy o‘zligini chuqur angladi. Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosdan bahramand bo‘ldilar. O‘z kelajagini, o‘z istiqbolini buyuk tariximiz mezoni bilan o‘lchashni, uni aniq va keng ko‘lamda tasavvur etishni o‘rgana boshlaydi. Insonning qaysi millatga mansubligi tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Yigit-qizlarni aqliy axloqiy, madaniy-ma’naviy jihatdan puxta tayyorlamasdan fanga iste’dodli yoshlarni kirib kelishini ta’minlamasdan, zamonaviy fan-texnikaning yutuqlaridan baxramand qilmasdan, eng muhimi, ularning qadriga yetmasdan mamlakatimiz ma’naviyatini rivojlantira olmaymiz. Shunday ekan, ularning ma’naviy barkamollikka erishishlarida ibratli, pand nasihatga boy hikmatlaridan, xalqona yo‘lda yaratilgan milliy ohang va tasvirlardan foydalanishimiz zarur. Keyingi yillarda mamlakatimizda musiqa ta’limi va tarbiyasiga davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Uni o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etish, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib texnologik yondashish, unga innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash xamda musiqaning inson organizmiga kolaversa bola vujudiga tasirini tugri tushunish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shuning uchun ham biz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqiy ta’lim va tarbiya jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda tashkil etish yo‘llarini nazariy-uslubiy va amaliy jihatdan o‘rganib chiqib quyidagi xulosalarga keldik.
Biz ushbu BMI da tadqiq etilayotgan muammoning ayrim jihatlarini yoritishga harakat qildik. Uni yanada kengroq va chuqurroq o‘rganish mumkin bo‘lgan jihatlari talaygina. Bizdan keyingi bitiruvchilar ular ustida qiziqarli ishlar olib borishlari mumkin.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling