Markaziy mamlakatlarida xor sanatininng rivojlanishi


Download 1.14 Mb.
bet8/8
Sana22.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1222119
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKAZIY MAMLAKATLARIDA XOR SANATININNG RIVOJLANISHI

O‘quvchilar: Bolalar gullar terib yurishibdi, bahor haqidagi qo‘shiq.
O‘qituvchi: Yaxshi yana kim aytadi.
O‘quvchi: Yomg‘ir yog‘ayapti, shuni tasavvur qildim,. Yomg‘ir haqidagi qo‘shiq.
O‘qituvchi: Bu qo‘shiq “Paxta raqsi” deb nomlanadi Dilorom Omonullayeva musiqasi, demak dalazorlarda odamlar paxta terayotgandagi jarayonni eslatuvchi kuy ekan.

Dars yakuni:
O‘qituvchi darsga yakun yasab, faol qatnashgan g‘olib o‘quvchilarni rag‘batlantirib, ularni baholaydi. G‘olib guruhni aniqlab, ularni olqishlaydi.
Uyga vazifa:
O‘qituvchi: O‘tilgan mavzuni mustaxkamlab, yangi qo‘shiqni o‘rganib kelish.
Darsimiz tugadi. Xayr.
O‘quvchilar: Xayr ustoz!

2-ilova
Musiqiy tarbiyaviy tadbir

Mavzu: “ Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”
Tadbirning maqsadi: 1. Vatanni muqaddasligi, uni asrash va unga munosib farzand bo‘lishga intilish. Ona Vatanga hurmat tuyg‘ularini tarbiyalash.
2. Vatan haqidagi qo‘shiq va she’rlar orqali, bolalarga aziz va muqaddas, vatan haqidagi tushunchalarini yanada kengaytirish.
3. O‘quvchilarni Vatan oldidagi burchlarini his qilishga, ajdodlarimiz kabi jasoratli, aqlli, vatanimiz ravnaqi yo‘lida kuchini, bilimini ayamaydigan, oqil, olim, ishbilarmon bo‘lishga chorlash.
Jihozlar : O‘zbekiston madhiyasi, vatan haqidagi syujetli rasmlar, O‘zbekiston shaharlari tasvirlangan suratlar. Vatanimiz buyuk kishilari suratlari. Savol kartochkalari. Texnik jihozlar.
Rivojlantirish: Bu bayramni ya’nada kattaroq – dabdabali o‘tkazish va hozirgi zamon texnologiyalaridan foydalangan holda ya’nada qiziqarli qilib o‘tkazish.
Tadbirning jihozi: Ko‘rgazmali qurollar, maqol va hikmatlar, rasmlar, plakatlar, kerakli jihozlar.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashadi.
O‘QITUVCHI: Salom aziz o‘quvchilar!
O‘QUVCHILAR: Assalomu alaykum!
Keyin hamma birgalikda O‘zbekiston davlat madhiyasini kuylaydi. Madhiya kuylab bo‘lingach o‘qituvchi darsni boshlaydi.
O‘QITUVCHI: Aziz o‘quvchilar bugungi tarbiyaviy soat darsimiz mavusi “ Mardlar qo‘riqlaydi vatanni!” Bugungi darsimiz yanada qiziqarli va bahs suhbatlarga boy bo‘lishi uchun biz ikki guruhga bo‘linib dars o‘tamiz. Demak, birinchi guruhimiz yigitlarimizning “ vatan o‘g‘lonlari “ guruhi, ikkinchi guruhimiz qizlarimizning “ o‘zbegim qizlari ” guruhi. Endi har bir jamoa tezlik bilan o‘ziga shior tanlaydi. Qani yigitlarimiz guruhini bizga kim tanishtiradi?
O‘QUVCHI: Bizning guruh: - Vatan o‘g‘lonlri.
Bizning shior: - Vatanga sodiq bo‘lamiz, uni sevamiz va himoya
qilamiz.
O‘QITUVCHI: Qani endi qizlarimiz guruhini kim tanishtiradi?
O‘QUVCHI: bizning guruh: - O‘zbegim qizlari.
Bizning shior: - Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.
O‘QITUVCHI: Judayam yaxshi. Bugun faol qatnashib ko‘proq bal yiqqan guruh g‘olib bo‘ladi va mening maxsus sovg‘alarimga ega bo‘ladi.
Demak, biz bugun “ Vatan “ haqida uni sevish haqida suhbatlashamiz.
- Har bir insonning tug‘ilib o‘sgan joyi uning aziz va mo‘tabar Vatani hisoblanadi. Biz O‘zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan go‘zal Vatanda yashaymiz. Unda yam-yashil vodiylar, daryo va ko‘llar bor. Shahar va qishloqlari tobora obod bio‘lib ko‘rkamlashmoqda. O‘zbekistonni Buxoro, Samarqand, Toshkent singari butun dunyoga mashhur bo‘lgan shaharlari bor.
Sizlar mustaqil O‘zbekistonni erka farzandlarisiz, shuning uchun mustaqillikning qadriga yetingiz. Vatanimizning ravnaqi kelajagi sizning qo‘lingizda ekanligini his qilgan holda, o‘qib o‘rganib, vatanparvar, xalqqa, ona Vatanga munosib kishilar bo‘lishingiz kerak.
-Qani kim menga vatan haqida she’r aytib beradi?
Ikkala guruhdan ham o‘quvchilar birin ketin she’rlar aytishadi.
O‘QITUVCHI: Judayam yaxshi. Qani endi hammamiz birgalikda “ Bu menga Vatan – Jon O‘zbekitson” qo‘shig‘ini kuylab, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni qo‘shiqda namoyon etamiz.
HAMMA BIRGALIKDA KUYLAYDI.
“ BU MENGA VATAN- JON O‘ZBEKISTON “
Bu menga Vatan!
Bu senga Vatan
Bu bizga Vatan jon O‘zbekiston.
O‘QITUVCHI: Mana men sizlarga Vatan haqidagi o‘z tushunchalarimni aytib o‘tdim. Qani endi sizlardan eshitaylik. Vatan deganda kim nimani tushunadi?
Ikkala guruhdan ham o‘quvchilar o‘z fikrini bildirishadi.
O‘QITUVCHI: Bilasizlarmi, bizning Vatanimizni, mustaqil O‘zbekistonimizni mana shunday gullab-yashnab, obod bo‘lib, go‘zal bir diyorga aylanishida ajdodlarimiz, buyuk bobokalonlarimizning hissalari judayam katta. Buyuk bobolarimizdan, bobokalonomiz Amir Temurning hissalari judayam katta. Ular Vatanimizning mustaqilligi, tinchligi va gullab-yashnashi uchun juda katta kurashlar olib borganlar.
(Keyin bir o‘quvchi zar to‘n bilan salla kiyib chiqadi.)
O‘QITUVCHI: Iye, ha Ulug‘bek sen nega bunday kiyinib olding?
O‘QUVCHI: Men bobokolonimiz Amir Temurga o‘xshamoqchiman,
O‘QITUVCHI: Sen Amir Temur bobomizga o‘xshab kiyinib olib ularga o‘xshadimmi demoqchisana? To‘g‘rimi? Ulug‘bek, bilasanmi, agar rostdan ham sen ularga o‘xshamoqchi bo‘lsang, sen o‘qib o‘rganib, Vatanga foydasi tegadigan munosib farzand bo‘lsang, uni tinchligi uchun kurashsang, o‘shanda sen Amir Temur bobomizga o‘xshab buyuk inson bo‘lasan.
Qani aytchi, menga Amir Temur bobomiz haqida nimalar bilasan?
O‘QUVCHI: Amir Temur bobomiz,
Mardu jasur bobomiz.
Jangu-jadallar kezgan,
Abadiy o‘chmas nomi.
Tilimizda kalomi,
Unutmaymiz hech qachon,
Sizni ulug‘ bobojon.
O‘QITUVCHI: Judayam yaxshi. Qani endi joyingga o‘tirib ol. Hozir sizlar bilan savol javob qilamiz. Men savol tuzganman va savollarni raqamlaganman, shu raqamlardan tortasizlar qaysi raqam tushsa, shu raqamdagi savolga javob berasizlar.
O‘QUVCHI: Menga 4 chi raqam tushdi.
O‘QITUVCHI: maqolni davom ettiring.
“ Bubul chamanni sevar, ………………… “.
KEYINGI O‘QUVCHI: Menga 1chi raqam tushdi.
O‘QITUVCHI: Ona –Vatan qachon gullab yashnaydi?
NAVBATDAGI O‘QUVCHI: menga 3chi raqam tushdi.
O‘QITUVCHI: “ Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak “ bu kimning so‘zlari?
KEYINGI O‘QUVCHI: Menga 2chi raqam tushdi.
O‘QITUVCHI: kimlar o‘z yurtini himoya qilmaydi?
O‘QITUVCHI: Judayam yaxshi savollarga juda to‘g‘ri javob berdilaring. Qani endi “ Vatan o‘g‘lonlari “ vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini bizga qanday namoyon etishadi.
O‘QUVCHI: Biz vatanga bo‘lgan hurmatimizni, uni asrab avaylashimizni qo‘shiq orqali namoyon qilmoqchimiz.
O‘QITUVCHI: judayam yaxshi, unda hammamiz birgalikda ularni tinglaymiz.
HAMMALARI BIRGALIKDA “ Vatan himoyachilari “ qo‘shig‘ini kuylashadi.
“ VATAN HIMOYACHILARI QO‘SHIG‘I ”
Biz askarmiz posbonmiz
Ulug‘ yo‘lda karvonmiz
Tinchlik uchun qalqonmiz
Hech bilinmas qo‘rg‘onmiz
Ona yurt Turkistonda
Yeru osmon ummonda
Chiniqishni qo‘ymaymiz
Tinchlik kuyin kuylaymiz
Naqorat:
Bir ikki uch bir ikki....
Ayting marra kimniki?
Albat marra bizniki
Jasur o‘g‘lon qizniki
O‘QITUVCHI: judayam yaxshi. Qani endi “ O‘zbegim qizlari “ bizga o‘z vatanlariga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini qanday namoyon qilib berishadi?
O‘QUVCHI: Biz o‘z mehrimizni raqs orqali ifoda etmoqchimiz.
O‘QITUVCHI: Unda hammamiz birgalikda qizlarimiz ijrosida ajoyib raqsni tomosha qilamiz.
Qizlar “ O‘zbekiston “ qo‘shig‘iga raqsga tushib berishadi.
O‘QITUVCHI: Juda ham ajoyib. Bugun men sizlardan judayam xursand bo‘ldim, darsga juda faol qatnashdilaringiz. Darsimiz judayam qiziqarli bo‘ldi. Endi ikkala guruhni ballarini hisoblab g‘olib jamoani aniqlab olamiz. 25 u, 25. demak ikkala guruh ham bir xil ball to‘plagan. Ko‘rinib turibdiki bizning bugungi darsimizda do‘stlik g‘olib keldi.
Hamma o‘quvchilarga egalik sovg‘alari beriladi. Tanaffusda hammalarini kundalik daftarlarini olib kelishlari aytiladi.
O‘QITUVCHI: Mana bugungi tadbirimiz ham tugadi. Hammalaringizga raxmat!

















1 I. A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent. Ma’naviyat. 2008-yil. 69-b





Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling