Darsning jihozi: 1 – sinf musiqa darsligi, konspekt, fortepiano, plakatlar, rasmlar. Mavzuga oid bukletlar, bolalarni rag‘batlantiruvchi kartochkalar.
Darsning borishi:
O‘quvchilar darsga kirib kelishadi, salomlashib davomat aniqlanadi.
Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni dars boshlashga tayyorlash, ya’ni musiqa darsida qanday o‘tirish kerak ekanligini, kuylaganda gavda qanday holatda turishini eslatib, ularni to‘g‘ri o‘tkazib olamiz. Bolalarni ikki guruhga bo‘lamiz.
“Yulduzcha” guruhi
“Quyosh” guruhi
O‘qituvchi: Qani bolalar, ko‘ramiz bugun qaysi guruh darsga faol qatnashib, ko‘proq rag‘bat kartochkalarini yig‘adi. Qani endi xammamiz to‘g‘ri o‘tirib, ovoz sozlash mashqlarini bajarasiz.
Ovoz sozlash mashqlari:
Do, re, mi, fa, sol, lya, si, do
Do, re, mi, fa, sol, lya, si, do (bir necha bor qayradi)
Do – do, re – re, mi – mi, fa – fa,
sol – sol, lya – lya, si – si, do – do
Do – mi – sol – mi do (bir necha marta qaytariladi)
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘qituvchi: Qani endi o‘tgan qo‘shiqlarimizni bir eslaymiz, uyga bergan qo‘shiqni nomi nima edi ?
O‘quvchi: “Kapalak qo‘shig‘i”
O‘qituvchi: Qani endi xammamiz qo‘shig‘imizni bir eslab olamiz va birgalikda keyin yakka holda so‘rayman.
Qo‘shiqni so‘rab bo‘lgach. Kartochkalar bilan rag‘batlantiriladi. Keyin yangi mavzu o‘tiladi.
Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchi: Biz sizlar bilan bugun yangi mavzu o‘tamiz. Bugungi mavzuyimiz “Navro‘zim – sho‘x sozim” qo‘shig‘i va yangi mavzuni o‘tish bilan birgalikda o‘tgan mavzu yuzasidan xam savol-javob qilib olamiz.
(Savol yozilgan kartochkalar tarqatiladi.)
O‘qituvchi: Biz o‘tgan safar A.Motsart hayoti va ijodini o‘tgandik. Sizlar kartochkalarga tayyorgarlik ko‘rishingizga qadar men yangi mavzu haqida gapirib beraman.
“Navro‘zim – sho‘x sozim” deganda avvalom bor xammamizni ko‘z oldimizga tug‘ilib o‘sgan joyimiz keladi. Xamma o‘z tabiatimizni sevib – ardoqlash, ona tabiatimizni asrashimiz lozim. Chunki tabiat bizga barcha nozu – ne’matlarni, oppoq tiniq suvlarini, go‘zal manzaralarini berdi.
Navro‘z bizning azaliy bayramimiz to‘g‘rimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |