Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Usun
nomi 
bilan tanilgan.
V. V. Radlov qirg‘izlar m o‘g ‘ul bosqini davrida dastlabki 
hududlaridan siqib chiqarilgan deb yozgan edi va o ‘z navbatida ushbu
151


fikm i C h o 'q o n V alixonov ham da O. Qoraev, M. Kojobekovlar ham 
m a'qullagan edi.
A kadem ik V. V. Bartold qirg ‘izlam i T angritog‘ga ilk k o ‘chishlari 
to ‘g ‘risida gap b o ‘lishi m um kin emas, deb ta'kidlaydi va u bunday 
xulosaga kelish uchun xitoy ham da arab m anbalariga tayanadi. A. 
B em shtam esa qirg‘izlam i Tangritog‘ga k o ‘chishi sekin-asta sodir 
b o ‘igan deb qayd etgan b o ‘lsa, K. Petrov esa ushbu etnos (qirg‘iz)ning 
Tangritog'da m o‘g ‘ullar bosqinidan keyingi davrda uchta etnik 
kom ponent asosida shakllanganligi borasidagi g ‘oyani ilgari suradi. S. 
M. Abramzon K. Petrovning fikriga qo ‘shilmasdan, ayni paytda 
Tangritog‘ga qirg‘izlar emas, turkiy qabilalar kelgan edi, degan edi. 
Yu. Xudyakoy o ‘zining “История енисейских кыргызов” (Abakan, 
2000) asarida qirg‘izlam ing Tangritog‘ga ko‘chishi ikki bosqichda 
bo‘lganligini tasdiqlaydi. Um uman olganda, qirg‘izlam ing etnik 
tarixiga oid muammo fanda o ‘z yechimini to ‘la-to‘kis topgan, deb 
bo‘lmaydi.
Q irg‘izlam ing Yenisey bo‘ylarida yashaganliklari to ‘g ‘risida 
qadimgi va o ‘rta asrlar manbalarida ham ma’lum otlar uchraydi. 
Hozirgi qirg‘iz xalqining etnomadaniy kelib chiqish jarayonini 
tushunishda ushbu manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Q irg‘izlar 
turkiy tilda so ‘zlashuvchi qadimiy xalqlardan biri b o ‘lib, ular 
to‘g‘risida ilk bora miloddan oldingi III asr oxirlarida xitoy tilidagi 
Xan manbalarida eslatiladi. Qirg‘izlam ing etnik guruhlari ko ‘pgina 
turkiy va m o‘g‘ul tillarida so‘zlashuvchi xalqlam ing shakllanishiga 
olib kelgan jarayonlarda ishtirok etgan edi.
“Buyuk davlatchilik” davri qirg‘izlaming Sharqiy Turkistonda 
paydo bo‘lishiga olib keldi va ulam ing G ‘arbiy Tangritog1 tom on 
siljishlarida muhim bosqich bo‘ldi.
Qirg‘iz xonliklari yettisoyda XVIII asr boshlarigacha, ya'ni 
qirg‘izlar jun g‘orlar tomonidan Jung‘oriyaga olib ketgunga qadar 
mavjud bo‘ldi. Jung4orlar xonligi manchjurlar tom onidan tor-m or 
etilgach, qirg‘izlaming bir qismi Manchjuriyaga ko‘chirilgan b o ‘Isa, 
bir qismi esa qalmiqlar bilan birga Volga bo‘ylariga qochgan va 
hozirgi Ural xalqlari tarkibiga kirgan.
Qirg izlar asosan, mongoloid irqiga mansub. Ma'lumki, m o ‘g ‘ul 
irqiga xos alomatlar: tana terisining sarg‘ishligi, qattiq to ‘g ‘ri soch, 
badandagi sochning uncha ko‘p bo‘lmasligi, iyagining b o ‘rtib
152


chiqqanligi, 
burunning 
yassiligi 
(pachoqroqligi), 
me’yordagi 
qalinlikda lab hamda m o‘g ‘ul qovoq (epikantus)dan iborat.
Odatda, qirg‘izlam ing sochi qattiq va to‘g ‘ri, badandagi sochi 
uncha ko‘p emas, yuzi yassi, bumi bo'rtib chiqmagan, yuqori qovog‘i 
epikantus (o ‘g ‘il va qiz bolalarda) ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo, oltoy, 
tuva va buryat xalqlari bilan solishtirganda, yuqoridagi hamma 
belgilar qirg‘izlarda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lgan. Shuning 
uchun qirg‘izlar so f m o‘g ‘ul irqiga xos emas.
Yenisey-Irtish 
daryo 
oralig‘i 
(zamonaviy 
Tangritog4 
qirg‘izlarining avlodlari yashagan hudud) aholisi yevropeoid irqiga 
mansub bo‘lganligiga e'tiborimizni qaratamiz. 0 ‘sha paytda m o‘g‘ul 
irqiga mansub odamlar Bayko‘lbo‘yi va Sharqiy M o‘g ‘ulistonda 
yashar edi, lekin II-IV asrlarda m o‘g ‘ul irqiga mansub qabilalaming 
Yenisey va Oltoyga ko ‘chishi avtoxton aholining qiyofasini 
o ‘zgarishiga olib keldi.
M o‘g ‘ul 
irqiga 
mansub 
qabilalaming 
asta-sekinlik 
bilan 
Tangritog‘ga qarab siljishi, II ming yillikning birinchi yarmida 
Tangritog* 
aholisi 
qiyofasining o ‘zgarishiga sabab bo‘Idi va 
pirovardida, zamonaviy qirg‘izlamikiga o ‘xshab shakllandi. Ushbu 
o'zgarishlar qirg‘izlam ing Janubiy Sibir irqiga mansub ekanligi so‘z 
yuritishga asos ЬоЧа oladi.
Q irg‘iz tili Oltoy til oilasini turkiy tili guruhining shimoliy- 
g ‘arbiy til shoxobchasiga mansub. Ushbu til bilan bir qatorda xalq 
dialektikasining ikki guruhi: shimoliy dialekt guruhi va qirg‘iz hamda 
o ‘zbek tilining o ‘zaro ta'siri natijasidagi aralash dialektlaming janubiy 
guruhi mavjud.
Taniqli tilshunos B. Yunusaliev til tarixidagi uch davmi ajratib 
ko ‘rsatadi: qadimgi davr, ya'ni VU-XII asrlar; o'rta davr - XII-XV 
asrlam ing o ‘rtalari (Oltoy davri deb ham ataladi). Ushbu davrda 
qirg‘iz tilining qipchoq tili bilan o ‘zaro ta'siri natijasida asta-sekinlik 
bilan g ‘arbiy til ko ‘rinishiga ega bo‘ladi: yangi davr - XV asming 
o ‘rtalari — XVI asr. Shu davrdan boshlab qirg‘iz tili yagona xalq tili 
shakllana boshlaydi. Olim qirg‘iz tilini zamonaviy Qirg‘iziston 
hududida emas, balki undan shimoliy-sharqda, ya'ni Sharqiy 
Turkistonda paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi.
Zamonaviy qirg‘iz tilining paydo boMishi so‘nggi davrga 
taalluqli, holbuki, milodiy I asrda Yenisey da yashagan qadimgi qirg‘iz 
qabilalarining tili uning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan.
153


So‘nggi davrlarda qirg‘iz tili qipchoq tili bilan assimiliyasiyalashgan, 
shu bilan birga, boshqa til va til guruhlari, xususan, m o ‘g 4ul tili ham 
uning shakllanishida m uhim rol o ‘ynagan, degan qarashlar ham ilgari 
surilmoqda. Q irg‘iz tili leksikasi m o ‘g ‘ul elem entlari bilan birga arab 
va eron tillaridan so‘zlam ing kam o ‘zlashtirilganligi bilan farqlanadi.
“Q irg‘iz” nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha “X anshu” (Xan 
sulolasi tarixi) yilnom asida.m il. a w . 203-yilda gi voqyealar bayonida 
tilga olingan. Qirg‘izlam ing eng qadimgi ajdodlari gun, shak, usun va 
dinlin qabilalari ittifoqiga borib taqaladi.
“Q irg‘iz” etnonim ining kelib chiqishi to ‘g ‘risida bir qancha 
qarashlar mavjud. Jumladan, “qirg‘iz” nomi haqida keng tarqalgan 
talqinlam ing birida ushbu atam a “qirq urug‘li xalq” degan ma'noni 
bildiradi, deyiladi. Boshqa bir taxm inga ko ‘ra, qirg‘iz etnonimi 
“ qirilgis” - “yengilm as”, “qo‘rqmas” degan m a'nolam i bildiradi, deb 
qayd etilsa, taniqli tilshunos olim K. Petrovning fikricha, “Q irg ‘iz” 
atamasi etimologiyasi qadimgi turk sifat so‘zi “qirig” - “qizil”dan 
kelib chiqqan. “Qirg‘iz” atamasi shu so‘zning ko‘plikdagi ma'nosi 
b o ‘lib, mazkur so‘z xalq yashagan hudud bilan bog‘liq, xalqning nomi 
esa shu so‘zdan olingan.
Yenisey b o ‘yidagi Qirgun mamlakati (“ Qizil m am lakat”) mil. 
a w . 1 ming yillikdayoq mavjud edi. O lsha paytda “Qirgut” atamasi 
paydo bo‘lgan, keyinchalik esa “qirg‘iz” atamasiga o‘zgargan.
Abulg‘oziy 
Bahordirxonning 
“Ш ажарайи 
турк” 
asarida 
qirg‘izlaming kelib chiqishi haqida ma'lumot berilgan b o ‘lib, ushbu 
manbada qayd qilinishicha, 0 ‘g‘uzxonning Q irg‘iz degan nabirasi 
bo‘lgan. Aynan mana shu nabirasidan qirg‘izlar tarqalgan ekan.
Xullas, qirg‘izlaming kelib chiqishi to ‘g ‘risida turlicha qarashlar 
mavjud. Xususan, ulaming Yenisey qirg‘izlaridan tarqalganligi biroz 
bahsli masala hisoblanadi. Qirg‘izlaming ilk etnik tarixi va qadimgi 
qabila ittifoqlari (xunnlar, dinlinlar, saklar va usunlai) bilan bog‘liq. 
VI—X asrlarda Sayan-Oltoy va Tangritog‘ etaklarida yashovchi turkiy 
qabilalar qirg‘izlar yerlariga ko'chib kelib, mahalliy aholi bilan 
qo‘shilib, Qirg‘iz davlatini tuzadi. Turk xoqonligi va ko‘chmanchi 
davlat uyushmalari davri (V I-X asrlar)da keyinchalik qirg‘izlar 
tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy, Irtishbo‘yi va Sharqiy 
Tangritog‘ning turkiy aholisi orasida shakllangan. Hozirgi hududga
IX -X asrlarda ko‘chib kelgan eroniy tilli, kichik turklashgan mahalliy 
elatlar hisoblangan qarluqlar va o ‘g‘uzlar bilan aralashib ketgan. XIII
154


asrgacha Tangritog* aholisi irqiy jihatdan yevropeoidlarga mansub 
edi. Qirg‘izlam ing bir qismi IX -X II asrlarda, katta qismi esa o*rta 
asrlar davomida g*arbga ko*chib, Issiqko‘l atroflari, yettisuv havzasi, 
Tangritog* yon bag‘irlari, F arg‘ona vodiysining to g ‘oldi mintaqalari 
va Dashti Qipchoq hududlariga borib joylashgan.
Qirg*izlaming asosiy qismi Tangritog* va Issiqko‘l oralig*ini 
makon tutib, bu yerdagi bir nechta turkiy qabilalar bilan birgalikda 
hozirgi qirg*iz xalqini tashkil qilgan. Qirg*iz xalqi tarkibiga, 
shuningdek, 
yettisuv 
va 
M ovarounnahming 
turkiy 
qabilalari, 
jumladan, qarluqlar ham da uyg‘urlar, keyinchalik mo*g*ul qabilalari 
qo*shilgan. Ushbu davrda qirg*izlaming tipi bo*yicha mo*g‘ullashuvi 
va tili bo*yicha turkiylashish jarayonlari nihoyasiga yetgan. X V -X V II 
asrlarda esa, kelib chiqishi qozoq no*g*oylar bilan bog‘liq qabilalar 
kirib kelgan. Qozoqlarning bir qismi boshqa turkiy xalqlam ing 
etnogenezi singib ketgan. X V I-X V II asrlarda qirg*izlarga qozoq- 
no*g*oy qabilalari kelib q o ‘shilgach, Tangritog* qirg*izlarining etnik 
jihatdan shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan.
Keyingi ikki asr davomida Jung*or xalqlari qirg*izlami talab 
keldi. Ular XJX asr birinchi yarmigacha Qo*qon xonligiga tobe 
bo*lgan. XIX asm ing 60-70-yillarga kelib qirg*iz yerlarining aksariyat 
qismi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinadi.
{V Q IR G ‘IZ L A R N IN G E T N O G E N E Z I •)
155


Q irg‘izlam ing urug‘-aymoqlari asosan, uchta yirik guruhga 
b o ‘linadi: 

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling