Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Nazorat savollari:
1. Qirg‘iz xalqining shakllanish tarixi to‘g ‘risida nim alam i 
bilasiz?
2. Markaziy Osiyoning turkiy tilli xalqlari bilan qirg‘izlam ing 
olzaro etnik aloqalarini ko‘rsatib bering?
172


3. 
Q irg‘iz 
xalqining 
shakllanishida 
ishtirok etgan etnik 
komponentlar haqida so‘zlab bering?
4. Q irg‘iz xalqining an’anaviy xo‘jaligi deganda nimalami 
tushunasiz?
5. Q irg‘izlar xo‘jaligining boshqa qo‘shni xalqlar mashg‘ulotlari 
bilan o ‘xshash va lokal jihatlari to‘g ‘risida so‘zlab bering?
6. Q irg‘izlam ing an'anaviy va zamonaviy moddiy madaniyati 
haqida ma'lumot bering?
7. “Manas” eposining qirg‘iz xalqi madaniyati va xalq og‘zaki 
ijodida tutgan o ‘mi haqida ma'lumot bering?


DC BOB. M ARKAZIY OSIY O D AG I BOSHQA XALQLAR 
ETNOLOGIYASI
----------------------------------------------------- ■* -----------------------------------------------------
Mavzuga oid tayanch so ‘z va iboralar: Markaziy Osiyo, arablar, 
lo 'Ular, Buxoroyahudiylari, uyg‘urlar, dunganlar, tatarlar, koreyslar, 
kurdlar, balujlar, oltoylar, mo'g'ullar, salorlar, saxalar, buryatlar, 
xakaslar, ruslar, belorus, ukrainlar, tuvalilar, shorlar, yevropeoid, 
m o‘g ‘ullar, Markaziy Osiyo tipi, Janubiy Sibir tipi, antropologik 
tadqiqotlar, etnik tarix.
9.1. Mintaqadagi boshqa xalqlam ing etnogenezi 
va etnik tarixi
Markaziy Osiyo mintaqasida mahalliy o ‘zbek, tojik, qirg‘iz, 
qozoq, qoraqalpoq va turkmanlar bilan birga turli tarixiy davrlarda 
kelib qolgan ko‘plab xalqlar ham istiqomat qiladi. Aynan mazkur 
xalqlar qatoriga arablar, yahudiylar, uyg‘urlar, dunganlar, tatarlar, 
koreyslar va lo‘lilar kabi ko‘plab etnoslami kiritish mumkin.
M intaqa xalqlari orasida arablar o ‘ziga xos madaniyati va milliy 
qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi. Arablaming tarixiy vatani 
Arabiston yarim oroli bo‘lib, ushbu hududning ko‘p qismi cho‘l va 
sahrolardan iborat bo‘lib, dehqonchilik qilish uchun noqulay edi. 
Shuning uchun Arabiston aholisining ozchilik qismigina o ‘troq hayot 
kechirar va dehqonchilik bilan shug‘ullansa, ularning ko‘pchiligi esa 
ko‘chmanchi-badaviylardan iborat bo‘lib, qo‘y, echki va biya boqar 
edi.
Arabistonning dehqonchilik uchun eng qulay bo‘lgan o 4lkasi 
janubiy-g‘arbiy viloyat — Yaman yoki “Baxtli Arabiston” bo‘lib, bu 
yerda qadimda bir nechta yirik quldorlik davlatlari mavjud bo‘lgan. 
Hijozning esa faqat ayrim vohalaridagina dehqonchilik qilish mumkin 
edi. Yarim orolning eng katta qismi Najid bo‘lib, sug‘oriladigan 
yerlari juda kam va g'oyat katta yassi tog‘likdan iborat bo‘lganligi 
uchun faqat chorvachilik bilan shug‘ullanish mumkin edi.
VI asming oxiri - VII asming boshlarida arablar iqtisodiy va 
ijtimoiy inqirozga uchraydi. Yarim orolning aholisi ko‘payib, 
tirikchilik uchun yer yetishmay qoladi. Arablar uchun katta daromad
174


manbai bo‘lib kelgan karvon savdosi ham tushkunlikka uchradi. VI 
asrda eronliklar bilan habashlar o ‘rtasida uzoq davom etgan urushlar 
natijasida Yaman deyarli butunlay harob va vayron bo‘ladi. 
Shimoldan janubga va janubdan shimolga mahsulot sotish uchun 
borish kamayib ketadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling