Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Kiyim-kechaklari.
Q irg‘izlaming kiyimlari nihoyatda xilma-xil 
bo‘lib, o‘ziga xos milliy jihatlari bilan ajralib turadi.
168


Erkaklam ing kiyimi asosan, ishton, ko‘y!ak, to‘n, chopon, bosh 
kiyimlar va poyafzaldan iborat. K o‘ylaklari ochiq ko ‘rinishda bo‘lib, 
bichilishi va tikilishi jihatdan to ‘nga o ‘xshaydi. Keyinchalik oldi faqat 
ko‘kragigacha ochiq tik yoqali ko ‘ylak kiyilgan, bu ko‘rinish qozoq 
tatarlarining ko ‘ylagini eslatadi. K o‘pgina qirg‘iz erkaklari boshida 
oppoq namat telpagini ko ‘rish mumkin. Erkaklam ing ishtoni 
charmdan tikilgan bo‘lib, uning turli qismlari har xil nom bilan 
atalgan: chalbar, qanday, jargaq shim.
Q irg‘izlam ing 
milliy 
an'analari 
asosan, 
ayollar 
kiyim- 
kechaklarida yaxshi saqlanib kelmoqda. Hozirgi ayollar k o‘ylagi 
(ko‘ynuk) bichimi bo'yicha avvalgilardan keskin farq qiladi: ancha 
kalta, ochiq, ba'zan esa tik yoqali, burma, ko ‘proq, qizil, pushti rangli 
gazlamalardan tikiladi. K o‘ylak ustidan turli xil gul va bezaklar solib 
tikilgan o ‘ngur kiyiladi.
Xotin-qizlar albatta, nimcha va kamzul (poyjen, kamzur, ba'zi 
yerlarda kiyamzur deb ham ataladi) kiygan. Ushbu kiyim yoqasiz
o ‘mizi keng yoki tik yoqali qilib tikiladi, ayrim hollarda kumush 
tugmachalar qadaladi.
Q irg‘iziston tog‘li o ‘lka bo‘lganligi sababli ko‘p hududlarning 
iqlimi va tabiati ancha salqin bo‘ladi. Shuning uchun qishin-yozin 
issiqroq kiyinib yurishlariga to‘g ‘ri kelgan. K o‘pincha duxoba paltoda 
yuriladi.
Q irgciz ayollari bosh kiyim sifatida odatda, yorqin, rangdor chit 
ro ‘mol, bayram kunlari esa shohi ro‘mol o ‘raydi. K o‘pchilik yosh 
juvonlar, ayniqsa, qizlar do ‘ppi kiyadi. Qirq kokil qilib sochlarini 
o ‘rish hozir ancha urfdan qolgan. Ko‘pincha sochlarini qo‘sh kokil 
qilib o ‘rib, ustidan do‘ppi kiyadilar. Qizlaming eng sevimli bosh 
kiyimi ikki cheti m o‘ynali telpakdir. Bunday telpakning uchiga 
chiroyli qush patlarini bog‘ich bilan tikib qo‘yiladi.
K ospincha qirg‘iz ayollari quloqchin kiyadi va uning tashqi 
ko‘rinishi hamda bezagi bilan bir-biridan farq qiladi. Qirg‘izistonning 
shimoliy tumanlarida ayollar quloqchinini takiya kop, g ‘arbiy va 
janubiy tumanlar, jum ladan, 0 ‘sh viloyati atroflarida esa chachqop 
nomi bilan ataydi. Takiya qopning orqasi yelkaga osilib turadi, qop 
ustidan yupqa oq mato yoki dokadan salla (elechik) o ‘raladi. 
Quloqchining ikki tomoniga sochpopuk osiladi.
169


Ayollar 
kiyim ining 
noyob 
elem etlaridan 
biri 
tugma 
qadalmaydigan yubka - “beldem chi” va bosh kiyim “elechek” 
hisoblangan, uni asosan, keksa ayollar kiygan.
Issiqko‘1, Chuy v a Tangritog‘ atroflarida yashaydigan qirg'iz 
qizlari sallani o ‘ram a k o ‘rinishda o ‘raydi. Sallaning uchi chap 
tom ondan o ‘ram a ichiga qistirib qo‘yiladi. Talas vodiysi va 0 ‘sh 
viloyatning shimoliy tum anlarida sallaning iloq turi keng tarqalgan 
(yum aloq yoki yalpoq ko‘rinishda bo‘ladi).
Ayrim hollarda salla ustidan duriya, ya'ni chiroyli ro ‘mol tashlab 
olinadi. Ba'zi joylarda naqshdor hoshiya va kum ush taqinchoqlar 
(tanga, m aijon ham da dur) bilan bezaladi. U shbu odatni ko ‘proq 
ichkilik guruhiga kiruvchi qirgliz qizlarda uchratish mumkin.
Q irg‘iz ayollari, xususan, janubiy tum anlaridan yashaydigan 
xotin-qizlar ko ‘ylak ustidan belga taxlangan guidon ro ‘mol yoki keng 
tasm a (beldik) yoki bezkur bog‘lab oladi. Q irg‘izlam ing oyoq 
kiyimlari orasida echki tivitidan ishlangan namat etik keng tarqalgan. 
U lam ing nam at etikdan tashqari choqoy deb ataladigan pastak etigi 
ham bor. Keksalar poshnasiz massi (maxsi)ni kalish bilan kiyib 
yuradi. Etik va maxsining ichidan nam at paypoq ham da guldor jorob 
kiyadilar.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling