Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Xalq ijodiyoti
Qirg‘iz xalqi o ‘z tarixi davomida ajdodlardan 
avlodlarga o ‘tib kelayotgan xalq ijodiyoti va madaniyati bilan bog‘liq
171


bo ‘lgan xazinani bugungi kungacha saqlab kelm oqda. Q irg‘iz xalq 
og‘zaki ijodiyoti xalqning ko‘p asrlik yorqin tarixiy taqdiri va 
madaniyati, tabiatan shoirona qarashlari, ozodlikka intiluvchi va 
mardlik kabi xislatlarini ifodalagan.
Xalq ijodiyoti orqali qirg‘iz xalqining qahram onliklari va go ‘zal 
romantik kechinmalari yoritib berilgan. Chunonchi, “M anas” dostoni 
qirg‘iz xalqining durru gavharidir. “M anas” misoli bir epik asar 
b o ‘lib, 
dastlab 
XLX-asming 
50-yillarida 
C ho‘qon 
Valixonov 
tomonidan yozib olingan, lekin rus tiliga faqat 1904-yilda tarjim a 
qilinib, nashr etilgan. “M anas”ning qisqartirilgan varianti akadem ik V. 
V. Radiov tom onidan nemis tilida chop etilgan.
“ Manas” xalq orasida yuksak poetik esdalik sifatida nafaqat xotira 
tufayli, shu bilan birga xalq orasida m ashhur b o ig an lig i sababli ham 
hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. “M anas” eposi qirg‘iz folklorining 
barcha janrlarini o ‘z ichiga qamrab olgan, ya'ni afsona, qo ‘shiq, ertak, 
aytishuv va m asallardan iborat edi. “M anas”ning xalq ichida keng 
tarqalishida irchi (bip4bi)laming roli katta b o iib , ular dostonni 
mashhur bo‘limlarini aytib, keng tarqatgan.
“Manas”da asosiy 9 ta qo‘shiqlar uziviyligi ko ‘rish mumkin: 
Manasning tug‘ilishi va bolalik yillari, Manasni xon sifatida tanilishi, 
Manasni Q oshg‘ar xonligiga qarshi birinchi yurishi, m intaqa 
hududlariga yurishidan iborat. Doston Xitoy poytaxti (Beypin)ga 
yurish va Talas vodiysida M anasning o ‘limi bilan yakunlanadi.
Manasning qimmati shundaki, unda tarixiy, etnologik, geografik 
va boshqa ma'lumotlami o ‘z ichiga olganligi sababli qirg‘iz xalqi 
hayotining qomusi deb ham atash mumkin. Dostonda ju d a katta 
ijtimoiy-maishiy hayotga doir ma’lumotlar: to ‘ylam ing tavsifi, dafn 
marosimlari, xalq o‘yinlari va mashg‘ulotlari o ‘rin olgan. Shu boisdan 
ham “Manas” qirg‘iz xalqining tarixi va etnografiyasiga oid bebaho 
manbadir. Qolaversa, ushbu doston o ‘ziga xosligi bois dunyodagi eng 
uzun epos sifatida Ginnesning “Rekordlar kitobi” va 2013-yil 
YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling