Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Osiyo arablari
Markaziy Osiyo arablari
mintaqa davlatlarida yashovchi, o ‘zlarini arab deb hisoblovchi kichik etnos hisoblanadi. Ulaming ajdodlari V II-X IV asrlar davomida Markaziy Osiyoga kirib kelgan. Ular ko ‘pgina hollarda o ‘zlarini o ‘zbek, turkman va tojiklar tarkibiga kiritadi. M arkaziy Osiyo arablarining aksariyati Zarafshon daryosi bo‘ylari va Samarqand shahri atroflaridan tortib Qorako‘l sohillarigacha bo‘lgan oraliqdagi shahar va qishloqlarda, shuningdek, Sherobod, Surxon, Kofimixon, Vaxsh, Qizilsuv va Jilg‘a daiyolarigacha bo ‘lgan hududlarda, shuningdek, Farg‘ona vodiysining shimoliy-sharqiy qismida ham arablaming bir guruhi yashaydi. Ular Buxoro, Qarshi, X o‘jand va Kattaqo‘rg‘on kabi yirik shaharlar, Koson, Nurota, Sherobod va boshqa tumanlarda ham istiqomat qiladi. Bir so ‘z bilan aytganda, arablar butun 0 ‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bo‘ylab yoyilib ketgan. Ular asosan, ikki guruhga bo'linadi: shayboniy va sanoniy. Umuman olganda, bulam ing hammasi umumiy nom bilan Markaziy Osiyo arablari deb ataladi. Arablam ing M arkaziy Osiega kirib kelishi uchta davrga bo'linadi: Birinchi bosqich VII asr o ‘rtaIari - XIII asrlar. Ushbu davrda arablar, asosan, islom dinini qaror toptirish va mahalliy xalqlaming boyliklarini o ‘zlashtirish maqsadi bilan kelgan hamda keyinchalik mahalliy xalqlar tarkibiga singib ketgan. Arablar migratsiyasining ikkinchi bosqichi XIV—XV asrlarga to ‘g ‘ri keladi. Mazkur davrda arablar islom madaniyati va marosimlarini keng tarqatgan. Amir Temur Iroq va Suriya kabi arab davlatlariga yurishlari natijasida ushbu mamlakatlar aholisining katta qismini ko‘chirib kelgan va mahalliy xalqlar orasiga joylashtirgan. Ushbu davrda arablaming asosiy qismi chorvachilik bilan shug‘ullanib, ular XX asr boshlariga qadar o ‘zIarining etnik va til xususiyatlari hamda an'analarini saqlab qolgan. Arablar ko‘chib kelishining uchinchi bosqichi XVI—XIX asrlarga to ‘g ‘ri keladi. Ushbu davrda ko‘chib kelgan arablaming ko‘pchiligi hunarmandlar bo‘lib, ular asosan, A fg‘oniston hududlaridan ko‘chib 175 kelgan. M azkur davrdagi arablar o ‘zlarining til va etnik xususiyatlarini m a'lum darajada unutgan. M arkaziy Osiyo arablarining aksariyati o‘z ona tilini unutgan b o ‘lib. hozirda ular asosan, o ‘zbek yoki tojik tilida so‘zlashadi. Ular orasida ikkita, ya'ni asosan, Buxoro va Qashqadaryo shevalari keng tarqalgan. Arab tili ikkinchi til sifatida ayrim qishloqlarda hozirgacha qo‘llanilib kelinmoqda. U lam ing shevalarida mahalliy aholi tilining ta'siri yaqqol kuchli seziladi. Arablam ing o ‘zi ota-bobolarini Arabistondan emas, balki A fg‘onistonning shimolidan kelib joylashgan, deb hisoblaydi. Qism an Balx (Sanoniy qabilasi)dan, qisman Axchi va A ndxo‘y (shayboniylar)dan, Qashqadaryo, Samarqand va K attaqo‘rg ‘on arablari ajdodlarini Am ir T em ur olib kelgan, boshqalari esa arablar Movarounnahr hududini istilo qilgan davrdan ancha oldin kelgan, deb hisoblaydi. O ‘zbekistonda arablar bilan bog‘liq k o ‘plab jo y etnotoponimlari mavjud. Ж asr boshlarida mintaqadagi boshqa xalqiar qatori arablar ham o‘troq hayotga o ‘tgan edi. Olib borilgan etnografik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, arablaming turmush tarzi va m adaniyatiga kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi ulam ing xo ‘jalik hayotida ham katta o ‘zgarishlarga olib keldi. Cho‘l hududida yashaydigan arablar, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, o ‘troq arablaming asosiy m ashg‘ulotlari dehqonchilik va chorvachilikdan iborat edi. Uchinchi turdagi arablar 176 etnomadaniy identikligida esa dehqonchilik va hunarmandchilik asosiy tarmoq hisoblangan. Farg‘ona vodiysida yashovchi arablaming xo‘jalik mashg‘ulotlari asosan, dehqonchilik va bog‘dorchilikka moslashgan bo‘lib, bu jihatdan ular vodiyning boshqa etnoslaridan farq qilmagan. Xususan, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi arablar tumandagi o ‘zbek va tojiklar kabi bog‘dorchilikning o ‘ziga xos sir-sanoatlarini yaxshi o ‘zlashtirgan. M arkaziy Osiyoda yashab kelayotgan arablaming an'anaviy kiyimlarida milliy xususiyat, urf-odat hamda estetik did yaqqol namoyon boMgan. Masalan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Jeynov qishlog‘ida oqsoqollar “nabbat” yoki “jaddi”, momolar “nabba” yoki “jud o”, o ‘rta yoshli erkaklar “sabayin”, bolalik ayollar “kadasa”, yigitlar “ruzon”, qizlar “binad”, “bint” kiyadi. Yoshga qarab kiyinish qadimiy arab odatlaridan biridir. Arab erkaklarining milliy kiyimlarida mahalliy xalqlar madaniyatining ta'sirini kuzatish mumkin. Jumladan, XX asrning 30- yillarida ko‘ylak, yaktak, chopon odatiy kiyim hisoblangan bo‘lsa, mazkur asrning o 4rtalarida kostyum-shim ommalasha boshlagan. Xuddi shu davrda yillarda palto va plash kirib kelgan bo‘lsa, 70- yillarda esa jun matolardan tikilgan kiyimlar keng tarqalgan. Globallashuv jaraenida arablaming milliy kiyimlarida an'anaviylik unutilib bormoqda. Markaziy Osiyo arablari cho‘l hududlarda o ‘ziga xos turar- joylam i barpo etgan. Uylar gumbazli qilib qurilgan bo‘lib, cho‘I hududlarida yashovchi arablarda “o‘tov”, “cho‘lgumbaz” va “toybon” deb nom iangan uylar mashhur bo‘lgan. •- • XX asr boshlaridan uy-joy qurish va uni jihozlash an'analarida dastlab pishgan g ‘ishtdan imroat solish, tunuka bilan tomini yopish, derazalariga oyna o ‘matish va ko‘cha tomonm ochish kabi yangiliklar kirib kelgan. Kerosin, elektr lampasi, fabrika va zavodlarda ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlaridan foydalanila boshlangan. Qishloq uylarida ham yangiliklar ko‘zga tashlanib, ayniqsa, qurilish materiallari va imorat qurish uslublarida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Hozirgi vaqtda arablaming turmush tarzidagi o‘ziga xos o ‘zgarishlardan biri — ulaming zamonaviy va ko‘p qavatli uylarda yashashligidir. Chunki, ulaming kundalik hayot tarzi avvalgidan 177 tubdan farq qiladi. T urar-joylar tuzilishi va qurilishiga tabiiy- geografik muhit, x o 'jalik turm ush tarzi ham da etnik o ‘ziga xoslik ta'sir ko ‘rsatgan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling