Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Salorlar, salurlar
- (o ‘zlarini “salir” deb ataydilar) Xitoydagi turkiy xalq bo‘lib, asosan, Chingxay (Sinxay) o ‘lkasi Syunxua (“itoatkoriik” ma'nosini bildiradi) tumanida yashaydi. 1954-yilda ushbu tumanga muxtoriyat maqomi berilgan. Salorlaring kam qismi Gansu va Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida istiqiomat qiladi. Ulaming umumiy soni 130607 kishini tashkil etadi va salor tilida so‘zlashadi. Salorlar sunniy m usulmonlar hisoblanadi va 1954-yilda ular alohida mill at sifatida tan olingan. Xitoy yilnomalarida salorlar XIV asrdan boshlab tilga olingan. Akademik V. V. Bartold salorlaming Turkmanistonda yashaydigan turkman (o‘g‘uz)lar tarkibida bo‘lgan salor (salir) qabilasi bilan tarixan bog‘liq, deb ta'kidlagan edi. Abdulg‘oziy Bahodirxonning yozishicha, 0 ‘g‘uzxonning o ‘g‘li T og‘xonning 4 nafar o ‘g i i bo‘lib, kattasining ismi Salur edi. Hozir XXRda yashaydigan salorlam ing hayotida turkistonliklar, ayniqsa, o ‘zbeklam ing urf-odatlari yaxshi saqlanib qolgan. Masalan, ular uylarining atrofi, k o ‘chalari va hovlilariga mevali daraxtlar ekib, boqqa aylantiradi, uy-joy qurishda to‘sinlami bezatib, hovliga qaratilgan katta ayvon barpo etadilar. Mahallalarda masjid solishga alohida e'tibor beriladi, masalan, birgina 192 Syunxua tumanida 79 ta katta-kichik masjid mavjud. Ro‘za va Qurbon hayitlari katta tantana bilan nishonlanadi. Xitoylar bilan yaqin yashashiga qaramay, islom bo‘yicha harom deb ko ‘rsatilgan narsalar yeyilmaydi. Erkaklar oq yoki qora do‘ppi, yosh yigitlar esa oq ko‘ylak, uning ustidan nimcha kiyib, bellariga qizil belbog1 bog‘laydi, shuningdek, katta yoshdagilar to ‘n kiyadi. Salor qizlari qizil ko‘ylak, uning ustidan qora nimcha va do‘ppi kiyadi, qulog‘iga bir nechta xalqadan iborat bo‘lgan zirak taqadi. Yosh ayollar yashil, o ‘rta yoshdagilar qora, keksalari esa oq ro‘mol o ‘raydi. Nikoh va motam marosimlari o ‘zbek va uyg‘urlamikiga o ‘xshab ketadi. So‘nggi yillarda salorlaming maishiy hayoti, ayniqsa, kiyinish madaniyatida ancha o ‘zgarishlar bo‘lsa-da, milliylik yaxshi saqlanib qolgan. Salorlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan, shuningdek, savdogarchilik, bog‘bonchilik va oltin qazish kabi kasblar ular hayotida katta o ‘rin tutadi va aksariyat oilalar hunarmandchilik bilan ham shug‘ullanadi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling