Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Dunganlar.
M azkur xalq o ‘zlarini loxuey, laoxueyxuey, xuey 
yoki chjunyuanjin (dvunyuanjin) deb atab, asosan, Q ozog‘iston, 
Q irg‘iziston, qism an 0 ‘zbekiston hududida yashaydi. Ular dungan tili 
(Shimoliy Xitoyning shensi va gansu shevalari asosida shakllangan)da 
so‘zlashadi. D unganlar Xitoydagi xuey xalqi bilan etnogenetik 
jihatdan yaqindir. Ular 1953-yildan boshlab rus grafikasiga asoslangan 
yozuviga, gansu shevasi asosdagi adabiy tiliga ega va islom dinining 
hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiladi.

Dunganlaming kelib chiqishi fanda hali uzil-kesil hal etilm agan 
bo ‘lib, bu borada tadqiqotchilar asosan, uchta guruhga boMinadi. 
Birinchi guruh , tadqiqotchilari ulami arablar va xitoyliklarning 
aralashuvidan kelib chiqqan deb hisoblasa, ikkinchi guruh olim lar esa 
ulami uyg‘urlaming xitoy madaniyatini qabul qilgan, ichki Xitoyda 
yashaydigan qismi deb hisoblaydi. Tadqiqotchilam ing uchinchi guruhi 
esa ulami V II-X V asrlar oralig‘ida Shimoliy Xitoy ga kirib kelib, 
o ‘mashib qolgan arab, fors va Markaziy Osiyoning islom diniga 
e'tiqod qiluvchi turkiy qabilalarining avlodlari deb biladi. D unganlar 
enogenezi bilan shug‘ullangan tadqiqotchilam ing ko ‘pchiligi, shu 
jum ladan, xitoyliklar ham uchinchi guruh fikrini qoM Iab-quwatlaydi.
; r -Taniqli 
xitoyshunos 
olim 
Ablat 
X o‘jaevning 
dunganlar 
etribgenezi bo‘yicha fikrlari 
esa umuman boshqacha. 
Uning 
yozishicha, “Xitoyning asosan, dungan (xuey)lar yashaydigan 
provinsiyalarida qadimdan xitoy manbalarida “g ‘arbiy rivem lar (ffi
- g‘rbiy otliqar)” deb ataluvchi ilk turklar, ya'ni bugungi turkiy 
xalqam ing avlodlari yashagan tiek-rivemlar (ilk turklar) o ‘z 
makonlarini tashlab, shimol va g‘rbga ketishga majbur bo‘ladi. 0 ‘z 
ona yurtlarida qlgan tiek-rivem qvmlarining bir boMagi shim olga 
ketgan xunlar bilan qshni yashagan va o ‘zlarini turkiy deb hsoblagan. 
Ular Xitoy ahlisiga mansub xonlardan tubdan farqqlgan, lekin ming 
yillar jarayonida xitoy xalqari bilan (keyinchalik o ‘zlarini xanszu deb
184


ataganlar bilan) yaqn yashaganliklaridan ularning qyofasi, tili va ba'zi 
bir urf-odatlarini o ‘zlashtirgan. Shunga qramasdan, ulaming asosiy 
qsmi ming yillar jarayonida xan (xitoy)lar bilan qshila olmasligi 
oqbatida islom dinini qbul etib, dungan (xuey) va shu kabi mayda 
millatlar shakllanishida eng muhm omillardan biri boMganligi 
ma'lum”.
Dunganlam ing alohida etnik guruh bo‘lib shakllanish bosqichlari 
ko‘p asrlar m obaynida davom etib kelgan ancha murakkab jarayon 
hisoblanadi. M azkur jarayon, asosan, Xitoyning shimoliy va shimoliy- 
g ‘arbiy viloyatlarida ro‘y bergan.
Dunganlam ing qo‘shnilari hisoblangan xitoyliklar ulami “syao- 
szya”, ya'ni “kichik oila” deb atagan. Xitoyda qadimdan yashab 
kelayotgan aholisi esa o ‘zlarini “xan sulolasining avlodlari” deb 
hisoblaydi.
“ Dungan” nomi Sinszyan viloyatida XVIII asrda paydo bo‘lib, 
Xitoyning ichki viloyatlaridan ko‘chib kelib, o ‘troqlashib qolgan 
harbiy xizmatchilar, savdogarlar, hunarmandlar va boshqa ijtimoiy 
tabaqalam i ifodalagan (ba'zan “dungan” etimologiyasini “tungan” -
hammasi Gansudan, “dvunyuanjin” — “Xitoyda yashovchilar” yoki 
turkiycha “turgan” - “turli o ‘lkalardan kelib, turib, o ‘mashib qolgan” 
deb talqin etiladi). Dunganlar Xitoyda “xueytszu” - “musulmon 
m illati” deb atalib, 1949-yilda alohida millat maqomi berilgan. 
Ulam ing asosiy qismi Xitoyning Gansu, Shensi va Ninsya-Xuey 
avtonom viloyatlarida yashaydi.
1864—1878-yillarda Xitoyning shim oliy-g‘arbida Sin sulolasi 
zulm iga qarshi dehqonlar qo‘zg ‘oloni bo‘Iib o ‘tgan edi. Q o‘zg‘olonda 
dunganlar va boshqa musulmon xalqlarining kam bag‘al tabaqasi 
asosiy kuch sifatida ishtirok etgan. Uzoq davom etgan harbiy 
harakatlar natijasida qo‘zg‘olonchilar yengilgan, natijada 1877-1878, 
1881—1884-yillarda dunganlar guruh-guruh bo‘lib, o ‘sha vaqtda 
Rossiya imperiyasi hududi hisoblangan Q irg‘iziston va Qozog‘iston 
yerlariga qochib o‘ta boshlagan hamda ushbu hududlarda o ‘mashib 
qolgan.
Ulaming Markaziy Osiyo hududiga ko‘chib kelib joylashuvi 
uchta bosqichdan iborat. Har qaysi guruh Xitoyning ma'lum bir 
viloyatidan 0 ‘sh, Qorako‘1 va Soquluq atrofidagi yerlarga kelib 
o ‘mashgan. Markaziy Osiyo dunganlarining ko‘pchiligini Xitoyning 
Gansu viloyatidan ko‘chib kelgan dunganlar tashkil etib, ularning


madaniyati 
boshqalam ikidan 
birm uncha farq qiladi. 
Chunki, 
ulam ing
madaniyati 
va 
til 
xususiyatlarida 
uyg‘ur 
m adaniyatining 
ta'siri 
nisbatan kuchli seziladi.
M arkaziy 
Osiyo 
dunganlari 
X X
asr 
boshlarida xalq b o ‘lib 
shakllandi va asrning o ‘rtalariga kelganda o ‘z adabiy tili, madaniyati, 
adabiyoti va m atbuotiga ega bo‘ldi. Dunganlar asosan, savdo-sotiq, 
dehqonchilik (bug‘doy, sholi, j o ‘xori, qand lavlagi, tamaki v.b.), 
bog‘dorchilik ham da hunarm andchilik bilan shug‘ullanadi.
Dunganlar 0 ‘zbekiston hududiga dastlab 
1877
-
1
883-yillarda 
ko lchib kelgan. Aynan ushbu davrda Farg‘ona vodiysining 0 ‘sh 
viloyatiga atiga 343 nafar dungan ko‘chib kelgan. Toshkentda dastlab 
dungan savdogarlari XIX asr oxiri - XX asr boshlari va 1917-yilgacha 
Toshkentga yettisuvdan bir nechta dungan savdogar oilalari k o‘chib 
kelgan. Dunganlaming asosiy qismi Xitoyning Shensi viloyatidan 
1930-yillardan 
boshlab 
Toshkent 
viloyati 
hududiga 
joylasha 
boshlagan. 
1935-1936- yillarda dunganlar Toshkent viloyatida 
“ Lunmin Gunxo” va “ Staxanovskiy risorob” nomli jam oa x o ‘jaliklari 
tashkil qilindi. Hozirgi davrda dunganlam ing asosiy qismi Toshkent 
viloyati 0 ‘rta Chirchiq tumani D o‘stlik M FY (Dungan mahalla), 
Toshkent, Andijon va F arg‘ona vodiysining boshqa shaharlarida 
yashaydi.
1933-yilda SSSR va Xitoy o ‘rtasida chegaradan o ‘tish tartibi 
kuchaytirilganligi tufayli 0 ‘zbekistondan Xitoyga qayta olm agan 
savdogar dunganlaming oz sonli qismigina doimiy yashab qolishga 
majbur bo‘ldi. Keyinchalik ular o ‘z farzandlari bilan birga dunganlar 
jamoasining eng o ‘qimishli qismini tashkil etadi.
XX 
asm ing 
50-yillari 
oxiri 
-
60-yillarining 
boshlarida 
0 ‘zbekistonga XXRdan ko‘chmanchilaming yana bir to ‘lqini kirib 
keldi. Xalq orasida ular “B a xo”- “sakkizinchi son” (Xitoyning 
sakkizinchi Xalq Ozodlik Armiyasi nomidan) degan nom oladi. 
Keyingi 
10-15 yil 
mobaynida dunganlaming 
mazkur qismi
186


Qirg'iziston va Q ozog‘istonga ko‘chib ketdi. Hozirda ulaming 
avlodlari Toshkent shahri va viloyatida yashovchi dunganlaming 10% 
ga yaqinini tashkil qiladi. Ulam ing ayrimlari kelib chiqishiga ko‘ra 
salarlardir. Bugungi kunga kelib ular dunganlar bilan deyarli to‘liq 
chatishib ketgan va o ‘zlarini “dungan” deb hisoblaydi. Shuni qayd 
etish kerakki, salarlar, shuningdek, dunshyon va baoanlaming 
dunganlar bilan aralashuvi verbal darajada Xitoyda ham sodir 
bo‘lmoqda.
XXR Ninsya-Xuey Avtonom hududining markazi bo‘Igan 
Inchuan shahrida xitoylik eng mashhur dunganlarga 10 ta haykal 
o ‘matilgan. Ulam ing orasida 4 nafari buxorolik va samarqandlik, 
shulardan uchtasining haykali markaziy osiyoliklaming choponi va 
sallasida tasvirlangan. T o ‘rtinchi mashhur zot, kelib chiqishi 
buxorolik bo ‘lgan admiral Chjen Xe XV asming birinchi choragida, 
imperator Yunle hukmronlik qilgan davrda Hindistori, Arabiston, 
sharqiy va janubi-sharqiy Afrika qirg‘oqlariga yetti marta dengfz 
orqali sayohat qilgani bilan tanilgan. 
,ы ;
ГЛ'-'-Л
Ш г
Ш
1979—1989-yillarda 0 ‘zbekistonda dunganlar soni 1106 kishidan j 
1353 kishiga, ya'ni 22% ga k o ‘paygan. 
j
0 ‘zbekiston m ustaqillikka erishganidan keyingi davrda dunganlar J 
soni 
ham
aholining 
tabiiy 
k o ‘payishi, 
ham Q ozog‘iston, I 
Q irg ‘iziston va X XRdan 0 ‘zbekistonga bir 
n e c h a
kishilam ing j 
k o ‘chib kelishi hisobiga o ‘sishda davom etadi. 
j
t
H ozirgi vaqtda, taxm iniy m a'lum otlarga k o ‘ra, 0 ‘zbekistonda uch 
m ingdan ortiq dunganlar yashaydi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishishi o ‘z millatdoshlari bilan va o z 
milliy-madaniy markazi orqali XXRmng 0 ‘zbekistondagi rasmiy 
vakolatxonalari, shu jumladan, Xitoy elchixonasi bilan aloqa qilish 
imkoniyatlari yanada kengayishi natijasida dunganlarda о z tanxi, 
madaniyati va tiliga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaydi. So nggi 
yillarda 0 ‘zbekiston va Xitoy o ‘rtasida dunganlar do‘stlik ко prigi
vazifasini bajarmoqda.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling