Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Balujlar.
0 ‘zlarini “baluch” yoki “baloch” deb ataydilar, asosan, Pokiston (6,2 mln. kishi) va Eron (2,5 mln. kishi)da yashaydi. Shuningdek, A fg‘oniston (567 ming), Turkmaniston (28,3 ming kishi) va arab mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni 9 mln. kishi atrofida bo‘lib, baluj tilida so‘zlashadi va islom dinining sunniy mazhabiga e'tiqod qiladi. Balujlar ko‘chmanchi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Arab geograflarining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, balujlar Kermon (Eronning janubi-sharqidagi shahar) va uning sharqiy qismidagi Seyiston viloyatida yashagan hamda ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan. Balujlar ushbu hududlarga arablar istilosidan taxminan 300 yil a w a l kelib joylashgan. Ingliz olimi M. Longudos Deymosning ma'lumotlariga ko‘ra, balujiaming vatani Shimoliy Eron bo‘lib, eftaliylaming shimoliy Eronga qilgan hujumi (VI asr) natijasida, ular Kermonga kocchib ketgan. Keyingi asrlarda yaylovlam ing tanqisligi tufayli ulami asta-sekin sharqqa siljishga majbur etgan. X I-X IV asrlar davomida balujlar yashagan hudud hozirgi Balujiston joylashgan yerlarigacha kengaygan. XIX asming oxiri - XX asming boshlarida Afg‘oniston va Eron Seyistonida yashovchi balujiaming bir qismi Turkmaniston Respublikasi, Mari va Chorjo‘y (hozirgi Turkmanobod) viloyatlariga kirib kelib joylashgan. Balujlaming ayrim guruhlari Farg‘ona vodiysi va quyi Qashqadaryodagi Baluch qishlog‘ida ham yashagan. Markaziy Osiyo balujlari asosan, Turkm aniston (Mari viloyati)ning shahar va qishloqlarida joylashgan, ko‘proq Bayramali tumanida yashaydi. Ular qisman Tojikistonda ham yashab, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Balujlaming turar-joylari boshqalam ikidan ancha farq qiladi. Ular orasida gedan nomi bilan mashhur bo ‘lgan uy asosiy yashash maskani vazifasini o‘tagan. Chodim ing ustiga echki junidan qalin qilib to ‘qilgan, to ‘q jigarrang to ‘qilgan mato yopilgan. Qishda yarim yerto‘la yoki loy suvoqdan qilingan “qora uy”larda yashagan. Erkaklari ishton, sholvor, oq ko‘ylak, jum ag, oq yoki qora chit gazlamadan tikilgan nimcha (voskat) kiyib yurgan. Oyoqlariga turkman poyafzalini kiyib, boshlariga qalin salla o‘raydilar. Ayollari ham sholvor, ko‘ylak va jum ak kiyib, boshlariga ro‘mol o ‘raydi hamda ro‘mol ustidan durracha, ya'ni chargat va pat taqib oladi. Q o‘sh ro‘mol ustidan у ana chodir tashlab yuradilar. Taomlari orasida tandir non, turli pishloqlar, qovun va tarvuzni ko‘p tanovul qilinadi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling