Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Tatarlar.
Qozon 
tatarlarining 
asosiy 
qismi 
Tatariston 
Respublikasida yashaydi. Ular, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining
187


B oshqirdiston, 
M ari. 
M ordoviya, U dm urtiya va Chuvashiston 
respublikalari, N ijniy N ovgorod, K irov va Penza viloyatlarida 
yashaydi. Shuningdek, turkiy tilda so ‘zlashuvchi Sibir (Sibir tatarlari), 
Qrim (Q rim tatarlari) va boshqa qavm lam i ham o ‘zlarini “tatarlar” 
deb ataydi va tatar tilida so‘zlashadi. Dindorlari - sunniy m usulm onlar 
b o ‘lib, 
dehqonchilik, 
chorvachilik 
va 
hunarm andchilik 
bilan 
shug‘ullanadi.
Birinchi m arta “tatar” etnonim i VI—IX asrlarda Baykal k o ‘lining 
janubiy-sharqiy sohillarida yashovchi k o ‘chmanchi m o‘g ‘ul qabilalari 
orasida uchragan. M o‘g ‘ullar istilosi davri (XIII asr)da “tatar” nomi 
Yevropaga ma'lum b o ‘lgan. Turkiy tilli qabilalam ing Ural va Volga 
b o ‘ylariga kirib borishi m ilodiy III-IV asrlarga to ‘g ‘ri kelib, xunn va 
boshqa qabilalam ing Sharqiy Y evropaga istilosi davri bilan bogTiq. 
Tatarlar ugor-fm xalqlari bilan aralashib ketgan. V - VII asrlarda 
turkiy qabilalar Turk xoqonligi bosqini munosabati bilan G ‘arbiy 
Sibir, V olga va U ralbo‘yi m intaqalariga qayta kirib kelgan. V II-V III 
asrlarda Azov bo‘ylaridan V olgabo'yiga bulg‘orlar kirib kelib, 
turkiylar va mahalliy ugor-finlar bilan birga Volga-Kam a B ulg‘oriyasi 
davlatini tuzgan. X V -X V I asrlardagi davlat (Qozon, Astraxan, Qrim, 
Sibir va b.)lar davrida tatarlam ing alohida guruhlari - 0 ‘rta 
V olgabo‘yi va U ralbo‘yi (Qozon tatarlari, misharlar), Astraxan, Sibir 
va Qrim tatarlari shakllana boshlagan.
Koreyslar
. Koreyslar o ‘zlarini “Choson sarom” — “C hoson 
mamlakati odamlari” deb ataydi hamda Koreyaning asosiy aholisini 
tashkil qiladi. Ular asosan, KXDR, Koreya Respublikasi, AQSh, 
Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Yaponiya, 0 ‘zbekiston, Q ozog‘iston va 
boshqa qator mamlakatlarda yashaydi ham da koreys tilida so‘zlashadi. 
Mongoloid irqiga mansub bo ‘lib, asosan, budda, konfiitsiylik va 
xristian dinlariga sig‘inadi.
Koreyslaming ajdodlari juda qadimdan Koreya yarim oroli 
hududida yashab kelmoqda. Koreyslaming rivojlanishida uchta qabila 
guruhi (paleosiyo, oltoy, avstronez) faol qatnashgan b o‘lib, bunda 
yetakchi rolni protooltoy qabilalari o ‘ynagan. Koreys qabilalarining 
birinchi ittifoqi - Choson milodiy I asrda vujudga kelib, ushbu holat 
aholining etnik tarkibiga katta ta'sir ko‘rsatgan. M iloddan a w a lg i 
I 
ming yillikning o‘rtalarida Manjuriyaning janubi va Koreyaning 
shimolida Choson davlati (o‘zlarini choson deb ataganliklari shundan) 
tashkil topgan.
188


Ilk o ‘rta asrlarda Koreys davlatlarining vujudga kelishi va uning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
hayoti 
tarixda 
hanuzgacha 
bahsli 
masala 
hisoblanadi. K oreyada quldorlik davri bo ‘lganmi? - degan savolga 
haligacha uzil-kesil javob berilmagan. Ba'zi koreys tarixchilari 
mamlakat hududidagi ilk feodal uyushmalarini quldorlik davlatlari, 
deb hisoblaydi.
Manbalarda yarim orolda yashagan turli qabilalar haqida 
ma'lumotlar mavjud. Shimolda koguryo, yemek va ochko, Xangien 
daryosidan janubroqda esa xan qabilalari yashagan. Ular uchta 
shoxobchaga bo ‘lingan: maxan (xan), chinxan va pyonxan. Aholi 
chorvachilik, baliqchilik va ovchilik bilan m ashg‘ul b o ‘lgan, lekin 
asosiy m ashg‘uloti dehqonchilik hisoblangan. Asosan, “besh-non” deb 
atalgan ekinlar ekilgan va kiyimlari bo ‘z va shoyidan tayyorlangan.
Sinfiy m unosabatlar shimoldagi Am nokan daryosi havzasida 
yashovchi koguryo qabilasida ertaroq boshlangan va natijada okcho 
hamda yem ek qabilalari Koguryoga bo‘ysundirilgan. 0 ‘lponlar don, 
material, baliq va kanizaklar bilan to ‘langan. Janubda sinfiy jam iyat 
qaror topishi jarayoni kechroq boshlangan. Xan qabilasi 78 ta uruqqa 
bo‘lingan va xitoy manbalarida ham tilga olingan Koguiyoda harbiy 
dohiy Van (korol) unvonini olgan.
Koguryo davlati qachon paydo bo‘lganligi xususida tarixchilarda 
yagona fikr mavjud emas, lekin u IV asr oxiri — V asr . boshlarida 
yarim orolning shimoli hamda qo‘shni Lyaodun hududini egallagan 
kuchli davlat edi. Yarim orol janubida davlatning paydo bo lish 
jarayoni pekche, saro va kaya qabilalari tomonidan zaifroq 
qo‘shinlam i bo‘ysundirish orqali yuz bergan. B o‘ysundirilgan yerlar 
aristokratiyasi tabiiy ravishda bosqinchi zodagonlar bilan qo shilib 
ketgan. Pekche jam oasi III—IV asrlarda qo‘shm ajam oa va qabilalarm 
b o ‘ysundirgan. Koreya janubiy g ‘arbida Xangan va Kimgan dayorlari 
havzalarida ancha kuchli Pekche davlati paydo bo‘fgan.
V -V I asrlarda yarim orolning janubiy-sharqiy qismida Silla 
davlati vujudga kelgan. Uning yadrosini saros (sobol) qabilasi tashkil 
etgan. Yangi davlatda ma'muriy bo‘linishning hududiy tamoyiliga 
amal qilingan. Turli darajadagi maxsus chinovniklar apparati vujudga 
kelgan. Silla davlatining eng janubidagi Kaya qabilalar ittifoqi va 
uzoq Usam orolini o‘ziga qo‘shib olgan. Shunday kilib, VI asrga 
kelib, Koreya yarimorolida hukmronlik uchun o ‘zaro kurashayotgan 
Koguryo, Pekche va Silla davlatlari bor edi. Ushbu davlatlardagi


ijtimoiy-iqtisodiy 
m unosabatlar 
xarakteri 
masalasi 
koreys 
tarixshunosligida uzoq vaqt bahslarga sabab bo‘lib keldi. B a’zi 
tarixchilar ulami quldorlik davlatlari edi, deb hisoblasalar-da, ular 
feodal xarakterga ega bo‘lib, dehqon jam oalari davlat fuqarolari 
sifatida soliq to ‘lagan.
Koguryoda dastlabki budda rohiblari 372-yilda paydo bo‘lgan. 
Pxenyan yaqinida ikkita budda monastiri qurilgan bo‘lib, 384-yilda 
Pekche vanni iltim osiga binoan, Xitoydan rohiblar kelgan va ularga 
katta yerlar in'om etilgan; Silla davlatiga Koguryodan kirib kelgan 
buddizm VI asr birinchi yarm ida keng tarqalgan. Sillada ham
ma'muriy bo‘linish Xitoydagi kabi k o ‘rinishda bo‘lib (viloyat, okrug 
va uezd), ulam ing rahbarlari poytaxtdan tayinlangan. Davlat poytaxti 
Kimson vaqtlar o ‘tib, yirik shaharga aylangan. X asm ing boshlarida 
koreyslar yagona xalq sifatida shakllangan.
Koreyslar 
0 ‘zbekiston, 
Q ozog‘iston 
va 
boshqa 
M D H
respublikalariga XX asm ing birinchi yarm ida kelib qolgan. D astlab 
ular XIX asr o ‘rtalaridan Rossiya imperiyasining shahar va 
qishloqlariga ko‘chib o ‘ta boshlagan. Qashshoqlik va og‘ir hayotga 
barham bera olm agan kam bag‘al koreyslar tirikchilik uchun qulay 
shart-sharoitlami izlab, o ‘zga yurtlar, birinchi navbatda, Xitoy va 
Rossiyaga o ‘z oilalari bilan yoki yolg‘iz qochib borgan. 1920-yilgacha 
vaqti-vaqti bilan koreyslar sovetlar m am lakatiga ko‘chib o ‘tgan. X X
asm ing 20-yillari oxiriga kelib sobiq ittifoq hududida yashayotgan 
koreyslaming k o‘pchiligi ushbu davlat fuqaroligiga o ‘tdi.
0 ‘zbekistonda koreyslar ko ‘proq Toshkent viloyatining B o‘ka, 
Piskent, T o‘ytepa, O qqo‘rg ‘on, G ‘azalkent va Ohangaron shaharlari 
va ulam ing atrofidagi qishloqlarda yashaydi. Shuningdek, koreyslar 
Xorazm, Samarqand, Namangan, F arg‘ona va Andijon viloyatlari 
ham da Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yashaydi.
Qozog‘istonga ko ‘chib o ‘tgan koreys oilalari asosan, Q izilo‘rda 
va Olmaota viloyatlarida istiqomat qiladi. Koreyslam ing aksariyati 
ikki til (o‘z ona tili va rus tili)da gaplashadi, ba'zilari esa uchta til, 
ya'ni mahalliy tilni ham biladi.
1937-1939-yillarda sovet tuzumi zo‘ravonlik bilan Rossiyaning 
Uzoq Sharq oMkasidan 74500 nafar koreyslami 0 ‘zbekiston hududiga 
ko ‘chirdi. Bunga asosiy sabab, Sovet Ittifoqi bilan Y aponiya 
o‘rtasidagi munosabatlaming keskinlashuvi bo ‘lgan. 0 ‘sha davrda 
Koreya yarimoroli Yaponiya tomonidan bosib olingan bo‘lib, tub
190


koreys aholisi bilan Uzoq Sharq hududidagi koreyslaming etnik kelib 
chiqishi bir xil edi. 0 ‘zbek xalqi koreyslarga nisbatan o‘zining 
mehmondo‘stligi va bag‘rikengligini ko‘rsatdi. Ulami uy-joy, ish 
bilan ta'minladi, ularga maishiy xizmat va madaniy o ‘choqlar yaratdi, 
bolalarining o‘qishi hamda ta'lim olishi uchun maktablar ochdi.
Kurdlar
o ‘zlarini “kura”, “kurmaaj” deb ataydi. Ular Turkiyada
15 mln, Iroqda 7,2 mln, Eronda 10-12 mln, Suriyada 2,5-3 mln, 
Germaniyada 800 ming, A fg‘onistonda 200 ming, Ozarbayjonda 6,1 
ming, Livanda 80 ming, Rossiyada 65 ming, Gruziyada 12 ming, 
Qozog‘istonda 38 ming, Turkmanistonda 6 ming kishini tashkil qiladi. 
Ulam ing asosiy qismi sunniy musulmonlar bo‘lib, shuningdek, shialar 
va alaviylar hamda boshqa mazhab egalari ham bor.
Kurdlar asosan, Turkmanistonning Ashxobod, Bayramali va 
boshqa tumanlarda joylashgan. 
Ular qadimdan 
Xuroson 
va 
Turkmanistonda yashab kelgan. Kurdlaming asosiy m ashg‘ulotlari 
chorvachilik va dehqonchilik, shuningdek, hunarmandchilik turlaridan 
biri bo‘lgan to‘quvchilik ham keng tarqalgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling