Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Buxoro yahudiylari
- Markaziy Osiyo yahudiylari (o‘zlarini 
yegudim, idn, isroel, bani isroel, yahudiy-tojik deb ataydi) mazkur 
mintaqaning turli shaharlarida yashovchi etnik guruh hisoblanadi. 
Buxoro yahudiylari atamasi birinchi marta XVI asrda paydo bo‘lgan. 
Ulam ing o ‘tmishdagi umumiy soni haqida aniq ma'lumot yo‘q, lekin 
ingliz missioneri V olf Amir Nasrulloxon hukmronligi davri (1826- 
I860)da Buxoroda 10 ming nafar yahudiy yashaganiigini qayd etgan. 
Aholini 
ro‘yxatga 
olish 
ma'lumotlariga 
ko‘ra, 
1926-yilda 
0 ‘zbekistonda 18172 nafar, 1982-yilda esa 28369 naffr, shu jumladan, 
Buxoroda 4200 nafar Buxoro yahudiylari yashagan.
0 ‘zbekistonda Buxoro yahudiylari asosan, Buxoro, Samarqand
Q o‘qon, Xatirchi, Shahrisabz, Andijon, Marg‘ilon va Toshkent 
shaharlarida istiqomat qiladi. Ulaming tili yahudiy-tojik oilasiga 
mansub bo‘lib, tojik tilining janubiy guruhiga kiradi.
Buxoro yahudiylarining Markaziy Osiyoda qachon paydo 
boMganligi ancha munozarali masala hisoblanadi. Markaziy Osiyo 
qadimgi afsonalariga ko‘ra, yahudiylaming ajdodlari Bobildan kelgan. 
Ayrim ma'lumotlarda mo‘g‘ullar istilosi davrida yahudiylaming bir 
gumhi Erondan Shahrisabz, Buxoro va Samarqandga ко‘chib kelgan 
hamda Markaziy Osiyoning boshqa hududlariga o‘mashgan, deb qayd 
etilgan.
181


M arg‘ilon, Toshkent va boshqa shaharlarga yahudiylar XVIII asr 
oxiri - XIX asr boshlarida, F arg‘ona shahriga esa ilk bor X X asrda 
ko ‘chib o ‘tgan. Keyinchalik mahalliy yahudiylar 
“yahudiyxon” 
mahalliy nomi bilan yuritilgan.
Yahudiylar qadim dan boshqalarga ko‘p q o ‘shilmay, o ‘zlariga 
yakka hoi yashashga o ‘rganib qolgan. Erub deb ataladigan to ‘siqning 
mavjud boMganligining o ‘zi, ulam i boshqa xalqlardan ajralgan holda 
yashashga intilganligining yorqin dalili hisoblanadi. U lam ing diniy 
ta'lim otida uqtirilishicha, yahudiy boshqa dindagi odam larga aslo 
yaqinlashmasligi kerak. Erub - yahudiylar bilan m usulm onlar 
yashayotgan chegarada ikki qoziqqa tortilgan simdir.
Ba'zi olim lar (M . Zand)ning fikricha, yahudiylar M arkaziy 
Osiyoda m iloddan a w a lg i VI asrda paydo bo‘lgan. “ Yahudiylar 
ensiklopediyasi”da 
Buxoro 
hududi 
Bibliyadagi 
X abar 
bilan 
isroilliklam ing o ‘n pushti surgun qilingan joylardan biri sifatida 
tenglashtirilgan (mil a w . 722-yil). Arxeologik tadqiqotlarga k o ‘ra, 
yahudiylar M arkaziy Osiyo (Marv, Sam arqand)ga II-V va VIII asrda 
kirib kelgan. Yozma manbalarga ko‘ra, yahudiylar m iloddan aw v alg i 
I - milodiy I asrlarda Marvga, V I-V III asrlarda esa X orazm da paydo 
bo4gan. Akadem ik V. V. 
Bartoldning yozishicha, 
X asrda 
M ovarounnahrda yahudiylar xristianlarga nisbatan k o ‘pchilikni tashkil 
qilgan. Tudellik sayyoh Veniamin (XII asr)ning m a'lum otiga ko cra, 
Samarqand 
shahrida 
30 
m ing 
nafar 
yahudiylar 
yashagan. 
Yahudiylaming B uxoroda bo‘lishlari to ‘g ‘risida ilk m a'lum otlar XIII 
asrga to‘g ‘ri keladi. Buxoro yahudiylarining oilayiy afsonalariga 
ko‘ra, XIV asr oxiri - X V asr boshlarida yahudiy to^quvchilar Amir 
Temur tomonidan Sabzavor, Sheroz va B ag‘doddan M ovarounnahrga 
olib kelingan va ular keyinchalik mahalliy yahudiy jam oalariga 
aralashib ketgan. XVI asrda Buxoro yahudiylam ing bosh markaziga 
aylangan, aynan ushbu asrda shaharda yahudiylar mahallasi -
“Mahallai k o ‘hna” tashkil topgan. Ular asosan, yahudiy diniga e'tiqod 
qiladi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling