Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Gilamdo‘zlik..
Turkmanlar qadim dan o‘z gilamlari bilan dong 
taratgan. Turkman gilamlari M arkaziy Osiyodan tashqari b o ‘lgan 
hududlarda 
ko‘chmanchi 
madaniyatning 
m ashhur 
nam unasi 
hisoblanadi. Turkman xalqining badiiy ijod namunasi gilam larda aks 
etganligi uning mashhurligini ta'minlagan.
Gilam ko‘chmanchilaming bayramlarida, urushlarda va tinch 
kunlarida doimiy hamrohi bo‘lgan. Sharqda gilamlar qanchalik 
qimmat bo‘lmasin, faqatgina turkman gilami etnik ramz darajasiga 
ko (tanlgan. Undagi ranglar va faqat turkmanlarga xos shakllar 
kishining hayratini oshiradi. Chunki, aynan turkman gilam larida 
qadimiy an ana, shakl va ranglar asl holida saqlanib qolgan. Xullas, 
seijilo va bejirim turkman gilamlaridagi ranglar o ‘z mazmun-mohiyati 
ega. Masalan, gilamlardagi oppoq rang yo‘llaming oq boMishiga
128


ishora bo‘lsa, yashil rang hayot mazmunini ifoda etadi. Qizil rang esa 
tomirlarda oqib turgan qon - tiriklik belgisidir.
Turkman gilamlari asrlar davom ida shakllangan uslubda, hyech 
bir zamonaviy uskunalarsiz to ‘qi!gan, bitta gilam uchun oylab, ba'zida 
esa yillab m ehnat qilingan. Gilam to ‘qish san’ati turkm an ayollarining 
eng muhim m ashg‘ulotlaridan biri b o‘Igan. Eng yaxshi gilam chilar 
haqidagi hikoyalar xalq xotirasida saqlanib qolgan. Gilam to ‘qish 
san'ati avloddan-avlodga, onadan qizga o ‘tgan. Q izlar gilam to ‘qishga 
5-6 yoshdan o ‘rgatilgan. Bora-bora qizlar ushbu hunam i puxta 
egallab borgan. Ammo, gilam to ‘qish hunarmanddan katta jism oniy 
kuch va sabr ham da tajribani talab qilgan. Shuning uchun qizlar 
mahoratli gilamchi darajasiga faqatgina 25 yoshga toMgandagina 
erishgan. 
Turkm an gilamlariga xos b o ‘lgan belgilardan у ana biri 
shuki, unda samoviy, m ifologik va etnik timsollar jo y oladi. Ba'zida 
esa to ‘shaladigan gilam larda nishonlar tizimi yoki o ‘ziga xos 
qabilaviy em blem alar aks etadi. Eng ko‘p tarqalgan nishonli 
kompozitsiya geliviy bo‘lsa, eng qiyini esa darvoza kompozitsiyasidir. 
Darvoza kompozitsiyasi k o‘p komponentli naqshlar va bir qancha 
arkalardan iborat. Turkman gilamlari kompozitsiyalarida dekorativ 
“Ansi” tasvirlarida dunyoning yaratilish tasvirlari o cz ifodasini topgan.
J 'u rk m a n la r 30 dan ortiq gi!am do‘zIik m ahsulotlaridan
foydalarigan. UJarni 3 guruhga bo‘lish raurakin.
1. 
0 ‘tovlarda ishlatiladigan 
gilam lar “x o li” yerga 
to ‘shaladigan gilam . “A nsi” -
eshikka osiladigan gilam; 
“chuval”, “tuvra” “torba”, 
“ m afrach” - narsalam i saqlash 
uchun ishlatiladigan turli qoplar.
2. 
D iniy m arosim larda 
ishlatiladigan gilam do‘zlik 
m ahsulotlari “N am ozliq” — 
nam oz o ‘qiladigan gilam, 
“joynam oz” “O yatliq” - m otam
m arosim larida ishlatiladigan 
gilamlar.
)
__________i_________
3. 
H ayvonlar uchun 
ishlatiladigan gilam do‘zlik 
m ahsulotlari (to‘qim).
129


Turkm anlar to 'q ig a n tukli gilam alar o ‘zining tugunlari, ya'ni 
sochoqlari bilan farq qiladi. Ba'zi tugunlar yakka va uch tomonlama 
to‘qiladi. Turkm an gilam do‘zligida har xil to ‘qish usullari mavjud
solurlarda o ‘ng tom onlam a assim m etrik va kuchli depressiyali; 
chovdurlarda kuchsiz depressiyali; tekinlarda chap tom onlama 
assimmetrik; sariqlarda - sim m etrik v a boshqalar.
Bu shundan dalolat beradiki, turli qabila-urug‘larda to ‘qilish 
usullari har xil vaqt va jo y d a paydo b o ig a n (assim m etrik to ‘qimi Eron 
an'analarini o ‘zida aks ettirsa, sim m etrik esa K avkaz an'anasini 
namoyon qiladi).
Gilam lam ing har birida ikki m ingdan tortib besh minggacha, 
ba'zilarida esa hatto o ‘n m ingtagacha to ‘qim a bo ‘lishi mumkin. 
Turkman gilamlari qo‘y, tuya va echki junlari, paxta va ipakdan 
to ‘qilgan. Odatda, gilam lar och qizil yoki m aym unjon rangiga 
bo‘yalgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling