Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Transport.
Qatnovda asosan, otlardan foydalanilgan, axaltekin va 
yovmut otlarida yurilgan. Yuklar tuyalarda tashilgan. Turkm anlarda 
uch xil tuya boqilgan: yakka o ‘rkachli (arvana), qo‘sh o ‘rkachli 
(bugra) ham da ulam ing chatishganlari. Y o ‘li yaxshi, bir m uncha tekis 
joylarda Xivaning ikki g ‘ildirakli aravasidan foydalanilgan. Eshak 
arava, ba'zan esa tuya aravalar ko‘p ishlatilgan.
Dengiz yaqinida yashagan turkmanlar kema va novlarda yuk 
tashiganlar. Uzun va ingichka qayiq (taymun, yek m erdem )lar ham 
k o‘p bo‘lgan.
6.3. Moddiy madaniyati
An 'anaviy turar-joylari.
Turkmanlar qadimda butun umrini 
deyarli yaylov va o‘tovlarda dftkazgan. 0 ‘tov ulaming asosiy va eng 
ko‘p tarqalgan uyi hisoblangan.
Turkman o ‘tovlari ko‘rinishidan hamma joyda deyarli bir xil 
bo‘lgani bilan bir-biridan farq qilgan. 0 ‘tovni usti va atrofida 
bog‘langan yup - to ‘qima lenta mintaqaga qarab turli rang va 
ko‘rinishda bo‘lgan. Ayrim o ‘tovlaming usti yotiq, yassiroq, ba'zilari 
esa cho‘qqi ko‘rinishda ishlangan. Chunonchi, yovmutlarda o ‘tovning 
tepasi va gumbazi boshqa urug‘lamikiga qaraganda pastroq b o ‘lsa, 
chovdurlamiki esa baland va uchli qilib ishlangan. OHovning
130


tashqarisi bilan ichkarisiga darmiq, ya'ni bezakdor tasma bog‘lab 
qo ‘yilgan.
Turkmanlarda kichik o ‘tovIar ham bo‘lib, ushbu o ‘tovIami ular 
orosha yoki gushtdikme (kichkina o ‘tov) deb ataganlar. Oroshalaming 
panjara - terimi boMmagan, namat ustidan esa palos va gilamlar 
to'shalgan. X o‘jalikda kerak bo‘Iadigan jam iki buyumlaming o ‘z o ‘mi 
va joylashtirish tartibi bo‘lgan. 0 ‘tovga kirgan kishi turli joylarga 
osilgan non, tuz, idish va ip-igna solinadigan xaltalar hamda boshqa 
har xil ju n xaltalam i ko ‘rishi mumkin edi. Kiraverishda o ‘ng tarafda 
mis, yog‘och va sopol idishlar ham da samovar joylashgan. R o‘parada 
k o ‘rpa-yostiq, namat, kigiz, gilamlar, yon-atrofida bug‘doy va un 
solingan qoplar hamda egar-jabduqlar joylashgan. 0 ‘tovning to ‘rida 
sandiq va belanchak (sallanchak) turgan.
XIX 
asrda ayrim urug‘ vakillari o ‘zlari uchun alohida qal'a qura 
boshlagan. Bunday qal'alar ko ‘proq teke qavmiga tegishli boMgan. 
Teke ovullari uch-to‘rt x o ‘jalikdan iborat bo‘lib, dasht cho‘l yerlarda 
quduqlar atrofida joylashgan.
Hovli qal'a yonida xilma-xil xo‘jalik binolari qurilgan: otxona, 
seyisxona, dueetiq (tuyaxona), molxona (qo‘yxona), somonxona, 
om bor va h.k.
Har bir hovlida albatta, ayvon qurilgan. Ayrim qabilalar, 
chunonchi, Xorazm turkmanlarida quyoshga qarama-qarshi qilib 
tersayvon solingan. 0 ‘ziga to ‘q turkmanlaming hovlilari ichkari va 
tashqariga bo ‘lingan. Yovmutlar bilan yemreli qavmlariga qarashli 
hovlilarda xo‘jalik va turar-joy binolari hovlining ikki chekkadagi 
devorlari bo'ylab qurilgan va hovlining o ‘rtasi ochiq holatda bo‘lgan. 
Turkmanlarda chayla — chatma ham qurilib, uning devorlari 
shoxbutoq, qamish yoki yog‘ochlardan iborat bo‘lgan, tomiga es shox- 
shabba to‘shalgan va ustidan loy bilan suvalgan. Keyingi vaqtda xom 
yoki pishiq g ‘ishtdan tomi yassi va tekis qilib uy solish odati keng 
tarqalgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling