Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Taqinchoqlari
Turkman ayollari bezak-taqinchoqlami ju d a
yoqtiradi. Shu sababli, ulaming quloq, qo‘l, bosh va burunlariga 
xilma-xil taqinchoqlami taqib yurganligini ko‘rish mumkin. Kim, 
qanday bezak taqqaniga qarab qaerlik va qaysi tabaqaga m ansub 
ekanini ajratib olish oson bollgan. Bolalarga kumush tanga va 
munchoqlardan yasalgan turli-tuman taqinchoqlar taqib qo‘yilgan. Q iz 
bolalammg bosh kiyimlari hisoblangan do‘ppi, telpak va qalpoqlar, 
ayniqsa, chiroyli rangdor qilib bezatilgan bo‘lsa, katta yoshdagi o ‘g ‘il 
bolalaming bpsh kiyimida hyech qanday bezaklar uchrantaydi. Q iz 
bolalar telpagining chetlariga turli xil shakllar berilib, tepasiga g cupba


deb ataladigan bezak o ‘m atilgan bo‘lsa, bo‘yinlariga esa tanga
munchoq va nishon osilgan shoda taqilgan.
Turkm an ayollari ko‘ylak va choponlarining ko‘krak qismiga 
apbasi osib yuradi. Apbasini quloq (teshik)li tanga yoki tangasimon 
ko‘rinishida kesilgan kumush parchalaridan ipga tizib yasaydilar. 
Ayollar sochlariga yosiq osib, kokillarini turli xil tanga yoki medalon 
hamda kalitlar bilan bezatganlar. Q o‘lIarida bizelik deb ataladigan 
bilakuzuk, quloqlariga uzuk - tulak xalqa, isirg‘a, buranlariga esa 
irebek taqqanlar. Endilikda turkman ayollari taqinchoq larida burun 
xalqalarini kam uchratish mumkin.
Taomlari.
Turkm anlar o ‘zbek va qoraqalpoqlarga o ‘xshab, 
asosan, sut va sut mahsulotlarini ko‘p iste'mol qiladi. Ulaming churek 
deb atalgan noni, ayniqsa, mashhurdir. Shuningdek, jo ‘xori non, vaqt 
tig ‘iz paytlarda esa chuchuk xamirdan patir non yopiladi.
Turkmanlarda go ‘shtli taomlar ko‘p bo‘lib, bundaylar sirasiga 
g o‘shtli churba (sho‘rva), gaynatma, dograma sho‘rva, govurma, 
govurdok, palov, shara yoki konab (kabob) kiradi. Turkmanlar g o ‘sht 
qoqisini juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun tuya va qoramol go ‘shtini 
ham shu tariqa tilim -tilim qilib tuzlab, shamolda quritadilar. Q o‘y 
go‘shtini ham shu tariqa tayyorlab, qoringa yoki chala qovurib, 
idishlarga solib qo'yadilar. Yangi go ‘sht tugagan vaqtda ana shu 
qovurma go‘sht ishlatiladi va gara cho‘rba qaynatiladi.
Quyon, jayron, kiyik va kaklik hamda osyotr balig‘i go‘shti ko‘p 
istemol qilinadi.
K o ‘k choy, ayrim joylarda esa qora choy ichiladi. Nonushta 
dasturxoniga qovun qoqi va jiyda albatta qo‘yiladi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling