Markaziy osiyo xalqlari tarixi
partiyaning yakka rahbarligini o‘rnatish chora-tadbirlari ko‘rildi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
partiyaning yakka rahbarligini o‘rnatish chora-tadbirlari ko‘rildi.
Islom dini, masjidlar, madrasalar, ruhoniylarga, Yosh xivaliklar hukumatiga qarshi g‘alamislik siyosati yurg‘izildi. Vaqf mulklariga tahdid solindi. Yosh yigit-qizlarni inqilobiy ta'sir doirasiga tortishga harakat qilindi. Dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlarning huquqlari poymol etildi, mol-mulklari tortib olindi. Bunga, shuningdek, odamlarni tribunallar orqali va hatto sudsiz otib tashlashlarga Turkkomissiya vakili Skalov, boshqa harbiylar boshchilik qildilar. Ahvol bilan tanishish uchun Toshkentdan yuborilgan Broydo sodir etilayotgan jinoyatlar, ayollarni xo‘rlashni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, ma'lumotnomasida bu haqda ochiq yozadi. Lekin xalqqa qarshi amaliyot davom etadi. Bolshevikcha zo‘ravonlarga qarshi ommaviy noroziliklar, hatto g‘alayonlar ko‘tarildi. Chunonchi, 1920 yil yozida Xivada katta yig‘in bo‘ldi, unda qizil armiyani, bolsheviklarni mamlakatdan haydash, islom diniga qarshi unsurlarni jazolash qat'iyan talab qilindi. Bunga javoban yig‘inda qatnashgan ruhoniy va oqsoqollardan 320 ga yaqin kishi qamoqqa olindi, ulardan bir qismi tergov va sudsiz otib tashlandi, qolganlar surgun qilindi. Vaqf mulklariga munosabat hokimiyat organlari e'tiborida bo‘ldi, bu orada kurashlar davom etdi. 1920 yilda vaqflarni umuman yo‘q qilish haqida e'lon qilindi, biroq Xorazm sovetlarining II qurultoyi (1920 yil may) bu qarorni bekor qildi. Vaqf davlatdan ajratildi, fuqarolarning shaxsiy ishi deb qaror qilindi. Lekin IV qurultoy (1923 yil oktyabr) vaqf yerlarini musodara etish haqida qaror chiqardi. Bu masala bolsheviklar tomonidan dastlab 1920 yilda ko‘tarilganida katta norozilik bildirilgan edi. Nozirlar kengashi raisi P.Yusupov «vaqflar daxlsiz bo‘lib, ulardan tushgan mablag‘ asosan masjidlar, madrasalar va mullalarga xarajat qilinadi», deb qat'iy uqtirdi. Natijada P.Yusupov hukumatiga qarshi fitna uyushtirilib, u 1921 yil 6 martda ag‘darildi. Uning bir necha a'zolari qamoqqa olindi, hokimiyat revkom qo‘liga o‘tdi. Bu voqyea mintaqada qattiq qoralandi. 1920 yil sentyabr oyida bolsheviklar, qizil armiya qo‘mondonligi yana bir qabih xunrezlikni amalga oshirdi. Hukumat raisi muovini Qo‘shmamedxon qo‘mondonligi ostidagi turkman suvoriylari otryadi Junaidxon bilan aloqada gumon qilinib, hiyla yo‘li bilan Xivaga chaqirib olindi va qo‘qqisdan qurolsizlantirilib, 600 dan ortig‘i otib tashlandi. Turkman aholisi ustiga jazo otryadlari tashlandi, mollar talandi, natijada ko‘p xo‘jaliklar Eron hududiga ko‘chib ketdi. Qizil armiya qismlarining bu jinoyatlarini Turkkomissiya raisi ham tan oldi. IV qurultoyda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR) deb o‘zgartirildi. Xorazm, Buxoro xalq respublikalari bilan SSSR o‘rtasida tuzilgan iqtisodiy shartnoma (1923 yil) natijasida aholi noroziligi jiddiy tus oldi, 1924 yil yanvarida katta g‘alayon ko‘tarildi. Xiva atrofida 15 mingdan ortiq olomon to‘plandi. Qo‘zg‘olonchilar bolsheviklarni, qizil armiyani Xorazmdan haydashni, soliqlar borasida adolat o‘rnatilishini, islom dinining tahqirlanishiga barham berilishini, gunohsiz qamalganlarning ozodlikka chiqarilishini talab qildilar. Xivaga yordamga kelgan qizil qo‘shinlar tazyiqi bilan qo‘zg‘olonchilar tarqaldilar. Lekin 214 kishi qamoqdan ozod qilindi, dinni ta'qib qilishga chek qo‘yildi, qishloq xo‘jaligi solig‘i 80 foizga qisqartirildi. Respublika hukumatining faoliyati tashqi savdoni tartibga solish va jonlantirishga qaratildi. 1921 yil noyabrida tashqi savdo bilan shug‘ullanish hukumat nazorati ostiga olindi. Paxta, jun, qorako‘l teri, beda urug‘i, g‘allani tashqariga chiqarish taqiqlandi. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy-savdo aloqalarida mustamlakachilik ko‘rinishlarining oldini olishga harakat qilindi. Butun Xorazm sovetlarining II qurultoyi Rossiya bilan savdo aloqalari teng asosda olib borilishi kerak, shundagina Xorazmda xo‘jalikni ko‘tarish mumkin, shu asnoda an'anaviy hamkorlar bilan «respublika tashqi savdosini» rivojlantirish lozim, deb uqtirgan edi. Respublika MIQ 1922 yil martida «Bizning mamlakatimiz yana avvalgi mustamlaka bo‘lib qolmasligi uchun yetishtiriladigan xom ashyo o‘z mamlakatimizda ishlanadigan bo‘lsin», degan masalani ilgari surdi. Bu ko‘rsatmalarni amalga oshirish yo‘lida amaliy qadamlar tashlandi. Soliqlarning tartibga solinmagani va pul muomalasining buzilib ketishi xo‘jalik munosabatlariga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatdi. RSFSR qog‘oz pullari Xorazmda muomalaga kiritildi va ularning ko‘p miqdorda keltirilishi ahvolni yanada og‘irlashtirdi. Respublikaning o‘zida ham qog‘oz pullarni hisobsiz chiqarish (pul emissiyasi) davom etib, bu vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Respublika tuzgan bitimga ko‘ra paxta, mo‘yna, gilamlar, jun, beda urug‘i, terini faqat RSFSRga berishi, tashqi savdoga davlat monopoliyasini joriy qilishi va evaziga Rossiya mollarini olishi kelishilgan edi. Ammo tovar ayirboshlash bo‘lmadi, chunki RSFSRda xo‘jalik vayronaligi hukm surardi. Xalq xo‘jaligi inqirozga yuz tutdi. 1922 yilga kelib sug‘oriladigan ekin maydonlari uchdan ikkiga qisqardi va 150 ming desyatinani tashkil etdi. Paxta maydonlari esa 1916 yildagi 90 ming desyatinadan qariyb 4 ming desyatinaga tushib qoldi. 1920 yillar boshida 14 ta paxta tozalash, yog‘-sovun zavodlaridan atigi 3 tasi ishlar edi. Aholining moddiy ahvoli og‘irlashdi, ba'zi joylarda ocharchilik yuz berdi. Xorazmda sug‘orish inshootlari Markaziy Osiyoda eng rivojlangan darajada edi. Endi kanallar tozalanmay, botqoqlashib qoldi, tashlandiq bo‘lib quridi. Urushdan oldin 1 tanob yerdan 40-50 pud paxta olingan bo‘lsa, 1923 yilda hosil o‘rtacha 20 pudni tashkil qildi. Paxtaga talab kamayib ketishi natijasida dehqonlar g‘alla ekishga o‘tdi. Dehqon xo‘jaliklarining daromadi urushdan oldingi davrga nisbatan 1922 yilda qariyb to‘rt marta qisqardi. Yangi iqtisodiy siyosatning e'lon qilinishi bilan ko‘llar, to‘qaylar, karvonsaroylar, korxonalar ijaraga berila boshladi. Paxtachilikni tiklash uchun Xorazmga kerosin, neft, kalishlar, mato, idishlar ajratildi. Bir necha katta-katta ko‘priklar qurildi. Telefon simlari tortildi, daryo kemachiligini tiklashga kirishildi. Pul xo‘jaligini tartibga solish boshlandi. Ammo ularning roli ancha bo‘sh edi. Qishloqda xon davridagi soliqlar bekor qilinishi bilan bir qator yangi soliqlar joriy qilindi. Ulardan dehqonlar uchun eng asosiysi oziq-ovqat solig‘i va aroba solig‘i bo‘ldi. Bu dehqon xo‘jaligiga putur yetkazardi. 1923 yilda yagona qishloq xo‘jaligi solig‘iga o‘tildi. Yana aksiz solig‘i (importdan olingan) va muhr (gerboviy) to‘lovlar ham joriy qilindi. Hunarmandchilik (promisloviy) solig‘iga 1923 yilda korxonalar, savdo va hunarmand-kosiblar tortilgan. Xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslar patent (ijozatnoma)ga haq to‘laganlar, so‘ngra olingan daromaddan to‘laganlar. 1923 yil solig‘i hajmi deyarli to‘la-to‘kis bajarildi. 1922 yilda paxta muomalasi tashqi savdo mahkamasi tasarrufidan o‘tkazildi. Paxta urug‘i pulsiz dehqonlarga tarqatildi, ssudalar berildi, soliqlardan ozod qilindi. Paxta maydonlari 1921 yilda 10 ming tanob edi. 1924/25 yillarda 85 ming tanobga yetdi va shu davrda paxta hosili 100 ming puddan 800 ming pudga ko‘tarildi. Umumiy ekin maydonlari urushdan oldingi darajaning 62 % ni, hosildorlik 70-75 % ni tashkil qildi. 1924 yilga kelib 6 ta paxta tozalash, 1 ta yog‘ zavodi, 4 ta ko‘n zavodi, 110 ta g‘isht zavodi, tipografiya, elektrstansiya tiklandi, qog‘oz zavodi, shisha zavodi qurildi. Sanoatda davlat sektori ustuvor mavqyeni egalladi. 1922 yilda savdo oborotining 90 % dan ortig‘i shaxsiy kapital qo‘lida bo‘lgan. Yirik xo‘jaliklar barcha xo‘jaliklarning 20 dan 1 qismini tashkil etdi. 85 % aholining yer maydoni 10 tanobni tashkil qilardi. 60 ming turkman va qozoq-qaraqalpoq xo‘jaliklari ko‘chmanchi chorvadorlar edi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling