Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Iqtisodiy munosabatlarning izdan chiqishi. Respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy hayot. J


Download 0.9 Mb.
bet59/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Iqtisodiy munosabatlarning izdan chiqishi. Respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy hayot.
J Qozog‘istonda davlatchilik shakllanishi uchun bir necha yillar kerak bo‘ldi. 1993 yil boshlarida Oliy Sovet qabul qilgan Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida prezidentga keng vakolatlar berilishi va konstitutsion sud tashkil qilinishi belgilangan edi. Ammo unda aholining milliy tavofutlari, islohotlar kelajagi hisobga olinmadi va sovet (Kengashlar) tizimi saqlab qolindi. 1993 yilning oxiridayoq Nazarboev boshchiligidagi rahbariyat bu konstitutsion tizimning yangi muammolarini hal etish uchun yetarli emasligini fahmlab yetdi. Sovetlarning o‘z-o‘zidan tarqalib ketishiga 1993 yil kuzida Rossiyada ro‘y bergan voqealar turtki bo‘ldi. Qozog‘istonda sovetlarning tarqalib ketishiga hech kim qarshi chiqmadi - «tinchgina davlat to‘ntarishi» ro‘y berdi.
1994 yil mart oyidagi yangi qonun chiqaruvchi organ saylovlari urug‘-aymoqlar va guruhlar tomonidan qonunlarning qo‘pol buzilishi bilan o‘tdiki, konstitutsion sud tergov o‘tkazgandan so‘ng bu saylovlarni haqiqiy emas, deb hisobladi. Prezident saylangan deputatlarni tarqatishga majbur bo‘ldi va qonun chiqaruvchi hokimiyat vaqtincha uning qo‘liga o‘tdi. Konstitutsiya va parlamentning yangilanishigacha siyosiy barqarorlikni saqlab qolish uchun Qozog‘iston xalqlari Assambleyasi qarorlariga ko‘ra o‘tkazilgan referendum prezident vakolatini 2000 yilgacha uzaytirdi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, umumxalq saylovlarida saylanadigan keng vakolatlarga ega bo‘lgan prezident ijro etuvchi hokimiyatni boshqaradi, qonun chiqaruvchi hokimiyat esa senat va majlisdan iborat ikki palatali parlamentga tegishlidir.
1995-yilning oxirida hukumat tomonidan senatga ko‘rsatilgan nomzod-larning bilvosita va muqobilsiz saylovlari hamda orasida muxolifat vakillari bo‘lmagan majlisga ko‘rsatilgan ko‘p sonli nomzodlar o‘rtasida keskin kurash bilan umumxalq saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Prezident va uning tarafdorlari, ommaviy axborot vositalari va har ikki yilda bir marta saylanadigan parlament deputatlarining bir qismi urug‘-aymoqlar va guruhlarning ig‘volariga qarshilik qilib, korrupsiyaga qarshi kurashib va radikal-milliy qozoqlar va ruslar hamda islomiy tanqidchilarning yo‘lini to‘sib qo‘ygan holda saylovlarni to‘la boshqarib bordi. Ko‘p millatli jamiyatni birlashtirish uchun prezident qoshida maslahat-mashvarat organi - Qozog‘iston xalqlari Assambleyasi tuzildi.
Prezident tashabbusi bilan 1997 yilda, qozoq-rus birligini mustahkamlash va eng kuchli juz ta'sirini susaytirish maqsadida, poytaxt mamlakatning janubi-sharqiy burchagida joylashgan Olmaotadan ko‘pchilik aholisi ruslardan iborat bo‘lgan va eng muhim industrial-agrar mintaqada joylashgan Ostona shahriga ko‘chirildi.
2000 yilda qabul qilingan qonun prezidentga muddati tugagandan so‘ng ham sobiq prezident sifatida hukumat siyosatiga aralashishga to‘la imkon berdi.
Nazarboev tomonidan 15-20 yilga mo‘ljallangan samarali ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish qiyinligi oshkor bo‘ldi. Tabiiy resurslarni qayta ishlovchi sohalar ularni qazib oluvchi sohalarga nisbatan orqada qoldi, chunki sanoatdagi deyarli barcha jihozlar eskirgan edi. G‘alla yetishtirish va chorvachilikda mashinalar va zamonaviy texnologiyalar yetishmas edi. Eng asosiysi - ittifoq buyurtmalari va investitsiyalarining to‘xtab qolishi tarqoq sohalar sharoitida sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining keskin pasayishiga olib keldi, natijada 1991 yildan to 1996 yilgacha bo‘lgan davrda Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 31 foizga qisqardi.
Sanoat mahsulotlari va, hatto, oziq-ovqat yetishmas edi. Mehnatkashlarning asosiy qismi ishsiz qoldi. Inflyasiya tez o‘sa boshladi. Qish paytida uylar isitilmas, korxonalar to‘xtab qolardi. yem yo‘qligidan qoramol qirilib ketdi. Shunda iqtisodiy islohotlar Milliy Kengashi tuzildi. Hissadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalar aksiyalarining 50 foizi avvaliga davlat ixtiyorida qoldi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi oshgandan keyin bu aksiyalar sotilardi. yerni mulk sifatida emas, balki uzoq muddatli ijaraga berish ma'qulroq, deb topildi. Jinoyatchilikka, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirildi. Monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilindi.
1994 yildan Qozog‘iston valyutasi - tenge muomalaga kirdi. Ammo narx-navo o‘sishi davom etdi va tengeni mustahkamlash uchun XVF dan yordam olindi. Xorijiy kompaniyalarga mamlakat tabiiy resurslarini ishlab chiqarish uchun litsenziyalar berildi, ular ishtirokida neft va gaz qazib olish va Kaspiy orqali yevropaga hamda Xitoyga quvurlar yotqizish uchun qudratli korporasiyalar barpo etila boshlandi.
1996-1998 yillarda xususiylashtirish davom etishi natijasida xususiy sektor ancha o‘sdi. Davlat ixtiyorida ilgarigi mulkning atigi 16,1 foizi qoldi, ularning ham 45 foizi xorijiy kompaniyalar qo‘liga o‘tdi.
Bir necha milliard dollar investitsiya jalb etildi, inflyasiya pasaydi va 1996-1997 yillardan boshlab ishlab chiqarish o‘sa boshladi. Shu bilan birga iqtisodiyotda xususiy sektor afzalligi mustahkamlandi, u asr oxiriga kelib Qozog‘iston yalpi mahsulotining 75 foizini ishlab chiqara boshladi.
Rossiyadagi 1998 yil inqiroziga bog‘liq qiyinchiliklarga qaramasdan, neft va boshqa qimmatbaho xomashyoni sotishdan kelgan daromadlar hissadorlikning oshishi, ishlab chiqarish va yalpi ichki mahsulot o‘sishiga yordam berdi.
Ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash faollashmoqda. Mulkdorlar yangi sinfini shakllantirish, bandlikni va nochor oilalarga yordamni kuchaytirishdan tashqari, hukumat aholi demografik tarkibini qozoqlar foydasiga hal qilishga urinmoqda. Tug‘ilishning nihoyatda ko‘pligi, qo‘shni mamlakatlardagi qozoqlar bir qismining ko‘chib kelishi, ruslarning imigratsiyasi tufayli qozoqlar ulushi tobora oshib bormoqda. Ruslarning ko‘chib ketishini hukumat rag‘batlantirayotgani yo‘q, ammo boshqaruvning «qozoqlashib» borishi va qozoq madaniyatining ustunligi ularni Rossiya Federasiyasiga ko‘chib ketishga majbur qilmoqda. Asr oxirida qozoqlar allaqachon aholining yarmini tashkil etdi.
Qozog‘istonning xalqaro xavfsizligi va yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga qo‘shilishi kafolati bilan Qozog‘istonga SSSRdan meros qolgan raketa-yadro qurolining Rossiya Federasiyasida zararsizlantirilishi to‘g‘risida kelishib olindi. Baykonur kosmodromining Rossiya Federasiyasi tomonidan ijaraga olinishi va undan foydalanishning xavfsizlik shartlari ishlab chiqilgan. Qozog‘iston MDH ni mustahkamlashni faol qo‘llab - quvvatlaydi va eng muhim savdo sheriklari Rossiya Federasiyasi hamda Belorussiya bilan bojxona ittifoqi, qo‘shni Markaziy Osiyo respublikalari bilan iqtisodiy integrasiya to‘g‘risida shartnoma tuzdi. U MDH davlatlari bir qismi bilan harbiy sohada hamkorlik qiladi va o‘z qurolli kuchlarini vujudga keltirdi.
Nazarboevning «ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosati» MDH doirasidan ham tashqariga chiqdi. Qozog‘iston Germaniya va yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari hamda Turkiya, Eron, Yaponiya va Malayziyaga o‘z xomashyosini berish, ulardan kreditlar, investitsiya va yuksak texnologiyalarni keltirish yo‘li bilan hamkorlik qiladi. U 10 ta Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MEH) da ishtirok etadi. Qozog‘iston EXHT a'zosi, NATO bilan hamkorlik qiladi, Shanxay Hamkorlik Toshkiloti (ShHT)ning a'zosidir. Keng va ko‘p tomonlama aloqalar islohotlar va iqtisodiyotni rivojlantirish hamda xavfsizlikni ta'minlash, jumladan, islom fundamentalizmining tahdidini bartaraf etishga imkon beradi. O‘zbekiston bilan abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Qo‘shnichilik aloqalari kuchaymoqda.
Qirg‘izistonda 1996 yildan boshlab ishlab chiqarish o‘sa boshladi, 1997 yilda esa huku­mat islohotlarning ikkinchi bosqichi, ya'ni korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlami amalga oshirish boshlanganini e'lon qildi. Ko‘pgina millatchilarga qarshi chiqib, 1991 yildagi yer to‘g‘risidagi qonunda yer nafaqat qirg‘izlarga, balki barcha Qirg‘iziston fuqarolariga tegishli ekanligi haqida yozilishiga erishildi. Samarasiz foydalanilayotgan yerlar, ya'ni barcha haydalma yerlarning 50 foizi davlat fondiga aylandi. Bu yerlardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilar uchastkalarni egalik huquqlarini meros qoldirish huquqi bilan 50 yil muddatga ijara olishardi. Bu xususiy xo‘jaliklar sonining oshishi va mustahkamlanishining boshlanishi bo‘ldi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 1996 yildan boshlab yerni ijaraga olish, sotish va garovga berish mumkin bo‘ldi. Bu yerga bozor munosabatlarining joriy etilishi edi. Ikki yildan so‘ng, 1998 yilda yerga xususiy mulkchilik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan keyin, uning hajmini qisqartirish va egalari doirasini cheklashlar ishlab chiqildi. 90-yillarning ikkinchi yarmida oziq-ovqat ishlab chiqarishi jonlana boshladi, ammo ko‘pchilik aholining turmush darajasi deyarli yaxshilanmadi. Mamlakat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan rus mutaxassislari va yer egalarining ko‘chib ketishlarini to‘xtatish maqsadida Prezident rus tilining millatlararo so‘zlashuv tili deb tan olinishiga hamda, eng avvalo, Rossiya madaniyati va fani yutuqlarini o‘rganish maqsadida Slavyan universitetining ochilishiga erishdi. Mamlakat barcha fuqarolarining yerga egalik qilish huquqining e'tirof etilishi uni ruslarga, o‘zbeklarga hamda boshqa millat vakillariga berishga va bu bilan ko‘pgina mojarolarni bartaraf etishga imkon berdi. Millatchi ekstremistlar va islom aqidaparastlarining millatlararo nizolar urug‘ini sochishga bo‘lgan urinishlari bartaraf qilindi. Mamlakatni xalqaro mojarochilardan himoya qilish maqsadida qurolli kuchlar barpo etildi. Ular tez-tez ro‘y berib turgan islom aqidaparastlari to‘dalari hujumlarini qaytarib turibdi. 2005 yilga kelib ahvol murakkablashdi. Hukumatga qarshi kuchlar «Lola inqilobi” o‘tkazdilar. A.Akaev hokimiyatdan voz kechdi. Q. Bakiev vaqtinchalik prezidentlik lavozimini egalladi va ko‘p o‘tmay prezidentlikka saylandi. yechilmagan muammolar ko‘p. Qirg‘iziston Rossiya Federasiyasi va MDH ning boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik bilangina cheklanmadi. Uning rahbariyati nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston bilan, balki Xitoy bilan ham munosabatni mustahkamlashga urinmoqda. Mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy integrasiyasi va Osiyoning 10 davlati iqtisodiy hamkorligida ishtirok etmoqda, yuqori darajada rivojlangan ko‘pgina mamlakatlar: AQSh, Yaponiya, yevropa Ittifoqi va boshqalar bilan moliyaviy-iqtisodiy va texnik hamkorlik hamda savdoni rivojlantirmoqda. Mamlakat xavfsizligini ta'minlashda qo‘shnilar bilan mos kelishuvlarga erishish hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotida ishtirok etish muhim ahamiyatga ega.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling