Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S ”Sotsializmning to‘la va uzil-kesil g‘alaba”si deb atalgan nazariy masalaning sun'iy mohiyati. J


Download 0.9 Mb.
bet61/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S ”Sotsializmning to‘la va uzil-kesil g‘alaba”si deb atalgan nazariy masalaning sun'iy mohiyati.
J Ikkinchi jahon urushini g‘alaba bilan tugallagan SSSR o‘zini yanada mag‘rur tuta boshladi. Oliy siyosiy rahbariyat fashizm ustidan qozonilgan bu g‘alabani “sotsializmning imperializm-kapitalizm ustidan qozonilgan g‘alabasi”, marksizm-leninizm-stalinizm g‘oyasining mardonavor tantanasi, kommunistik mafkuraning yengilmas kuchi sifatida izohladi. Sovet qo‘shinlari fashistlardan ozod qilgan bir qator yevropa mamlakatlarida, xususan Bolgariya, Vengriya, Germaniyaning bir qismi, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiyada “sovetlarcha” yangi hukumatlar tashkil qilinib, ular “sotsialistik” yo‘ldan bora boshladilar. Bu jarayonni kommunistik mafkura rahnamolari “sotsializmning jahon miqyosida g‘alabasi”, “sotsializmning bir necha mamlakatlarda birdaniga g‘alaba qilishi”, “sotsialistik sistemaning yuzaga kelishi” deb baholadilar. Urushdan keyingi yillardan boshlab kommunistik mafkura o‘zining xalqaro va ichki miqyosdagi barcha targ‘ibot-tashviqot, ommaviy-siyosiy ishlar olib boruvchi ulkan mexanizmini ana shu g‘oyani xalq ommasi ongiga singdirishga safarbar qildi. Natijada urush tufayli bir oz bo‘lsa-da, susaygan g‘oyaviy-siyosiy tazyiqlar, cheklashlar yana avj ola boshladi.
1946-1985 yillar oralig‘ida Markaz mafkurachilari tomonidan o‘ylab topilgan shunday yuqoridagi xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakatda bo‘lganidek, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda ham qishloqda ma'muriy tazyiq o‘tkazishga zo‘r berdi. Jamoa va davlat xo‘jaliklaridan davlatga mahsulot yetkazib berishni keskin oshirish talab qilindi, bunda xo‘jalik imkoniyatlaridan emas, balki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqildi. Mintaqa respublikalarida yetishtirilgan mahsulotlariga belgilangan xarid narxlari urushdan oldin qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanib qolindi, vaholanki, dehqon xo‘jaliklari oladigan sanoat mahsulotlarining narxlari esa 20 baravar ortdi. Natijada Markaz Markaziy Osiyo respublikalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini deyarli tekinga oladigan bo‘ldi. Davlatning dehqonlarni talashga qaratilgan siyosati ular to‘lashga qurbi yetmaydigan soliqlar solish bilan birga qo‘shib olib borilardi. Bunday munosabatda bo‘lish qishloq xo‘jaligi halokatli inqirozga uchrashini, qishloq aholisini qashshoqlashuvini, mehnat unumdorligini keskin pasayishini muqarrarlashtirardi. Urush tamom bo‘lgandan keyin Markazning Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga nisbatan paxta yetishtirishni ko‘paytirish sohasidagi siyosati o‘ta tajovuzkor xususiyat kasb etdi. Mintaqada paxtachilikni yuksaltirish uchun barcha tashkiliy va moddiy resurslardan keng foydalanildi. Ayniqsa ommaviy axborot vositalari keng ishga solindi, qishloq xo‘jalik xodimlarining mintaqaviy va respublikalararo slyotlari chaqirildi, paxta yetishtirish sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, yer uchastkalarini muayyan zvenolar brigadalarga aniq biriktirib qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
SSSR melioratsiya va suv xo‘jaligining Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyatini ekotsid deb atash mumkin, chunki Orol dengizini quritishdagi faoliyati “samarali bo‘ldi” va o‘lik dengizga aylandi. Orol dengizi sathi 14 metrga pasayib ketdi. Akvarotoriya maydoni 40% ga, suv hajmi 65% ga kamayib ketdi. Agarda 1950 yillarda bu yerda baliqning 24 turi bo‘lib, yillik baliq ovi 500 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 80-yillarga kelib baliqning 20 xil turi umuman yo‘q bo‘lib ketdi va dengiz o‘zini oldingi ko‘rinishini umuman yo‘qotdi. Qurib qolgan dengiz maydonlari bo‘lsa sho‘r tuproqli cho‘lga aylandi. Buni barchasi Orol bo‘yi xalqlariga, mintaqa xalqlarini sog‘ligiga juda katta ta'sir ko‘rsatdi. Mutaxassislar bu yerda 30 barobar ko‘p miqdordagi ich terlama, 7 barobar ko‘p sariq kasal, onkologik kasalliklar bo‘lsa ittifoq miqyosidan 15 barobar ko‘payganligini qayd qildilar. Daryo suvlaridan isrofgarchilik asosida foydalanish, ittifoq rahbariyatining paxta monokulturasini zo‘r berib rivojlantirishi natijasida Orol dengizining qurishi bilan bu hudud fauna va florasiga jiddiy zarar yetkazildi. Mintaqada mavjud bo‘lgan va ularning aksariyat qismi SSSR qizil kitobiga kiritilgan 173 ta xayvonot turlaridan 38 tasigina qoldi xolos. Markaziy Osiyo mintaqasiga yetkazilgan ekologik zararni yana bir inshoat, Qozog‘istondagi Boyqo‘nur kosmodromi ham yanada yomonlashtirib yubordi. 1950 yillardan boshlab Boyqo‘nurni qurish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. 6717 km kv maydonda joylashgan ushbu kosmodrom, Moskvadek shaharni 12 tasiga teng hududda joylashgan edi. Eng yomoni shunda ediki, kosmodrom suvni ko‘p talab qiladigan strategik inshoatlar sirasiga kirar edi. Uning bir kunlik suvga bo‘lgan talabi 160 ming kub metrni tashkil qilardi.
“Sotsializmning to‘la g‘alabasi” yillarida Ittifoq miqyosida xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligida sovet rahbariyatining erishayotgan “zafarli yutuqlari” natijasida yildan yilga chet davlatlardan bug‘doy sotib olish ortib bordi. Agarda 1970 yillarda chetdan 2,2 mln tonna bug‘doy sotib olingan bo‘lsa, 1980 yilga kelib bu ko‘rsatkich 29,4 mln tonnani tashkil qildi. 1985 yilga kelib bu ko‘rsatkich 45,6 mln tonnani tashkil qila boshladi. BMTning oziq-ovqat masalalari bo‘yicha (FAO) komissiyasining xulosasiga ko‘ra, 1971 yildan 1985 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida SSSR chetdan (asosan AQSh, Kanada, Argentina va Turkiyadan) 70 mlrd dollar miqdoridagi 483 mln tonna un mahsulotlarini sotib olgan. Buni boshqacha tushuntirganda o‘sha yillarda butun mamlakat bo‘ylab axolini iste'mol qilgan har bir 3 ta nonining bittasi, 2 ta makaron pachkasidan bittasi chet mamlakatlar mahsuloti bo‘lib chiqadi. Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqi ham shu ko‘rsatkichlarga erishgan respublikalardan biri bo‘lib qolaverdilar.
Ittifoq rahbariyati mahalliy sharoitlarni hisobga olmay, Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa respublikalar hududini paxta plantatsiyalariga aylantirib bordilar. Bu maqsadlarda yangi kanallar, suv omborlari qurilib, ishga tushirila boshlandi. Xuddi shu yillarda SSSR paxta xom ashyosi yetishtirish bo‘yicha dunyoda Xitoy va AQShdan keyin 3 o‘ringa chiqib oldi. yetishtirilayotgan paxtaning 90% xuddi shu respublikalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Misol sifatida aytadigan bo‘lsak, birgina O‘zbekistonning o‘zida paxta yetishtirish Birma, Pokiston, Turkiya, Eron, Afg‘oniston va Yaponiyani qo‘shib xisoblagandagidan ham ko‘p yetishtirilar edi. Markaziy Osiyo mintaqasini egallagan paxta yakkaxokimligi siyosati natijasida respublikalarda qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarini rivojlanishi umuman orqada qolib ketdi. 1970 yilga kelib Turkmaniston hududining 55%, Tojikistonning 63 %, O‘zbekiston yerlarining bo‘lsa 50% paxta bilan band qilindi. Bug‘doy mahsulotlari ekinlariga bo‘lsa xuddi shu yillari, O‘zbekistonda 3,6 %, Turkmanistonda 1,2 %, Tojikistonda 5,0% yer ajratildi xolos.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1987 yilga kelib mintaqada kartoshka va poliz ekinlarini yetishtirish uchun O‘zbekistonda 5%, Tojikistonda 5,3%, Turkmanistonda bo‘lsa 8,1% maydon ajratildi xolos.
Shuningdek mintaqa xalqlari uchun an'anaviy bo‘lgan uzumchilik va bog‘dorchilik xo‘jaliklari ham ikkinchi darajalilar qatoriga tushib qoldi. 1987 yilga kelib ularni O‘zbekistondagi ulushi 4,9%, Tojikistondagisi bo‘lsa 8,2 % ni, Turkmanistonda esa 2,7 % ni tashkil qildi xolos. Paxtachilikni zo‘r berib rivojlantirish shu darajaga olib keldiki, hatto paxta dalalarining maydoni kolxozchilar uylari ostonasigacha yetib keldi. Shaxsiy tomorqalar xajmi keskin pasayib ketdi. Kartoshka mahsulotlari ekilgan maydon hajmi 1986 yilga kelib O‘zbekistonda 7,5 ming gektarni, Tojikistonda 4,0 ming gektarni, Turkmanistonda 1,9 ming gektarni tashkil qildi xolos. Xuddi shu davrning o‘zida bu ko‘rsatkich Ukrainada 994 ming, Latviyada 60 ming, Estoniyada 19 ming gektarni tashkil qildi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo respublikalari kolxozchi oilalari shaxsiy tomorqalarining ko‘pchiligida hatto chorva ham bo‘lmagan. O‘zbekiston kolxozchilarining 48 % i chorvaga ega emasdilar. Tojikistonda 49%, Turkmanistonda esa 47% i shunday ko‘rsatkichga ega edilar.
Ittifoq boshqaruvida ma'muriyatchilikning avj olishi, umuman sog‘lom bozor munosabatlarining yo‘qligi oqibatida fan-texnika taraqqiyotini amalga oshirish dasturida ham jiddiy to‘siqlar yuzaga keldi. Bu hol texnikaning yangi turlarini ishlab chiqarishda sustkashlikka, ularning jahon darajasidan orqada qolishiga, sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki asosan, yalpi miqdoriy ko‘rsatkichlarga e'tibor berilishida namoyon bo‘lardi. Xo‘jaliklar qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olishga haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflar, ta'mirlash ishlari ham nihoyatda qimmatga tushardi.
Shunday qilib, SSSRda “sotsializmning to‘la g‘alabasi” yillarida Markaziy Osiyo respublikalari iqtisodiyotidagi, ma'naviyatidagi, ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar jamiyat hayotining barcha tomonlariga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi. Markaziy Osiyo respublikalari 80-yillar o‘rtalariga kelib juda ham tang ahvolga tushib qoldilar.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling