Маркетинг асослари


Download 1.66 Mb.
bet47/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Asosiy adabiyotlar



  1. Макдоналд М. Планы маркетинга. Как их составлят и использовать, - М.: Технологии, 2004.

  2. Косимова М.С., Эргашхужаева Ш.Ж. Маркетинг. Ы=ув =ылланма.– Т.: ТДИУ, 2004.

  3. Данченок Л.А. Маркетинг, - М., 2004.

  4. Голубков Е.П. Маркетинговые исследования. –М.: Финпресс, 2003.

  5. www.bci-marketing.aha.ru/pm03_02.htm

  6. www.marketing.al.ru/index_0007.shtml

7-bob. MILLIY VA UMUMIY MARKETING

7.1. Milliy marketing va xalqaro marketing


Marketing milliy ko’rinishda bevosita o’zi kelib chiqqan mamlakatga qaratilgan bo’ladi. Buning uchun bozorni diqqat bilan o’rganishga asoslangan maxsus marketing dasturi talab qilinadi. Bunda tovarlar va marketing siyosati asosan ichki bozorga yo’naltiriladi, eksportga esa ikkinchi darajali deb qaraladi. Tashqi bozorlardagi savdo imkoniyati faqat ichki bozorda ortiqcha tovarlar mavjud bo’lgandagina izlanadi. Marketing masalalari avvalgi boblarda batafsil ko’rib chiqildi.


Xalqaro marketing bilan shug’ullanishga firmani quyidagi omillar undaydi:

  1. Ichki bozorda marketing imkoniyatlarining susayishi.

  2. Ichki bozor kon’yunkturasining o’zgarishi.

  3. Ichki yalpi daromad o’sish sur’atlarining sekinlashishi.

  4. Hukumat tomonidan tadbirkorlikka qarshi siyosat yuritilishi.

  5. Soliqlarning kattaligi.

  6. Xorijiy valyuta tushumining o’sishi.

  7. Tovarlarni boshqa mamlakatlarda sotish imkoniyatlarining o’sishi.




30‑rasm. Xalqaro marketing sohasida qabul qilinadigan asosiy qarorlar


Oltita echimning har birini alohida ko’rib chiqamiz (30-rasmga qarang).

  1. Xalqaro marketing muhitini o’rganish.

Savdoni chet elda tashkil qilishdan avval firma ko’p narsani bilishi zarur. U xalqaro marketing muhitining xususiyatlarini batafsil tushunib olishi lozim, masalan:

  • biror davlatning daromadlarini oshirish yoki o’z mamlakatidagi firmalar manfaatini himoya qilish maqsadida shu mamlakatga olib kiriladigan tovarga qo’yiladigan bojxona poshlinalari;

  • kvotalar, ya’ni mamlakatga olib kirishga ruxsat berilgan ma’lum toifadagi tovarlarning miqdoriy chegaralari. Kvotalardan maqsad valyutani saqlab qolish, mahalliy sanoatni himoyalash, aholi bandligini muhofaza qilishdan iborat bo’ladi.

  • valyuta nazorati, uning vositasida naqd puldagi xorijiy valyutaning va uning mazkur mamlakatdagi boshqa valyutalarga almashuv kursining hajmlari boshqariladi;

  • siyosat - huquqiy muhit - bu tovarlarga nisbatan chet ellardagi munosabat;

  • mamlakatdagi siyosiy barqarorlik;

  • madaniy muhit;

  • boshqalar.


  1. Download 1.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling