Маркетинг асослари


Tashqi bozorga chiqishning maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror. Firmalar xalqaro marketing bo’yicha faoliyatga ikki yo’l bilan jalb qilinadi


Download 1.66 Mb.
bet48/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Tashqi bozorga chiqishning maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror. Firmalar xalqaro marketing bo’yicha faoliyatga ikki yo’l bilan jalb qilinadi:

  • qandaydir firma chet elda savdo‑sotiqni tashkil qilib berishni so’rab murojaat qiladi;

  • yoki firmaning o’zi xalqaro bozorga chiqishga qaror qiladi.

Firma chet elga chiqishdan avval o’z xalqaro marketingining vazifalari va siyosiy me’yorlarini aniq belgilab olishi zarur:

  1. O’z umumiy savdo hajmining qanday ulushini tashqi bozorlarda amalga oshirishga harakat qilish haqida qaror qabul qilish.

  2. Firma marketing bilan bir paytning o’zida faqat bir mamlakatda shug’ullanadimi yoki bir necha mamlakatdami - shuni hal qilishi zarur.

  3. Firma qanday turdagi, aynan daromadlar darajasi, geografiyasi, aholi tarkibi va soni, siyosiy iqlimi va boshqa xususiyatlari jihatidan qaysi turdagi mamlakatlarda ishlamoqchi ekanligini hal qilishi zarur

  4. Qanday bozorlarga chiqish haqidagi qaror.

Firma chiqish mumkin bo’lgan xorijiy bozorlar ro’yxatini tuzib chiqqach, ularni tanlash va toifalarga ajratish bilan shug’ullanishi kerak bo’ladi.
Nomzod mamlakat bozorini tanlashda bir necha mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin:

  • til va madaniyatdagi o’xshashlik;

  • bozorning hajmi;

  • bozorning o’sish dinamikasi;

  • raqobat ustunliklari;

  • tavakkalchilik darajasi.

Toifalarga ajratishdan maqsad - firma uchun qaysi bozor sarflangan sarmoyaga eng ko’p uzoq muddatli daromad ta’minlashini aniqlashdir.

  1. Bozorga chiqish usullari haqidagi qaror.

Firma savdo‑sotiqni u yoki bu mamlakatda yurgazishga qaror qilgach, tanlangan bozorga chiqishning eng yaxshi usulini ajratib olishi zarur:

Bu xorijiy bozorga chiqish strategiyalarining hammasi mumkin bo’lgan hatti‑harakatlarning turli variantlarini ko’zda tutadi.
Eksport:

  • bilvosita marketing;

  • o’z mamlakatidagi eksportchi orqali;

  • bevosita eksport;

  • chet eldagi filial orqali;

  • xorijiy distribyutorlar yoki agentlar orqali.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling