Маркетинг асослари
Download 1.66 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik nazorat.
28‑rasm. Nazorat jarayoni.
Bunday turdagi nazorat to’rt bosqichdan iboratdir (28‑rasmga qarang): Savdo imkoniyatlarini tahlil qilish o’lchashlar o’tkazish, haqiqiy savdoni baholash hamda rejadagi ko’rsatkichlar bilan taqqoslashdan iborat. Aytaylik, rejada har chorakda 150 so’mdan 100 ta ko’ylak sotish ko’zda tutilgan edi, ammo 120 so’mdan 90 ta ko’ylak sotildi. Chorak oxiriga borib savdo hajmi 15000 so’m o’rniga 10800 so’mni tashkil etdi, ya’ni kutilganidan 28% foiz kam bo’ldi. Ayni paytda boshqa nuqtalarda ko’rsatkichlar qandayligini ham tekshirish lozim. Agar boshqa nuqtalarda ahvol ko’ngildagidek bo’lsa, birinchi nuqtada savdoning yaxshi bo’lmaganligining sabablarini ko’rib chiqib, vaziyatni tuzatish kerak. Daromadlilik (rentabellik) nazorati turli tovarlar, hududlar, segment va boshqalar bo’yicha har chorakda (foyda va zararlar to’g’risida hisobot) o’tkaziladi. Strategik nazorat. Har qanday firma ham ba’zan o’zining bozorga umumiy yondashuvini “marketing taftishi” deb ataladigan usuldan foydalanib, qayta baholab ko’radi. Bu - firma marketing muhitini, uning vazifalari, strategiyalari va operativ faoliyatini, yuzaga kelayotgan muammolarni va ochilayotgan imkoniyatlarni aniqlash maqsadida kompleks, sistemali, xolis va muntazam tadqiqot qilish bo’lib, unda firma marketing faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ham beriladi. Rejalashtirish va nazorat medalning ikki tomonidir. Rejalashtirish jarayonida biz butun tashkilotni yuzaga keladigan muammolarga muvaffaqiyatli bardosh berishga tayyorlash uchun kelajakka nazar solamiz. Boshqaruv nazorati taftish turlaridan biri sifatida rejalashtirish jarayoni yakunlangandan so’ng ishga tushadi. Uning diqqat markazida, ilgari aytilganidek, joriy yil yotadi va u faqat real natijalarni rejada ko’zda tutilgan maqsadlar bilan solishtirib ko’rib qayd qiladi, baholaydi va xulosalar chiqaradi hamda zarur hollarda rejalashtirilgan chora‑tadbirlarga o’zgartirishlar kiritadi. Quyida rejalashtirish va boshqaruv nazorati integratsiyasining sxemasi ko’rsatilgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling