Маркетинг асослари


‑rasm. firmaning strategik rejalashtirish bosqchilari


Download 1.66 Mb.
bet40/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

24‑rasm. firmaning strategik rejalashtirish bosqchilari.


Firmaning dasturi.
Har bir tashkilot tashqi muhit doirasida biror narsaga erishish uchun tashkil qilinadi. Har qanday dasturda firmaning faoliyat sohasi aniq ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Bu - tovarlar, texnologiya, mijozlarning ehtiyojlari yoki bir necha faoliyat turlarning jamlanmasi bo’lishi mumkin.
Firmaning dasturi uni muayyan ehtiyoj va talablarni qondirish uchun xaridorlarning (iste’molchilarning) muayyan guruhiga xizmat ko’rsatishga yo’naltiradi.
Firmaning maqsad va vazifalari.
Firmaning dasturini har bir bo’linma rahbari uchun yordamchi maqsad va vazifalarning batafsil ro’yxati ko’rinishida tayyorlash zarur, ya’ni har bir menedjer oldiga bajarilishi uchun o’zi javobgar bo’lgan vazifalar qo’yilgan bo’lishi lozim
Faoliyatni rivojlantirish rejasi
Gap firma tarkibiga kiruvchi barcha bo’linmalarning ahvolini baholash haqida bormoqda. Bunday tahlil firmaning ozmi‑ko’pmi rentabel bo’lgan bo’linmalarini aniqlashga va ularning har biri bo’yicha kerakli qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
Firmaning o’sish strategiyasi
Mavjud ishlab chiqarishni baholashdan tashqari, strategik rejalashtirish kelgusida ishlab chiqarishning qaysi turlari bilan shug’ullanish maqsadga muvofiq ekanligini, firmaning hatti‑harakatlarini faoliyatning qaysi sohalariga yo’naltirish zarurligini aniqlashi ham lozim.

6.2. Marketing rejasini ishlab chiqish.

Marketing maqsadlarini tanlash va ifodalash




Rejalashtirish - bu bo’lg’usi faoliyatning puxta o’ylangan, sistematik ifodalanishidir.
Marketingni rejalashtirishda muvaffaqiyatli marketingning uch qonuniga rioya qilish lozim:

  1. Xaridor va iste’molchiga yo’nalgan holda, aynan xaridor va iste’molchilarning barcha tashkiliy chora‑tadbirlar hamda firma faoliyati diqqat markazida bo’lishiga intilish.

  2. Bozor maqsadlari tizimini ilgari surish va ularga erishish uchun kerakli rejalashtirish joriy qilinadi, istiqbollar belgilanadi hamda firmaning barcha xodimlarining harakatlari faollik bilan muvofiqlashtiriladi.

  3. Uzoq muddatli rejalashtirishda daromadlilik savdo hajmini “qanday qilib bo’lsa ham” oshirishga urinishlarning emas, balki iste’molchi talablarini maksimal darajada qondirishning natijasi ekanligini anglash.

Shunday qilib, tadbirkorlar hozir marketingga butun tijorat faoliyati siklini - tovar haqidagi dastlabki fikrlardan tortib to uni xaridorga etkazib berishgacha - o’z ichiga oluvchi keng qamrovli fan deb qaramoqdalar.
Marketing uchun maqsadlarni ilgari surishga tayanuvchi rejalashtirish ayniqsa muhimdir. Aniq belgilangan maqsadlarga ega bo’lmay turib, butun marketing harakatlari tizimini puxta rejalashtirish va rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hajmini aniqlash mumkin emas.
Shuning uchun firmaning marketing maqsadlarini natijalarni aniq nazorat qila olish maqsadida raqamli ko’rinishda aniqlashga harakat qilinadi. Mavhumlikka (“muvaffaqiyatga erishish kerak” singari) yo’l qo’yilmaydi.
Ifodalangan maqsadda muayyan muddatlar, “bozorning 15% ulushini egallash”, “daromad hajmining 20% ga erishish” shaklidagi vazifalar va hokazolar bo’lishi zarur. O’z navbatida, maqsad - bu tovar bozorlarining ahvoli haqidagi axborotni tahlil qilish va ularning birmuncha uzoqroq davrdagi rivojlanishini oldindan chamalash natijasidir.
Shu tariqa, tovar bozorlarini muntazam o’rganib bormay, ular haqida ma’lumot to’plamay, kelgusi vaziyatlarni tadqiqot qilmay turib maqsadlarni ilgari surish mumkin emas (25‑rasmga qarang).

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling