Маркетинг асослари


Amaliy rejalashtirish to’rt asosiy qonunga tayanadi


Download 1.66 Mb.
bet42/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Amaliy rejalashtirish to’rt asosiy qonunga tayanadi:

  • egiluvchanlik: reja dogma emas, balki tashqi va ichki marketing muhitining o’zgarishlariga tezkorlik bilan javob berish zarurligini bildiruvchi harakat dasturidir. Bu o’zgarishlar erishib bo’lmaydigan maqsadlarni yangilashga yoki ulardan butunlay voz kechishga majbur qiladi.

  • shaxsiyat: barcha lavozimdagi rahbarlar rejalashtirishni faqat “ma’qullabgina” qolmay, balki rejalashtirish bilan shug’ullanishlari kerak. Faqat rejalashtirishda shaxsan ishtirok etishgina bu jarayonning murakkabligi va mas’uliyatini to’laligicha his qilishga imkon beradi.

  • vakolat: strategik va umumiy rejaning bo’limlari mazkur rejani ishlab chiqayotgan shaxsning lavozimiga (vakolatlariga) mos kelishi lozim, rejaning boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqilishidan yomonroq narsa yo’q

  • ko’pvariantlilik: kutilmagan hodisalarni kam talofatlar bilan qarshi olish maqsadida kamida uch variant - minimal, optimal va maksimal variantlarning bo’lishi talab qilinadi




27‑rasm. Korxona miqyosida rejalashtirish jarayoni va marketing strategiyasi.

Rejaning yana bir muhim vazifasi - bajaruvchilar o’rtasidagi aniq o’zaro harakatni ta’minlash va odatda turli bajaruvchilarning firmaning maqsadlarini turlicha tushunishlari oqibatida yuzaga keladigan nizolarni imkon qadar kamaytirishdir. Firmaning pirovard maqsadi faoliyati makon va zamonda o’zaro bog’liq bo’lgan ma’lum miqdordagi kishilarning hatti‑harakatlarini muvofiqlashtirishdir.


6.3. Marketing nazorati


Marketing rejalarini amalga oshirish amaliyotida ko’plab kutilmagan hodisalar yuzaga keladi, shuning uchun bu jarayonning borishi ustidan doimiy nazorat olib borish lozim.


Marketing nazoratining uch turini ajratish mumkin (2-jadvalga qarang):

  1. Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish; bunda marketing mutaxassislari joriy ko’rsatkichlarni nazorat raqamlari bilan taqqoslaydilar va zarur hollarda vaziyatni to’g’rilash choralarini ko’radilar.


  2. Download 1.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling