23‑rasm. Biznes‑rejalarning turlari.
Har qanday biznes‑reja asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:
1. Rezyume (qisqacha mazmun)
Marketing rejasi
Menedjment (ishlab chiqarish va ma’muriy‑tashkiliy rejalashtirish).
Moliyaviy rejalashtirish.
Shubhasiz, bu bo’limlarning hammasi ham muhimdir, ammo bizni ayni paytda hammadan ko’ra korxona uchun ishlab chiqilgan marketing rejasi qiziqtiradi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida o’zining ishlab chiqilgan rejasiga ega bo’lgan firma yoki korxonalar deyarli yo’q, bunday korxonalar g’oyatda kam uchraydi. Rahbarlar bozordagi vaziyat nihoyatda tez o’zgarib turganligi va rejalardan foyda yo’qligini bahona qilib, malakali, to’laqonli rejani tuzmay qo’ya qoladilar, vassalom.
Vaholanki rejalashtirish ko’plab foydalar keltiradi, masalan:
rejalashtirish rahbarlarni doimo istiqbolni fikrlashga o’rgatadi;
firma tomonidan ko’rilayotgan chora‑tadbirlarning aniqroq muvofiqlashtirilishiga olib boradi;
kelgusida nazorat qilish uchun firma faoliyati ko’rsatkichlarining o’rnatilishiga olib boradi;
firmaning kutilmagan o’zgarishlarga tayyor turishiga imkon beradi;
barcha rahbar shaxslar va tarkibiy tuzilmalarning majburiyatlari o’rtasidagi o’zaro aloqasini aniq belgilaydi.
Rejalarni amalga oshirish va nazorat qilish bilan firmaning marketing xizmati shug’ullanadi. Rejalashtirish ikki qismdan: strategik rejalashtirish va marketingni rejalashtirishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirish (24‑rasmga qarang) - firmaning maqsadlari bilan uning potensial imkoniyatlari va marketing sohasidagi imkoniyatlari o’rtasidagi strategik muvofiqlikni tashkil qilish va uni barqaror tutib turishning boshqaruv jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |