33‑rasm. Segmentlash jarayoni.
Tahlil qilish uchun segmentlash matritsasi namunasi.
Bozorni segmentlash nihoyasiga etgach, tovarni joylashtirishga kirishiladi, ya’ni firma raqiblarning pozitsiyalarini o’rganib chiqib, raqibning pozitsiyasiga yaqin o’rinni egallaydimi yoki aniqlangan bo’shliqni to’ldirishga harakat qiladimi - shuni hal qiladi (34‑rasmga qarang).
Marketing boshqaruvining ro’yobga chiqishi quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
marketing strategiyasi;
marketingni rejalashtirish;
marketing nazorati
|
Daromad
|
|
A
|
V
|
S
|
D
|
20-29
|
|
|
|
|
30-39
|
|
|
|
|
40-49
|
|
|
|
|
50Q
|
|
|
|
|
Yosh
|
|
|
|
|
34‑rasm. Segmentlash matritsasi.
9.2. Marketing boshqaruvi modeli
Marketing xizmatining funksional tashkil etilishi eng keng tarqalgandir (35‑rasmga qarang). Funksional tashkil qilishning asosiy afzalligi boshqarishning osonligidadir.
Boshqa tomondan qaraganda, firmaning bozorlari va tovar assortimenti kengayib borgan sari bu shakl o’z samaradorligini yo’qotib bormoqda. Shu sababdan, mamlakatning butun hududi bo’ylab savdo qilayotgan kompaniyalarda sotuvchilar tarmog’i ko’pincha geografik jihatdan bo’ysunadigan shaklda tashkil qilinadi.
Keng nomenklaturaga ega bo’lgan firmalar boshqaruvning yana bir darajasi hisoblanuvchi tovar ishlab chiqarishi bo’yicha tashkil qilish usulidan foydalanadilar.
35‑rasm. Funksional tashkilot.
Tovar ishlab chiqarishi bo’yicha tashkil qilish firmada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bir‑biridan keskin farq qilgan va ularning turi juda ko’p bo’lib, ularni an’anaviy usullar bilan boshqarish qiyin bo’lgan hollarda o’zini oqlaydi. Ko’pchilik firmalar o’z tovarlarini xarakter jihatdan turlicha bo’lgan bozorlarda sotadilar. Bunday hollarda bozor tamoyillari bo’yicha tashkilot usulidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |