Маркетинг асослари


Inqiroz vaziyatida menejment


Download 1.66 Mb.
bet61/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

10.1. Inqiroz vaziyatida menejment


Bu erda muammo avvalo shundaki, umuman, korxonaning strategik konsepsiyasi bormi (38‑rasmga qarang) va uning yo’qligi inqiroz yuzaga kelishining jiddiy sabablaridan biri bo’lmaganmikin?


Strategiyaning puxta o’ylangan bo’lishi tezkor qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborot kabi muhimdir. Ko’pincha shunday bo’ladiki, tashqi vaziyat va bozor omillari haqida batafsil va ishonchli axborot mavjud bo’lmaydi.

38-rasm. Bozorga maqsadli bozorga mos holda kirish.

10.2. Bozor haqida ma’lumot tanqisligi


Inqiroz holatida turgan korxonada uch omil haqida ma’lumot etishmasligi ajralib turadi:



  • bozorda vaqt davomida yuz bergan sifat va miqdoriy o’zgarishlar haqida ma’lumot yo’q;

  • savdo uchun javobgar bo’lgan ichki boshqaruv apparati etarlicha rivojlanmagan va maqsadga yo’naltirilgan savdo siyosatini olib bora olmaydi;

  • muhim bozor kattaliklari etarli hisobga olinmaydi yoki umuman hisobga olinmaydi.

Axborot ta’minotidagi kamchiliklarning bartaraf etilishigina faol marketingga o’tishga imkon beradi. Korxona uchun inqiroz vaziyatida mahsulotga ortiqcha ko’p e’tibor berib yuborish odat bo’lib qolgan, ya’ni korxona o’zini go’yo xaridor bozori emas, balki sotuvchi bozori va tovar taqchilligi hukmron bo’lgan vaziyatdagidek tutadi. Raqobat kuchli bo’lgan va torayib borayotgan bozorda bozorga va uning talablariga yo’nalganlik hayotiy ahamiyatga egadir. Bu tushunchani qayta qurish jarayoni korxona mahsuloti yoki xizmatlarini texnik imkoniyatlar jihatidan:
- “Biz nima qila olamiz?” degan nuqtai nazardan emas, balki xaridorlar muammolarining echimi sifatida
- “Xaridor nimani istaydi?” degan nuqtai nazaridan ko’rib chiqishdan boshlanadi.
Bozorga doir axborot bilan ta’minlanganlik muammosi ham shu nuqtai nazardan hal qilinadi. Inqiroz vaziyati cheklangan vaqt imkoniyatlari, noqulay likvid ahvol va daromad bilan bog’liq muammolar bilan xarakterlanadi. Bu vaziyat o’ziga xos sharoitlarni yuzaga keltiradi, ular haqida esa keyingi bobda so’z boradi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling