Маркетинг асослари


Download 1.66 Mb.
bet64/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

10.5. Strategik choralar


Marketingning vazifalari qatoriga shuningdek jami strategiyani rejalashtirish ham kiradi. Agar tezkor choralar inqirozdan chiqib ketishda ijobiy natijalarga olib kelgan bo’lsa, jami strategiyaga diqqat qilish lozim bo’ladi.


Global strategik yo’nalishlar chuqur tahlil qilinishi kerak. Agar boshlangan tezkor harakatlar bilan ko’zda tutilgan umumiy strategiya o’rtasida ziddiyatlar yo’q bo’lsa, u holda muvofiqlikka nisbatan osonroq erishiladi. Korxonaning va marketingning strategik maqsadlarini aniqlash uchun bozor, raqobat va potensial haqidagi axborotlarning keng ko’lamli bazasini tashkil qilish lozim (39‑rasm).

39‑rasm. Bozorga qaratilgan menejmentning umumiy tamoyillari.

Tuzilgan savdo rejasi umumiy sanatsiya konsepsiyasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Strategiyani shakllantirish uchun ko’zda tutilayotgan talabning, shuningdek kelgusi takliflarga mo’ljallangan imkoniyatlarning sifat va miqdor jihatdan rivojlanishi juda muhimdir. Strategiyalar, masalan, daromad keltirayotgan bozor segmentlarida kuchliroq jamlanishga, yangi mahsulot bozorlarini tanlashga, taqsimot kanallarini o’zgartirishga va hokazolarga qaratilgan bo’lishi mumkin. Umumiy maqsad - yuqori potensialga ega bo’lgan bozor bo’shliqlarini topishdir. Bunga kuchli raqiblar, vositachilar va iste’molchilar guruhlarining pozitsiyalarini tahlil qilish asos bo’ladi (40‑rasm).





40‑rasm. Potensial mijozlarni aniqlash.
Qisqa xulosalar

Inqiroz vaziyatida turgan ko`pchilik korxonalar savdo muammosiga duch kеlmoqdalar. Bunda kon'yunktura rivojlanishi, yangi va kuchli raqiblarning paydo bo`lishi, bozordagi ahvolning o`zgarishi, yangi tеxnologiyalarning paydo bo`lishi, xaridorlar nuqtai nazarining o`zgarishi yoki doimiy xaridorlarni yo`qotish kabi omillar hal qiluvchi rol o`ynaydi.


Ko`p sonli tadqiqotlardan ma'lumki, savdo muammolari korxona inqirozining, shuningdеk, to`lovga layoqatsizlik va bankrotlikning asosiy sababi hisoblanadi.
Stratеgiyaning puxta o`ylangan bo`lishi tеzkor qarorlar qabul qilish uchun zarur bo`lgan axborot kabi muhimdir.
Savdo sohasidagi faollikni kuchaytirishga alohida ahamiyat bеrilishi lozim.
Odatda, inqiroz vaziyatiga tushib qolgan korxonalar, kеngayayotgan bozorda emas, balki torayib borayotgan, harakatsiz bozorlarda faoliyat ko`rsatayotgan bo`ladi.
Agar bu muhim sohani ma'lum darajada yaxshilashga erishishning iloji bo`lmasa, savdo siyosatida foydalaniladigan qolgan barcha vositalar ilgarigidеk kam samaraliligicha qolavеradi. Mahsulot sifatini yaxshilashga muvaffaq bo`linsa va faqat shundagina rеklamaga murojaat qilish mumkin.
Korxonaning va markеtingning stratеgik maqsadlarini aniqlash uchun bozor, raqobat va potеntsial haqidagi axborotlarning kеng ko`lamli bazasini tashkil qilish lozim.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling