Маркетинг асослари
Inqiroz vaziyatida marketing auditi
Download 1.66 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI
10.4. Inqiroz vaziyatida marketing auditiAvvalgi savdo siyosatining kuchli va zaif tomonlarini, shuningdek, kelgusida ko’zda tutilayotgan siyosatning imkoniyatlarini qisqa vaqt ichida tahlil qilib chiqish uchun marketing auditidan foydalaniladi. Bunda inqiroz vaziyatida umumiy strategik balans emas, balki inqirozni keltirib chiqarayotgan savdo va marketing muammolarini aniqlash hamda mavjud bozor kon’yunkturasi sharoitidagi faoliyat maydonini tahlil qilish masalalari oldinga chiqadi. Bu faoliyat sohasi raqiblar bilan taqqoslagan holda tadqiq qilinishi lozim. Savdo siyosati vositalari marketing‑miks, strategiyalar, tashkilot va menejment, axborot tizimi, shuningdek, nazorat va boshqalarni o’z ichiga oladi. Agar vaqt chegaralari va moliyaviy doiralar mavjud bo’lsa, bozor va savdo‑sotiq haqidagi axborotning qayta ishlanishi korxonaning barcha soha va tabaqalarini ishga solgan holda marketing auditi orqali amalga oshirilishi lozim. Korxona rahbariyati bilan bir qatorda savdo bo’limi ham shunga taalluqli bo’lib, shu yo’l bilan tashqi xizmat xodimlari, shuningdek kompaniyaning rejalashtirish va bozor siyosatida ishtirok etuvchi, korxonaning turli sohalarida band bo’lgan barcha rahbar xodimlari ham shu doiraga kiradi. Shu paytgacha, aftidan, amalda bu vositadan foydalanmay kelgan korxona rahbariyati marketing auditining zarurligini va ayni paytda uning imkoniyatlarini tan oladimi hamda uning o’tkazilishini qo’llab‑quvvatlaydimi - birlamchi muammo shundan iborat. Xodimlarning axborot potensialidan oddiy ko’rinishda shunday foydalaniladi va buni “bozorni maxsus o’rganish” deyiladi. Shunday qilib, hamkorlik tufayli xodimlarning motivatsiyasi va jalb qilinganligi ortib boradi. Bunga ishonch uyg’otuvchi, rejalashtirishdagi muvofiqlikni, shuningdek korxonaning turli sohalarida tadbirlar o’tkazishda diagonal bo’yicha boshqarishni yaxshilovchi maxsus tadbir deb qarash lozim. Natijada rahbar xodimlar inqiroz menejmentiga jalb etiladi. qisqa va uzoq muddatli tadbirlar dasturi uchun harakatlarning shakli va mazmunini, ularning intensivligini, vaqt chegaralari va muhimlik darajasini aniqlash zarurdir. Bularning barchasiga qo’shimcha ravishda xodimlarning vakolat va mas’uliyat chegaralarini qayd qilish, shuningdek, byudjetning barcha zarur tadbirlarni o’tkazishga imkon berish‑bermasligini tekshirish lozim. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling