Eng kuchsiz raqibning bozordagi ulushi miqdoridan nimalarni bilib olish mumkin:
Bozorga jo’natilishi kerak bo’lgan tovarning eng kam miqdori.
Tovarning taxminiy o’rtacha narxini bilgan holda, tovar oborotini oldindan chamalab ko’rish mumkin.
Eng kuchsiz raqibning reklama va boshqa marketing tadbirlariga qilgan xarajatlarini bilgan holda, bozorga birinchi bor chiqayotgan firma bu raqamni ikki yoki uch baravar oshirishi lozim.
Firmaning bozordagi ulushini quyidagi omillar belgilaydi:
7‑rasm. Ko’pchilik tovarlar uchun talab egri chizig’i
Statistikadan ma’lumki, bozor ulushi 10 foiz bo’lganda, daromad me’yori xalq iste’moli tovarlari uchun 11 foiz va ishlab chiqarish tovarlari uchun 5 foizni tashkil qiladi.
Bozor ulushi 20-30 foiz bo’lganda bu ko’rsatkich mos ravishda 12 va 16 foizni tashki etadi, bozor ulushi 40 foizdan ortganda esa 25 va 30 foizgacha ortib ketadi.
Tovarga qo’yilgan har qanday baho u yoki bu darajada talab darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Narx va talab darajasi o’rtasidagi bog’liqlik 5 va 8‑rasmlarda ko’rsatilgan.
8‑rasm. Nufuzli tovarlar uchun talab funksiyasi
7- va 8‑rasmlardagi egri chiziqlar turli narxlarda tovarning qancha miqdori muayyan vaqt oralig’ida bozorda sotilishini ko’rsatadi.
Odatda sotilgan tovar miqdori narxga bevosita bog’liq bo’ladi (klassik holat!), amalda esa (ayniqsa nufuzli tovarlar uchun) ahvol boshqacha ‑ narxlarning o’zgarishi har doim ham talabning ortishiga olib kelavermaydi. Ko’pchilik firmalar talab o’zgarishlarini o’lchashga harakat qiladilar. Narxga bog’liq bo’lmagan tadbirlar ta’siri ostida talab egri chizig’ining shakli o’zgarmay, balki uning o’zi siljishi mumkinligi aniqlangan (9‑rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |