5‑rasm. Segmentni bilishni to’ldiruvchi o’zgaruvchilar.
Korxona segmentlarga ajratish natijasida olingan axborotga tayangan holda tanlab olingan segmentga uch xil usulda strategik yondoshadi (6‑rasmga qarang):
6‑rasm. Tanlangan segmentga yondashuvlar.
Nodifferensial yondashuv - firma faqat bir turdagi tovarni taklif qiladi va ertami‑kechmi unga to’g’ri keladigan xaridor topilishini kutadi.
Differensial yondashuv - firma ko’plab segmentlarni ajratib oladi va ularga turli xildagi tovarlar bilan xizmat ko’rsatadi.
Bu holatda reklama, taqsimot, NIOKR va boshqalarga katta xarajatlar sarf bo’ladi.
Masalan: yosh kelin‑kuyovlar, maktabgacha yoshdagi bolasi bo’lgan yosh oilalar, chol‑kampirlar, yolg’izlar va h.k.
Mujassamlangan yondashuv - firma o’zining jami marketing chora‑tadbirlarini (etkazib berish, narxlar, taqsimot, kommunikatsiyalar va hokazo) bir segmentda mujassam qiladi.
2.6. Bozorning sig’imi
Bozorning sig’imi - marketingda tekshiriladigan asosiy ob’ektlardan biridir. Bozorning sig’imi deb tovar savdosining yuzaga kelgan vaziyatda - narxlar darajasi va tovarga bo’lgan ehtiyoj sharoitlarida - yil davomidagi hajmiga aytiladi.
Bozor sig’imining tahlili tovarlarning milliy ishlab chiqarilishini e’tiborga olib, unga asoslangan holda olib boriladi, bunda unga import qo’shiladi va eksport ayirib tashlanadi. (Masalan, agar barcha markadagi avtomobillardan 300 dona, Mercedes markali avtomobillardan 100 dona avtomobil sotilgan bo’lsa, u holda bozor ulushi 30% ni tashkil qiladi).
BS = MICh + UI - UE
Bozor ulushi ehtimolini hisoblash.
Bozor sig’imi unda ishtirok etayotgan firmalar o’rtasida bo’lib olingan bo’lib, ularning hammasi bir‑biri bilan raqobatlashadi, va agar firma bozorga ilk bor chiqayotgan bo’lsa, dastlabki 2 yil mobaynidagi tinimsiz faoliyat natijasida eng kuchsiz raqobatchining xaridorlaridan yarminigina o’z tomoniga og’dirib olishi mumkin.
Shu sababdan odatda eng kuchsiz raqibni nazarda tutgan holda hisob‑kitob qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |