2‑rasm. Yangi tovarni rejalashtirish jarayoni.
Ikkinchi bosqich nihoyasida asosiy raqobatchilar mavjud bo’lgan bozorlar ajratib olinadi.
Tahlil natijalari bozorni ushbu omillarga ko’ra segmentlarga ajratish imkonini beradi.
Kon’yunktura - bozorda yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat bo’lib, unga talab va taklif o’rtasidagi nisbat, narxlar darajasi, tovar zahiralari, buyurtmalar portfeli va hokazolar deb ta’rif berishadi. Kon’yunkturani o’rganish va oldindan aytib berish zarurdir, chunki uni bilish - eng foydali narxlarda xarid qilish va sotish, tovar ishlab chiqarish hajmini bozorda kutilayotgan vazyaitga muvofiq kengaytirish yoki qisqartirish demakdir. Bunda har qanday oldindan aytib berish, hatto u noto’g’ri bo’lib chiqsa ham ahamiyatga egadir.
Kon’yunkturani o’rganish bozor va uni oldindan aytib berishga tayyorgarlik ko’rish (muhimi - oldindan aytib berish!) uning ayni paytdagi ahvolini aniqlash hamda unga o’tgan yarim yil yoki bir yil uchun umumiy xarakteristika berish imkon beradi. Shundan so’ng ishlab chiqarish tahlil qilinadi. Bizni qiziqtirayotgan tovarning butun bozorlar bo’yicha umumiy ishlab chiqarish dinamikasi ko’rib chiqiladi. Bu tovarni ishlab chiqarish hajmi o’zgarishining asosiy sabablari (yangi quvvatlarning ishga tushirilishi, avtomatlashtirish darajasini oshirilishi va hokazolar) ko’rsatiladi.
Shuningdek, talab va iste’mol, tovar uning savdosi, narx‑navo va boshqalar ham ko’rib chiqiladi. Kon’yunktura tahlilining pirovard vazifasi kelgusida yuzaga keluvchi vaziyatni aniqlash, foydalanish lozim bo’lgan imkoniyatlarni hamda yuzaga kelish ehtimoli mavjud bo’lgan hamda ehtiyot bo’lish lozim bo’lgan xavf‑xatarlarni aniqlashdir.
2.4. Taqsimot (tovar harakati) kanallarini o’rganish
Marketing istilohida taqsimot (tovar harakati) deb tovarni savdo o’rinlariga aniq ko’rsatilgan vaqtda va xaridorga yuqori darajada xizmat ko’rsatgan holda etkazib berishni ta’minlovchi tizimga aytiladi. Albatta, har qanday firma ham xizmat ko’rsatish saviyasiga zarar etmaydigan darajada tovar harakati xarajatlarini kamaytirishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |