Маркетинг


Marketing dasturini tuzish ketma-ketligini necha bosqichdaligini ko’rsating


Download 0.97 Mb.
bet11/70
Sana23.11.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1796272
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Bog'liq
Маркетинг амалий

8.Marketing dasturini tuzish ketma-ketligini necha bosqichdaligini ko’rsating.
a) 2 b)3 v)5
9.Marketing dasturlari vazifasiga qarab qanday turlarga ajratiladi?
a) oddiy va maqsadli dasturlar
b) rejali, strategik va taqqoslama dasturlar
v) uzoq, maqsadli, kelajajdagi dasturlar



5.2. Amaliy topshiriqlar.
1-Topshiriq: Marketing nazorati chizmasini chizing va uni izohlab bering.




2
Ўрин эгаллаш

Контакт аудитория
лари
-Topshiriq:
Marketing kompaniyasi strategiyasiga ta’sir qiladigan asosiy faktorlarini chizing.




6. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish.
7. Topshiriqlarni bajarishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar.
8. Savol va javoblar.
9. Uyga vazifalar.
9.1. O’tilgan mavzuni o’qib chiqish.
9.2. Topshiriqlarni to’liq bajarish.
9.3. Ma’ruza matni asosida keyingi mavzu bilan mustaqil tanishib chiqish.


6-amaliy mashg’ulot: Bozor kon’yunkturasini tadqiq etish va uni bashorat qilish
(2 soat).
1. Darsning maqsadi: Bozor kon’yukturasini, kon’yuktura haqida va ularni xarakatlari to’g’risda, kon’yukturani shakllantiruvchi omillar ta’sirini tahlili, bozor kon’yukturasiinig namayon bo’lishini asosiy shakllarini hamda bashorat qilish uslublari haqida talabalarga o’rgatish.
2. Darsning rejasi:

  1. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha.

  2. Bozor kon’yunkturasini shakllantiruvchi omillar.

  3. Kon’yunktura kuzatishlari mazmuni va vazifalari.

  4. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari.

Kon’yunkturani o’rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o’rganish 20 yillarda tashkil etildi. «Kon’yunktura» lotincha so’z bo’lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ularning o’zaro aloqasidan olingan shartlarning yig’indisi, predmetlarining joylashishidir.
Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatdir.
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni taxlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli xamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular uzining faoliyat doirasida jaxon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iktisodiy kon’yunktura bu omillar va kayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va uzaro alokadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir kurinishdir. Bu kursatilgan aniqlik uz ichida kon’yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini uzida mujassamlashtiradi.
Kon’yunktura tadqiqotining 2ta ob’ektiga ko’ra - ya’ni iktisodiy kon’yunktura tushunchasidagi xujalik va tovar bozori, 2 mustakil tarkibiy kismga ajratiladi
1) umumxujalik kon’yunkturasi
2) tovar bozori kon’yunkturasi.
Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga ko’ra, ishbilarmonlarga ularning xujalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yul kuymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda kurol xisoblanadi. Iktisodiy kon’yunkturani izlash, fakatgina ayirboshlash soxasini rivojlanishi va uning kayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan uzaro alokadorligining umumiy konunchiligini o’rganish bilan chegaralanib kolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan taxlil va bashorat qilishni amalga oshirishga karatilgan.
Kon’yunktura taxlili uz ichiga ishlab chiqarish va iste’molning xajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining urnini egalay olish imkoniyati, tovar zaxiralari, narxning uzgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o’rganishni oladi. Bozor konyu’nkturasini muntazam ravishda o’rganib borish savdo faoliyatini muvaffakiyatli yakuniga imkon beradi. Xar davrda bozor kon’yunkturasi kaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, kaysi tovarga talabning kamayishi xakida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun xam savdo firmasi uchun xam zarurdir. Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, kulay va nokulay bo’lishi mumkin.
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar mikyosiga va sotib oluvchilarning xarid kobiliyatiga boglikdir, narx- navoga, modaning uzgarishiga qarab xar xil buladi. Bozorning kelajakdagi xolatini ishlab chiqarishning texnikaviy axvoli, unga sarflangan kushimcha resurslar, ularning kaytarib berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi uzgarishlar yunalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mexnat predmetiga bulgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yunalishiga qarab, shuningdek axoli xarid kobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini xisobga olib talab o’rganiladi.
Uzok muddatli usish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura taxlili bir -biri bilan boglik va u bir-birini tuldira boradi.
Sifatli taxlil qilish uchun tuplangan ma’lumotlarni 3 ta guruxga bo’linadi:
-utgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Umumxo’jalik kon’yunkturaning taxlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita yul olib borish mumkin:

  1. Agar ma’lum bir vaktning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendentsiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi quyilgan bulsa, u xolda kon’yunktura taxlili shu vaktning ichida uning dinamikasini o’rganish yuli bilan olib boriladi,

  2. Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura xolatini aniqlash masalasi quyilgan bulsa, u xolda iktisodiy tsiklning fazasini va faza ichidagi misol tarikasidagi joyini aniqlash yuli bilan olib boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura taxlili va uzok tendentsiyalarning rivojlanishini aniqlash uzora boglik va bir - birini tuldiradi.

Kon’yunktura taxlili jamiyatning xujalik hayotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o’zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistik ma’lumotlarga yondoshib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi xodisalarning yig’indisiga yondashish kerak. Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharxi va ma’lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi o’lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi, iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o’zgarishini aks ettiradi.
Ayrim tovar bozor kon’yunkturasini o’rganishdan maqsad to’g’ri bashorat qilish va o’zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob’ekt axvolining kelajagi xaqida, fikrlari va rejalarini ro’yobga chiqarish yo’llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o’rganish va amaliy faoliyatida yullangan ob’ekti bo’lib, jaraenlar, kurinishlar, xodisalar bo’lishi mumkin.
Bashorat qilish bu - ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo’lishini ko’ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va xodisa bog’lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo’lgan sabab va xulosalar aniq bo’lgan jarayonlarga bog’liqdir.
Iqtisodiy bashorat kon’yunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy xodisalarni rivojlanishi tugridan - tugri vakt takozosi orqali aniqlanadi. Bashorat kiluvchining vazifasi xozirgi kunda ko’z ostida oldingilarni esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendentsiyalarini o’rganib shu xodisalarni rivojlanishining kelajagini ko’rsatib berishdir.
Bashoratning maqsadi va xizmati ratsional yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko’ra bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali qurol bo’lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko’ra bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi sohalarini o’sishi va effektivligini aniqlash va radikal o’zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.
Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo’lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:
1. Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo’lishi.
3. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo’lishi.
4. Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.
5. Bozor kon’yunkturasi istikboli uz vaktida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo’llaniladi.
Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo’liqmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.
Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo’lishimiz mumkin.
1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda utgan davrda bo’lib o’tgan xaqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari uz navbatida 3 to’rga bo’linadi. Birinchi turi ekstropolyatsiya va interpolyatsiya uslublari yig’indisidan iborat bo’lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funktsiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo’lib, ular ikki va undan ortik uzgaruvchan bashorat qilish ob’ektlarining uzaro alokalarini tadqiq qilishda ko’llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o’xshash ob’ektlarning rivojlanish konuniyatlari bo’yicha tadqiq qilishga asoslanadi.
2. ekspert uslublar u yoki bu soxadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va muloxazalarini kayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baxolash uslubi intuitiv va analitik uslubni uz ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash xamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi uzgarishni baxolashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantikan taxlil qilishga asoslangan usullari kiradi.
Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda ekspert baxolash uslublari, ayniksa, intuitiv uslublar keng kullaniladi.
3. ekstropolyatsiya uslubi. ekstropolyatsiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli kursatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda kullaniladi. ekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi xolati konunlari, nazariyalari xamda tajribasini keng yoyishni takozo kiladi, ya’ni bu xolda ekstropolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendentsiyalariga tayanadi.
4. ekonometrik modellar. ekonometrik modellar iktisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan xolda bozor kon’yunkturasining turli kursatkichlari urtasidagi uzaro alokalar va proportsiyalarni mikdoriy bayon kiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. ekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda keng kullaniladi.
3. Darsning ta’minoti:
Adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan adabiyotlar asosida.
4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg’ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo’shimcha topshiriqlar berish.
5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling