Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 2.89 Mb.
bet4/11
Sana14.10.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1702837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Marketing mazmuni va uning rivojlanishi

Ayirboshlash va Munosabatlar

  • Marketing, odamlar ayirboshlash munosabatlari orqali o`z ehtiyojlarini qondirish uchun qaror qilishganda yuzaga keladi. Ayirboshlash biror kimdan evaziga biror narsani taklif qilish orqali zarur narsani olish xarakatidir. Kengroq mazmunda, marketologlar bazi bozor takliflariga javob qaytarishga harakat qilishadi. Bu javob maxsulot va xizmatlarni shunchaki sotib olish yoki sotishdan ko`ra ko`proq bo`lishi mumkin. Masalan, siyosiy nomzod, ovoz olishni xohlaydi.

Bozorlar

  • Bozor mahsulot va xizmatlarning haqiqiy va potentsial haridorlari yig’indisidan iborat. Bu haridorlar bozorga ayirboshlash munosabatlari orqali qondirilishi mumkin bo’lgan alohida ehtiyoj yoki hoxish bilan chiqishadi.

Zamonaviy marketing tizimi


Ta`minotchilar
Kompaniya
Raqiblar
Marketing vositachilari
Oxirgi iste’molchilar
Eng asosiy muhit kuchlari

Mijozlarga yo’naltirilgan marketing strategiysini tuzish

  • Marketing menejerlarining asosiy maqasdi yuqori darajadagi iste`mol qiymatini shakllantirish orqali xaqiqiy iste’molchilarni topish, ularni jalb etish va ular sonini oshirishdan iboratdir.
  • Samarali marketing strategiyasini loyihalash uchun marketing menejerlari quyidagi ikkita savolga javob topishlar kerak:
  • - qanday iste’molchilarga xizmat ko’rsatamiz?

    - va bu iste’molchilarga qanday qilib xizmat ko’rsatamiz?

Xizmat ko’rsatish uchun iste’molchilarni tanlash

  • Kompaniya avvalo kimga xizmat ko’rsatish kerakligi bo’yicha qaror qabul qilishi lozim. Uni kompaniyalar iste’molchilarni segmentlarga ajratish orqali amalga oshiradi. Bazilar marketing boshqaruvini imkoni boricha ko’proq iste’molchilarni topish va bu orqali talabni oshirish deb hisoblaydi. Ammo marketologlar bozordagi barcha iste’molchilarga xizmat qila olmasligini tushunadi. Barcha iste’molchilarga xizmat ko’rsatishga xarakat qilish orqali ular xech bir iste’molchiga xizmat ko’rsata olmaydi. Uning o’rniga, ular ayrim iste’molchilarni ajratib olib, ularga yaxshi va samarali xizmat ko’rsatishni hoxlashadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling