Foyda yoki naf olish
Quyida keltirilgan rasmda marketing jarayonining besh bosqichli modeli tasvirlangan. Birinchi to’rt bosqichda kompaniyalar iste’molchilarni tushunish, iste`mol qiymatini yaratish hamda iste’molchilar bilan kuchli munosabatlarni o’rnatish uchun ishlaydi. Va nihoyat, so’ngi beshinchi bosqichda, kompaniyalar yuqori darajadagi iste`mol qiymatini yaratishning mukofotini qo’lga kiritadi.
Mijozlar ehtiyoji va bozorni tushunish. - Faoliyatning ilk qadamidayoq, marketologlar faoliyat olib boradigan joydagi bozorni, iste’molchi ehtiyoji va hoxishini chuqur tushunishi lozim. Biz quyida beshta eng asosiy tushunchalarni ko’rib chiqamiz:
Bozor
Ayirboshlash
Qiymat va qoniqish
Bozor takliflari
Ehtiyoj, hoxish va talab
- Mashxur marketing kompaniyalari mijozlarning ehtiyoji, hoxishi va talabini o`rganish uchun uzoq masofalarga ham borishadi. Ular iste`molchi tadqiqotini olib borishadi va ulkan ko`lamdagi axborotni tahlil qilishadi. Ular barcha bo`g`inlardagi rahbarlar ya`ni top menejerlar ham mijozlar bilan yaqin munosabatda qoladi.
Bozor takliflari-tovarlar, xizmatlar va tajribalar - Tajriba - mijozlar bilan kompaniya ortasida mijoz ilk marta kompaniya bilan aloqarga kirishgan vatdan to hozirgacha davrdagi munosabatlar tushuniadi
Marketing xatosi tovar va xizmatlardan iste’molchiga keladigan nafdan ko’ra taklif qilingan alohida tovar yoki xizmatlarning o’ziga ko’proq e’tibor berish hatosidir. - Marketing xatosi tovar va xizmatlardan iste’molchiga keladigan nafdan ko’ra taklif qilingan alohida tovar yoki xizmatlarning o’ziga ko’proq e’tibor berish hatosidir.
Iste`mol Qiymati va Qoniqish - Iste`molchilar odatda mavjud ehtiyojni qondiruvchi keng tanlovli tovar va xizmatlarga duch keladilar. Ular bunday ko`p takiliflar orasidan o`zlariga maqbulini qanday tanlashadi? Qoniqish hosil qilgan mijozlar maxsulotlarni qayta-qayta sotib olishadi va o`zlarining bu boradagi tajribalarini boshqalarga ham aytishadi. Qoniqmagan mijozlar ko`pincha raqiblar tomonga o`tib ketishadi va boshqalarga tovarni yomonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |