Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 2.89 Mb.
bet7/11
Sana14.10.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1702837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Marketing mazmuni va uning rivojlanishi

Interaktiv mijoz munosabatlari

  • Yangi texnologiyalar odamlarning bir-birlari bilan muloqot qilish yo`llarini tubdan o`zgartirib yubordi. O`zaro muloqot qilishning yangi vositalar elektron pochtalar, veb sahifalar, bloglar, mobil aloqa vositalari va videolarni ulashishlardan tortib onlayn jamiyatlari va Facebook, YouTube, Pinterest va Tweeter kabi ijtimoiy tarmoqlarni o`z ichiga oladi.

Mijozlar yaratgan marketing

  • Mijozlarning media tarmoqlar orqali o`zaro muloqotlarining o`sib borayotgan qismi mijozlar yaratgan marketing hisoblanadi. Unda mijozlarning o`zlari brend borasidagi o`z tajribalarini shakllantirishda katta rol o`ynaydilar. Bu bloglarda, video ulashuv saytlarida va boshqa raqamli forumlarda taklif etilgan va etilmagan mijozlar bilan ular o`rtasida o`zaro fikr va mulohazalar almshish orqali ro`y beradi.

Hamkor munosabatini boshqarish

Hamkor munosabatlarini boshqarish-bu kompaniya bo`limlari va kompaniyadan tashqaridagi hamkorlar bilan mijozlarga birgalikda ko`proq naf va qiymat yetkazib berishda yaqindan ishlash jarayonidir.

  • Iste`mol qiymatini yaratish va mijozlar bilan kuchli munosabatlarni o`rnatish masalasiga kelganda, marketologlar buni o`zlari amalga oshira olmasliklarini yaxshi bilishadi. Ular buning uchun turli marketing hamkorlari bilan yaqinlikda ishlashlari kerak. Shuningdek, mijoz munosabatlarini boshqarishda yaxshi bo`lish uchun ular hamkor munosabatlarini boshqarish-mijozlarga ko`proq qiymat va naf yetkazib berishda kompaniya ichida va tashqarisidagi hamkorlar bilan yaqindan ishlashda ham yaxshi bo`lishi kerak.

Mijoz sodiqligini yaratish va uni saqlab qolish

  • Samarali mijoz munosabatlarini boshqarish mijozlar qoniqishini xosil qiladi. O`z navbatida, qoniqish hosil qilgan mijozlar brendga va kompaniyaga sodiq qoladi va kompaniya va uning maxsuloti haqida boshqalarga gapirib beradilar.

Marketingning asosiy tamoyillari, funksiyalari va turlari

  • iste’molchilarga nima kerak bulsa ushani ishlab chikarish kerak;
  • bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn muammolarini echish vositalari bilan ishlash;
  • tovar ishlab chikarishni extiyoj va talabni tadkik kilgandan sung tashkil etish kerak;
  • firmani ishlab chikarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;
  • marketing kontseptsiyasi vositalarini kullash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi kuyilgan maksadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maksadli dastur uslubini ishlatish;

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling