Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima? - Maksimal yuqori iste’molga erishish.
- 2. Iste’molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
- 3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta’minlash.
- 4. Hayot sifatini maksimal ko’tarish.
Marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan: 1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash. 2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish. 3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish. 4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish. 5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo’naltirish. Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat. Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat. - Analitik funktsiya bozorni, iste’molchilarni, firma va tovar strukturasini o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
- Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta’minotini tashkil qilish va tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta’minlaydi.
- Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, TAShSOR tizimi, maqsadli tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi.
- Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta’minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |