Maruza -№ Hujayra yadrosi. Dnk va rnk larning tuzilishi va vazifalari. Oqsil biosintezi


Download 2.57 Mb.
bet8/11
Sana06.11.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1750834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-ma`ruza. mitoz. (2)

Meyoz II va urug‘lanish
MeyozII davomida sentromerlar bo‘linadi. Qiz xujayralarga ajralgan qiz xromosomalar qiz yadrolarga taqsimlanadi. Oxirida xar bir 4 ta qiz xujayra n yoki gaploid xromosoma naboriga ega bo‘ladi.
Odamlarda qiz xujayralar jinsiy xujayralar ichida etiladi (jinsiy xujayralar - spermatozoid, tuxum xujayra) ularni urug‘lanishgacha ximoya qiladi. Organizmning birinchi urug‘langan xujayrasi zigotada diploid xromosoma nabori tiklanadi. Agar gametalar gaploid xromosoma soni o‘rniga diploid xromosomalarni tashisa, xar urug‘lanishda xromosoma soni ikki karra ortadi, bir qancha avlodlardan keyin zigotada xromosomadan boshqa xech narsa bo‘lmaydi.
Rasmda meyoz I va meyoz II ning fazalarini ko‘ring. Meyoz I 4ta fazadan iborat: profaza I, metafaza I,
anafaza I, va telofaza I. Meyoz II ning stadiyalari— profaza II,
metafaza II, anafaza II, va telofaza II.

Meyozning stadiyalari
Meyoz jinsiy ko‘payishning qismi xisoblanadi. Meyoz jarayoni ota onasidan farq qiladigan keyingi avlodni diploid xromosoma soni bilan xarakterlanuvchi kombinatsiyasini ta’minlaydi, maxsus jarayonlar shu fazalar mobaynida sodir bo‘ladi.
Mitozdagidek, meyoz I va meyoz II 4ta fazadan iborat bo‘lib, biz faqat profaza I va metafaza I ni ko‘rib chiqamiz, chunki asosiy xodisalar bu fazalarda sodir bo‘ladi.
Profaza I
Profaza I da sinapsis sodir bo‘ladi, keyin xujayra o‘qi paydo bo‘ladi. YAdro qobig‘i fragmenti va yadrocha yo‘qoladi. Sinapsis vaqtida gomolog xromosomalar bir chiziq bo‘lib yonma-yon taxlanadi. Endi genetik material almashinuvi gomolog juftlarning qiz xromatidlarida sodir bo‘ladi (18.12 rasm). Bu almashinuv krossingover deyiladi. Krossingover natijasida senromerga birikkan bu xromatidlar endi o‘xshash bo‘lmaydi. Meyoz II davomida aloxida xromatidlardan, qiz xujayralar, rekombinantli genetik materialga ega xromosomalarni qabul qiladi. Krossingover axamiyatini to‘g‘ri aniqlash uchun, bir narsani tushunish kerak, ya’ni gomolog juftlarning a’zolari xar xil kichik qo‘llanmali genetik chiziqlarni tashishi mumkin. Masalan, bir gomolog jigarrang ko‘z, sariq sochga javobgar genni saqlasa, munosib gomolog ko‘k ko‘z, qizil sochga javobgar genni saqlashi mumkin. Metafaza I
Metafaza I davomida, gomolog juftlar ekvatorda mustaqil tekislanadi, bunda onalik yoki otalik a’zosi xoxlagan qutbga tomon yo‘naladi. 18.13 rasmda uch juft xromosomadan iborat xujayraning 8 yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Birinchi 4ta yo‘nalish natijasi onalik va otalik xromosomalarning xar xil kombinatsiyalariga olib keladi.



Keyingi 4 tasi xam birinchi 4tasidek shu tipdagi gametalarga olib keladi. Masalan, birinchi va oxirgi yacheyka ikkalasi xam 3ta qizil yoki 3ta ko‘k xromosomalar bilan xarakterlangan gametalar ishlab chiqaradi.
SHundan keyin mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi, natijasi 23 yoki 8, bu xujayrada jinsiy xujayralar (gameta)lar natijalarida onalik va otalik xromosomalarning kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin. Odamlarda 23 juft xromosoma bo‘lib, jinsiy xujayralarda extimolli xromosomal kombinatsiyalar son - 223, or 8,388,608 da tebranadi, va bu krossingoverga tegishli genetik variatsiyalarni kiritishni xisobga olmaydi.
Profaza I va metafaza I xodisalari xromosoma va genlarning kombinatsiyalarida jinsiy xujayralarni bir xil bo‘lmasligini ta’minlashga yordam beradi.





Meyoz I















Sylvia S. Mader. Human biology. Chapter 18. Pages 419-442






Rasm. meyozning fazalari
Meyoz Ida gomolog xromosoma juftlarining a’eolari aloxidalashadi. Qiz xromatidlar aloxidalashib, meyoz II da qiz xromosomalar xosil bo‘ladi. meyoz II oxirida 4ta gaploid qiz xujayra xosil bo‘ladi.










Sylvia S. Mader. Human biology. Chapter 18. Pages 419-442


Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling