Mitoz xaqida qisqacha
Tushunganingizdek, mitoz jarayoni borganda yadrodagi xromatinlar qattiq kondensatsiyalanadi. Xromosomalar ko‘rinadigan bo‘lib qoladi. DNK replikatsiyalanib, xar bir xromosoma duplikatsiyalanadi.2ta bir xil qiz xromatidlar sentromerga birikadi. Ular qiz xromatidlar deyiladi, chunki ular bir xil genlardan tuzilgan:
Xromosoma
Rasmda mitoz aks ettirilgan. Mitozda 4ta xromosoma tasvirlangan (xromosomalarning sonini aniqlashda kerakli mustaqil sentromerlarni sanash kerak). Bilishingizcha, to‘liq xromosoma soni diploid (2n) deyiladi.
__________________________________________________________________
Sylvia S. Mader. Human biology. Chapter 18. Pages 419-442
Mitoz vaqtida, sentromerlar aloxida qiz xromatidlarga taqsimlanadi. Ajralgan xar bir xromatid xromosoma deyiladi.
Xar bir qiz xujayra to‘liq diploid xromosoma naboriga ega bo‘ladi. Xuddi shunday, xar bir qiz xujayra ona xujayranikidek bir xil sondagi va tuzilishdagi xromosomalarga ega bo‘ladi. Xar bir qiz xujayra va ona xujayra genetik jixatdan edentik.
Xujayra o‘qi
Mitoz borishining yana bir muxim xodisasi mikronaychani boshqaradigan xujayra markazi sentrosomaning duplikatsiyasi. Sentrosoma duplikatsiyalanadi, keyin ular ajraladi va mikronaychalar yig‘iladigan mitotik o‘qning qutblaridan o‘q iplari xosil bo‘ladi. Ularning snentromerlardagi o‘q iplariga xromosomalar birikadi. Qutbdardagi mikronaychalar yig‘indisi astra deyiladi (chunki ular yulduzlarga o‘xshaydi). Metafaza vaqtida yadro qobig‘i qismlarga ajraladi va xujayra o‘qi oldin yadroda egalllangan xududni egallaydi. Xromosomalar markazda o‘qning ekvatorida joylashadi. Metafaza o‘qlarning to‘liq shakllanishi bilan xarakterlanadi. Xromosomalar, xar bir qiz xromatid ekvatorda qatorlashadi.
Anafaza
Anafazaning boshlanishida, bog‘langan qiz xromatidlar bo‘linadi. Ajralgan qiz xromatidlardan xosil bo‘lgan xromosomalar o‘qning qarama-qarshi tomoniga xarakatlanadi. Qiz xromatidlarning ajralishi kafolatlangan, bunda xar bir xujayra xar bir xromosomaning bittadan nusxasiga ega bo‘ladi, natijada to‘liq genlar nabori xosil bo‘ladi. Anafaza diploid (2n) xromosoma naborining qutblar tomon xarakatlanishi bilan xarakterlanadi. 18.9 rasmda ko‘rsatilgandek, sentromer soni xromosoma sonini ko‘rsatadi, xar bir qutb 4ta xromosomani qabul qiladi: 2ta qizil va 2ta ko‘k rangli.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |