Ma’ruza №1 Ajratish va konsentrlashning asosiy metodlari


MA’RUZA №2 Ajratish va konsentrlash metodlarining umumiy tavsiflari


Download 95.2 Kb.
bet2/9
Sana29.12.2022
Hajmi95.2 Kb.
#1072415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ажратиш ва концентрлаш

MA’RUZA №2
Ajratish va konsentrlash metodlarining umumiy tavsiflari

Konsentrlashni ikki usul bilan olib borish mumkin.

  1. Matritsani yo‘qotish (ya’ni ajratib tanlash)

  2. Mikroelementlarni ajratib olish

Amaliyotda ikkala usul ham qo‘llaniladi. Ularni qaysi biriga afzallikni berish murakkabdir. Bu aniqlanadigan ob’ektning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi (qo‘yiladigan masala, anliz qilinadigan ob’ekt tabiatiga, mikroelementlarni soniga bog‘liq bo‘ladi).
Agar matritsa oddiy ya’ni bir elementli bo‘lsa, birinchi usulni qo‘llaniladi, bu sharoit bajarilmasa ikkinchi usuldan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birgalashib cho‘kish usuli mikroelementlarni ajratib olish bilan har doim uyg‘unlashadi. Matritsani ajratishda esa mikroelementlarni bir qismi yo‘qotiladi. Shuning uchun matritsani ajratish unchalik maqsadga muvofiq emas.
Ajratish va konsentrlash analitik kimyoning bir bo‘limi bo‘lib asrimizning 60-chi yillaridan shaklangan.
Ajratish va konsentrlash metodlarining asosiy tushunchalari.
Mikroelement yoki mikrokomponentning mikdoriy tarkibi S<10-2 %,bo‘lsa,uni mikroelement deb hisoblash kabul qilingan.
Makrokomponent yoki matritsa komponenti (yoki matritsa), analiz qilinayotgannamunaning asosi hisoblanadi. Ya’ni matritsa —bu asosiy komponent hisoblanadi. Smakro>>Smikro
Namuna — analiz qilinadigan aralashmaning bir qismi.
Konsentrat — bu namuna tayyorlashning hamma jarayonlaridan o‘tkazilgan(ajratish va konsetrlashni ham birga qushib hisoblaganda) namunadir.
Ajratish. Bu jarayonda yoki usulda aralashmani tashkil etuvchi moddalar bir-biridan ajratiladi. Bunda qaysi moddani qaysinisidan ajratishning ahamiyati yo‘q.
Konsentrlash. Bu jarayon yoki usulda mikroelementning konsentratdagimiqdorining uning namunadagi mikdoriga nisbatan ortishi kuzatiladi. Bundamakro —va mikroelementlarning konsentratsiyalaridagi farqi muhum ahamiyatgaegadir.
Ajratib olish. Bunda kerakli komponentlar mustaqil faza yoki uning bir qismi sifatida ajratib olinadi.


Download 95.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling