Ma’ruza №1 Ajratish va konsentrlashning asosiy metodlari


MA’RUZA 3 Ajratish va konsentrlash jarayonlarining asosiy miqdoriy tavsiflari


Download 95.2 Kb.
bet3/9
Sana29.12.2022
Hajmi95.2 Kb.
#1072415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ажратиш ва концентрлаш

MA’RUZA 3
Ajratish va konsentrlash jarayonlarining asosiy miqdoriy tavsiflari
1. Ajratib olish darajasi.-R. U quyidagi formula orqali aniqlanadi.
yoki
Bunda qk –mikroelementning konsentratdagi absolyut miqdori:
qn– mikroelementning namunadagi absolyut miqdori:
R-o‘lchovsiz kattalik bo‘lib, modda absolyut miqdoriningmiqdorining qancha qismi konsentratda ekanligini ko‘rsatuvchi kattalik hisoblanadi va birning ulushlarida yoki foizlarda o‘lchanadi.
R-ning qiymati oxirgi aniqlash natijasini sistematik xatoni hisobga olgan holda to‘g‘rilashga imkon beradi. Masalan, temirning tajribada topilgan miqdori 20 mkg va R=0,8 (ya’ni 80%) bo‘lsa, ya’ni XiFe (tajribada topilgani)= 20 mkg; R=0,8 (yoki 80%) u holda
20mkg----------------------810%
Xto‘g‘rilangani---------------100%



Bundan bo‘ladi.
Ajratib olish darajasi (R ni real ob’ekt tarkibiga o‘xshash yoki shu tarkibga yaqinlashtirilgan) tarkibdagi standart namuna komponentlarini aniqlash sharoitidagidek aniqlanadi.
2. konsentrlash koeffitsienti – K quyidagi formula orqali aniqlanadi:

k-o‘lchovsiz kattalik bo‘lib, konsentratdagi element va matritsa absolyut miqdorlari nisbati dastlabki namunadagi element va matritsa absolyut miqdorlari nisbatiga nisbatan necha marta o‘zgarganligini ko‘rsatadi.
Bunda Qn- makroelementning namunadagi absolyut miqdori.
Qk- makroelementning konsentratdagi absolyut miqdori.
Agar Qnqn, Qkqk, R=1 bo‘lsa , u holda
bo‘ladi.

Konsentrlash koeffitsientini gradrovkali grafik tuzishda va elementni miqdorini aniqlashda hisobga olinadi.


K ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa metodning effektivligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Masalan birgalashib chukish. Sorbsiya metodlarida K ning kiymati 103- 104 kabi bo‘lsa bunday metodlar effektiv hisoblanadi.

Z. Ajratish darajasi – S


Ajratish darajasi konsentrlash koeffitsientiga teskari bo‘lgan kattalikdir va u kuydagicha aniklanadi.

Bu kattalik kamdan kam ishlatiladi
Odatda bu kattalikning kichik bo‘lgani yaxshi.
Xar bir metod o‘zining xarakteristikasiga ega. Lekin bu yuqorida ko‘rilgan uchta kattalikni istagan metodning xarakteristikasi (xususiyati) (ajratish va konsentrlash) sifatida foydalanish mumkin.
Konsentrlashning afzalliklari kuyidagilardan iborat:
1.Aniqlanish kuyi chegarasini ikki – uch tartibga (ya’ni 100 va xatto 1000 martagacha ) kamaytiradi, sezgirlikni esa keskin oshiradi
2. Tanlab tasir etuvchanlikni oshiradi.
3. Analitik metodlarning analitik imkoniyatlarini kengaytiradi.
4. Ajratish va xalakit beruvchi tasirlar yo‘kotishi xisobiga metodning metrollogik xarakteristikasini yaxshilaydi.
Konsentrlashning kamchiliklari esa kuydagilardan iborat;
1)Aniklash uchun sarflanadigan vaqtning uzayishi
2)Qo‘shimcha reagentlar sarflanishi
3)Matritsani ajratish jarayonida birgalashib cho‘kish hisobiga mikroelemenlar bir qismining yo‘kotilishi xatoliklarga olib keladi

Download 95.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling