Ma’ruza №1 Ajratish va konsentrlashning asosiy metodlari


Ajratish va konserlash metodlarining klassifikatsiyasi va tanlash mezoni


Download 95.2 Kb.
bet4/9
Sana29.12.2022
Hajmi95.2 Kb.
#1072415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ажратиш ва концентрлаш

Ajratish va konserlash metodlarining klassifikatsiyasi va tanlash mezoni.
Ajratish va konsentrlash umumiy xolda uchga bo‘lish mumkin:

  1. Ajratish metodlari – komponentlar konsentratsiyasi bir-biriga yaqin bo‘lganda ular bir-biridan ajratiladi

  2. Konsentrlash metodlari - mikrokomponentlarni matritsadan ajratish hisobiga konsentrlash

  3. Tozalash metodlari - bu konsentrlash jarayonining teskarisidir. Bundan asosiy maqsad matritsani (asosni) mikrokompenentlardan ajratishdan iboratdir.

Ajratish va konsentrlash uchun ko‘plab metodlar ko‘llaniladi. Bug‘latish – konsentrlashning, ekstraksiya, elektrokimyoviy metodlar va xokozalar.
Metodlarning turli- tumanligi ( ko‘pchiligi)ning “salbiy” tomoni ham bor, yani ular ajratish va konsentrlash metodlarini tanlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun xam ularni klassifikatsiyalab o‘rganish maqsadga muvofikdir. Ajratish va konsentrlash metodlarini turli xil xarakteristikalarini va prinsiplari asosida klassifikatsiyalash mumkin:

  1. Jarayonining tabiati asosida

1.1. Kimyoviy va fizik- kimyoviy ajratish va konsentrlash metodlari. Bular kimyoviy reaksiyaga asoslangan metodlardir.
Bularga misol sifatida cho‘ktirish birgalashib cho‘ktirish elektroliz, xromatografiya, ekstraksiya va hok. metodlarni keltirish mumkin.
1.2. Fizikaviy ajratish va konsentrlash metodlari. Bu metodlarda kimyoviy reaksiya ketmaydi. Bu metodlarga misol sifatida: kiristallanish, haydash, sublimatlanish, distillatsiya, bug‘latish, muzlatish, filtrlash, gel-filtrlash va hokozalarni keltirish mumkin.

  1. Ajratish jarayonidagi boskichlar soni asosida:

2.1.Bir bosqichli ajratish va konsentrlash metodlari. Bu metodlarga cho‘ktirish, birgalashib cho‘ktirish, elektroliz va hokozalar misol bo‘la oladi
2.2. Ko‘p bosqichli ajratish va konsentrlash metodlari. Bu metodlarga xromatografiya, distillatsiya va hok. misol bo‘la oladi.
Ko‘p bosqichli ajratish va konsentrlash har doim effektivroq hisoblanadi va ajratish hamda konsentrlash metodlarining ideal hollaridan biridir.

  1. Fazalar soni va xarakteri asosida

3.1. Gaz fazasida
3.2. Qattik faza va uning gaz fazasi bilan kombinatsiyasi asosida.
3.3 Suyuk faza asosida
4. Kinetik faktorlar asosida.
Bir kator platina metallari ligandlar bilan turli labillikda kompleks birikmalar hosil kiladi yani metallar organik reagentlar bilan turli tezlikda o‘zaro tasir yetadi.

Download 95.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling