Har bir mahsulotning tannarxni aniqlashimiz uchun qo‘shma
tannarxni har bir
mahsulotga taqsimlashda mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan yo‘lni tanlashimiz kerak bo‘ladi.
Taqsimlashda eng to‘g‘ri ideal g‘oyaga, ya’ni har bir mahsulotning
tannarxi ularni sotishdan
olingan daromad bilan muvofiqligini ta’minlashga rioya qilish bo‘lib hisoblanadi. Lekin,
muvofiqlik konsepti qo‘shma tannarxni taqsimlashda murakkabliklar bilan bog‘liqdir. Natijada,
sabab-oqibat bog‘liqligi qo‘shma tannarx va qo‘shma tannarxni haqiqatda o‘zida
mujassamlantirgan mahsulot o‘rtasida o‘z aksini topa olmasligi mumkin. Ushbu farqni mumkin
qadar kamaytirishda bir qancha umum qabul qilingan metodlar qo‘llaniladi.
Ularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Natural birliklar asosida taqsimlash.
2. Sotish qiymati asosida taqsimlash.
3. Yalpi fayda asosida taqsimlash.
4. Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati asosida taqsimlash.
5. Ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodi
Do'stlaringiz bilan baham: