Sotish qiymati asosida taqsimlash metodi. Sotish qiymati asosida taqsimlash metodida
qo‘shma tannarx sotishdan olingan daromadga mutonasib ravishda taqsimlanadi. Yuqoridagi
misolimizda sotishdan olingan daromad sotilgan miqdorni mahsulotlarning sotish bahosiga
ko‘paytirish orqali topiladi. 9.1-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib quyidagi hisob-kitoblarni
amalga oshiramiz:
9.3-jadval
Mahsulot Ishlab
chiqarilgan
miqdor
Birlik narxi Sotish hajmi
Z-800
4,000 barrel
10 p.b./barrel 40,000 p.b.
Z-900
3,000
15
45,000
XZ-880
2,000
25
50,000
XZ-990
1,000
65
65,000
Jami
200,000 p.b.
Qo‘shma tannarx qo‘shma mahsulotlarga ularning har birining jami daromaddagi
hissasiga qarab taqsimlanadi. Misol uchun, Z-800 mahsulotga 18,000 p.b.da qo‘shma tannarx
taqsimlanadi ((40,000 p.b. / 200,000 jami sotish hajmi) * 90,000 p.b.). Agar taqsimlangan
qo‘shma tannarx 18,000 p.b.ni 4,000 birlik mahsulotga bo‘lsak, mahsulot birligiga qo‘shma
tannarx 4.50 p.b. kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, Z-900 mahsulot uchun qo‘shma tannarx
20,250 p.b. ((45,000 p.b. / 200,000 p.b.) * 90,000 p.b.) ga teng. Boshqa mahsulotlar uchun ham
qo‘shma tannarx shu tartibda aniqlanadi. Hisob-kitob natijalarini quyidagi jadvalda
rasmiylashtiramiz (9.4-jadval).
Farington Industrial Products
Sotish Qiymati Asosida Taqsimlash Metodi bo‘yicha Mahsulot Tannarxi
9.4-jadval
Mahsulotlar Qo‘shma tannarx
Ajralish
nuqtasidan
keyingi tannarx
Jami
mahsulot
tannarxi
Jami
Birlikka
Jami
Do'stlaringiz bilan baham: |