Maruza 10. Texnologik boshqaruv obyektlarining statik va dinamik xususiyatlari. Fizik jarayonlarni boshqaruv obyektlarii sifatida. Gidromeliorativ, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari


Avtomatlashtirish ob’yektlarini tavsiflovchi asosiy xossalar


Download 68.48 Kb.
bet5/8
Sana21.11.2023
Hajmi68.48 Kb.
#1792767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maruza 10

10.2 Avtomatlashtirish ob’yektlarini tavsiflovchi asosiy xossalar
Avtomatlashtirish ob’yektlarini tavsiflovchi asosiy xossalarga quyidagilar kiradi: ob’yektning statik tavsifnomasi, dinamik tavsifnomasi, o’zida to’plash (akkumulyatorlik) qobiliyati, yoki tekislash, ob’yektning o’tish vaqti va ob’yektning vaqt konstantasi.

10.2 Ob’yektning statik va dinamik tavsifnomalari

Ob’yektning statik va dinamik tavsifnomalari. Ob’yektning statik tavsifnomasi rostlanuvchi miqdor u (chiqish miqdori) ning topshiruvchi ta’sir x (kirish miqdori)ga o’zgarmas g’alayon F(t)=const bo’lgan barqaror rejimda bog’liqligini ko’rsatadi. Statik tavsifnomaning matematik ko’rinishi


u=f(t) (10.4)
Turli ob’yektlarning statik tavsifnomalari har xil shaklda bo’ladi; agar ular chiziqli tenglamalar bilan yozilib, grafik to’g’ri chiziq bilan ifodalansa, bunday ob’yektlar chiziqli ob’yektlar deb ataladi. Ko’pchilik ob’yektlar nochiziqli statik tavsifnomaga ega bo’ladi, shu sababli avtomatika tizimlarini ham barqaror (statik), ham o’tkinchi (dinamik) rejimlarda tadqiq etish ancha qiyin.
C
Hiziqli ob’yekt 1 va nochiziqli ob’yekt 2 uchun statik tavsifnomalar 10.4,a-rasmda ko’rsatilgan.
10.4-rasm. Statik rostlash sxemasi (a) va rostlash tavsifnomasi (b)
Nochiziqli tavsifnomali tizimlarni tahlil qilish oson bo’lishi uchun statik tavsifnoma chiziqlantiriladi, ya’ni nochiziqli tavsifnomaning ayrim bo’lagi, yoki to’liq (3 egri chiziq) chiziqli tavsifnomaga almashtiriladi. Bunday almashtirish ma’lum xatoliklarga olib keladi. Hisoblarda noto’g’ri natijalar olmaslik yoki katta xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun har qaysi alohida holda chiziqlantirishni qo’llash imkonini, shuningdek, nochiziqli tavsifnomani aniqlash zarur.
Ob’yektning dinamik tavsifnomasi vaqtning istalgan payti uchun rostlanuvchi miqdor u(t) ning o’tkinchi jarayonda topshiruvchi ta’sir x(t) ga bog’liqligini ko’rsatadi. Bu kattaliklar orasidagi bog’lanish differensial tenglamalar bilan ifodalanadi. Ob’yektning dinamik xossalari to’g’risidagi to’liq tasavvurni uzatish funksiyalari va chastota tavsifnomalari beradi.

Download 68.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling