Maruza 10. Texnologik boshqaruv obyektlarining statik va dinamik xususiyatlari. Fizik jarayonlarni boshqaruv obyektlarii sifatida. Gidromeliorativ, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari


- rasm. Sig’imlar soni turlicha bo’lgan ob’yektlarga misollar: a- sig’imsiz; b- sig’imli; v- ikki sig’imli; g- ob’yektning vaqt ichidagi o’zgarish egri chizig’i


Download 68.48 Kb.
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi68.48 Kb.
#1792767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maruza 10

10.5- rasm. Sig’imlar soni turlicha bo’lgan ob’yektlarga misollar: a- sig’imsiz; b- sig’imli; v- ikki sig’imli; g- ob’yektning vaqt ichidagi o’zgarish egri chizig’i


10.3 Ob’yektning o’z-o’zidan to’g’rilanish xususiyati
Ob’yektning o’z-o’zidan to’g’rilanish xususiyati. Ob’yektning g’alayonlanish paydo bo’lganidan so’ng odam yoki avtomat rostlagich yordamisiz yana muvozanat holatiga qaytish xususiyati o’z-o’zidan to’g’rilanish deyiladi. O’z-o’zidan to’g’rilanishning sonli qiymati o’z-o’zidan tug’rilanish darajasi va tarqalish tezligi orqali baholanadi.
O’z-o’zidan tug’rilanish darajasi  g’alayonlovchi ta’sirning shu ta’sir natijasida sodir bo’ladigan rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishiga bo’lgan nisbatiga teng:
(10.7)
bunda g1- ob’yektdagi modda yoki energiyaning nisbiy qo’shilishi; g2- ob’yektdagi modda yoki energiyaning nisbiy sarfi; g - rostlanuvchi ob’yektdagi ko’rilayotgan vaqt mobaynida modda yoki energiyaning qo’shilishi va sarfining nisbiy ayirmasi;  - rostlanuvchi ob’yektning nisbiy chetga chiќishi; - o’z-o’zidan to’g’rilanish darajasi - o’lchovsiz miqdor.
CHiziqli ob’yektlar uchun =const. O’z-o’zidan to’g’rilanish koeffitsiyenti kirish signalining ko’rilayotgan o’tish kanali bo’yicha ob’yektning kuchayish koeffitsiyentiga teskari kattalikdir. SHuning uchun  qancha katta bo’lsa, rostlanuvchi ob’yektning bir miqdorli g’alayonlovchi ta’sir kuchidagi qoldiqli chetga chiqishi shuncha kichik bo’ladi.
O’z-o’zidan to’g’rilanish qobiliyatiga ega bo’lmagan (=0) ob’yektlar neytral yoki astatik deyiladi. G’alayonlovchi ta’sir bo’lmasa, bunday ob’yektlar rostlanuvchi kattalikning istalgan qiymatida muvozanat holatda bo’ladi. Agar muvozanat holati buzilsa, rostlanuvchi kattalikning o’zgarish tezligi g’alayonlash kattaligiga to’g’ri proporsional bo’ladi. O’z–o’zidan to’g’rilanish holati bo’lmagan ob’yektlarda rostlash jarayoni qiyinlashadi. O’z-o’zidan to’g’rilanish rostlanuvchi ob’yektning kirishida ham chiqishida ham mavjud bo’lishi kerak. Nollik qiymatidan tashqari, u musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. O’z-o’zidan to’g’rilanish ma’lum (=0) qiymatga ega bo’lgan ob’yektlar modda yoki energiyaning berilishi va iste’moli o’rtasidagi tenglikni tiklash qobiliyatiga ega. Bunday ob’yektlar turg’un yoki statik deyiladi. Agar o’z-o’zidan to’g’rilanish darajasi = bo’lsa, ob’yekt ideal o’z-o’zidan to’g’rilanishga ega bo’ladi. Bu demak, ob’yekt o’zining muvozanat qolati va rostlanuvchi kattaligining o’zgarmas qiymatini har qanday g’alayonlovchi ta’sirlar qiymatida ham saqlab qoladi. O’z-o’zidan to’g’rilanishi (<0) bo’lmagan ob’yektlarning statsionar rejimi muvozanat holati buzilganda qayta tiklanmaydi. Bunday ob’yektlar noturg’un deyiladi. Ichki energiya manbaiga ega bo’lgan sodda ob’yektlar odatda turg’un bo’ladi. Bunday manbalari bo’lgan fizikaviy tizimlar (masalan, tizimda o’tayotgan jarayon ekzotermik reaksiya bilan birgalikda ketishi mumkin) noturg’un bo’lishi mumkin. Bu kabi ob’yektlarni rostlash qiyinlashadi, ayrim hollarda esa ularni avtomatlashtirish imkoni umuman bo’lmaydi.
10.6-rasmda statik, astatik, noturg’un ob’yektlar va ideal o’z-o’zidan to’g’rilanishli ob’yektning tarqalish egri chiziqlari keltirilgan. SHuni ham aytish kerakki, o’z-o’zidan to’g’rilanishli ob’yektlar uchun avtomat rostlagichning hojati yo’k. Lekin, ideal o’z-o’zidan to’g’rilanish qobiliyatiga ega bo’lgan asosiy kattalikli ob’yektda texnologik jarayonni rostlash talablariga to’g’ri keladigan yordamchi kattalikni tanlash kerak. Masalan, bir tarkibli suyuqlikning doimiy bosimda qaynash jarayonini rostlash kerak. Apparatning moddani qaynatish uchun yetarli bo’lgan issiqligi har qanday haroratda doimiy bo’lgani uchun asosiy kattalik hisoblangan qaynash haroratining rostlagichidan foydalanmaslikka to’g’ri keladi. Bir tarkibli suyuqlikning qaynash intensivligini boshqarish uchun yordamchi rostlanuvchi kattalik sifatida (agar apparatning gidravlik qarshiligidan o’tadigan bug’ tezligining o’zgarishi natijasida bosim deyarli o’zgarsa) bug’lanuvchi suyuqlikning bug’ bosimi (agar suyuqlik bug’lanish tezligining doimiy kerak bo’lsa), issiqlik tashuvchining apparatga uzatish harorati va tezligi yoki (o’zgaruvchi yukli bug’latgichning ishini ta’minlash kerak bo’lsa) issiqlik tashuvchining uzatish tezligi va qayta ishlanayotgan suyuqlik o’rtasidagi munosabatlari tanlanadi. Turli ob’yektlar uchun o’z-o’zidan to’g’rilanish jarayonining o’tish vaqti turlicha bo’ladi.






Download 68.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling