Maruza 10. Texnologik boshqaruv obyektlarining statik va dinamik xususiyatlari. Fizik jarayonlarni boshqaruv obyektlarii sifatida. Gidromeliorativ, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari


O`tish xarakteristikasini olish usullari


Download 68.48 Kb.
bet2/8
Sana21.11.2023
Hajmi68.48 Kb.
#1792767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maruza 10

O`tish xarakteristikasini olish usullari quyidagi asosiy shartlarni bajarilishi orqali amalga oshiriladi:
- birlik pog’onali ta`sir berilishidan oldin o`tish xarakteristikasi olinayotgan rostlanuvchi parametrga ko`ra rostlash ob`ektining ish rejimi stabillashtiriladi;
- rostlash ob`yekti va rostlanayotgan parametr rostlagichi orasidagi asosiy teskari bog’lanish tuziladi;
- ta`sirning kattaligi rostlash ob`yekti ish rejimini buzish davomiyligining ishlab chiqarishdagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Rostlash ob`yektiga berilayotgan ta`sir tajriba vaqtida mavjud bo`lgan tasodifiy g’alayonlardan ancha katta bo`lishi lozim (odatda bunday ta`sir maksimal mumkin bo`lgan ta`sirning 10% dan kam bo`lmasligi lozim). Murakkab rostlash ob`ektlari har xil ta`sir turlarida turlicha dinamik xususiyatga ega bo`lganliklari uchun o`tish xarakteristikalari boshqaruvchi va g’alayon ta`sirlarda olinadi. Tajriba aniqlik darajasi etarli bo`lishi uchun kamida ikki marotaba o`tqaziladi.
Berilgan vaqtda ob`yekt ichidagi modda yoki energiyaning miqdori sig’im deyiladi. Sig’im qanchalik katta bo`lsa, ob`ektga ko`rsatiladigan ta`sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o`zgarishi shuncha past bo`ladi. Sig’imi katta ob`ektlar kichik sig’imli ob`ektlarga nisbatan turg’unroqdir.
Ob`ektning unga berilgan ta`sirdan so`ng yangi barqaror holatga kelish qobiliyati rostlash ob`ektining o`z – o`zini to`g’irlanish xossasi deyiladi. Bir sig’imli bunday ob`ektlarning o`tish xarakteristikalari 10.1-rasmda keltirilgan.



10.1-rasm. A) - g’alayonli ta`sirda, b) - boshqaruvchi ta`sirda.

Bir sig’imli o`z – o`zini rostlash ob`ektlarining o`ziga xos xususiyati Ychiq parametrning o`zgarish tezligi ta`sir berilgan vaqtidan boshlab maksimal bo`lishidir. Rostlash ob`ektining dinamik xususiyatlarini baholovchi o`tish xarakteristikasining parametrlari


10.1-rasmda ko`rsatilgandek aniqlanadi:
Ta – rostlash ob`ekti uchun tezlab ketish vaqti. Bu vaqt davomida rostlanayotgan parametr t0 vaqt momentidagi o`zining boshlang’ich qiymatidan ta`sir kattaligiga javob beruvchi berilgan qiymatgacha doimiy maksimal tezlik bilan o`zgaradi.



Ybchiq





Download 68.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling