Maruza 10. Texnologik boshqaruv obyektlarining statik va dinamik xususiyatlari. Fizik jarayonlarni boshqaruv obyektlarii sifatida. Gidromeliorativ, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari


Ob’yektning akkumulyatorlik (to’plash) qobiliyati


Download 68.48 Kb.
bet6/8
Sana21.11.2023
Hajmi68.48 Kb.
#1792767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maruza 10

Ob’yektning akkumulyatorlik (to’plash) qobiliyati. Har qanday rostlash ob’yektining texnikaviy jarayoni biror material muhitning yoki energiyaning kelishi, sarflanishi, to’planishi va o’zgartirilishi va bilan bog’liq. Ko’pchilik ob’yektlar ish jarayonida ish muhitini ob’yekt ichida to’plash qobiliyatiga ega. Masalan, suv bakida suv to’planadi, ichki yonuv motorining aylanuvchi qismlarida energiya to’plash uchun unga maxovik o’rnatilgan; issiqxonalarda issiqlik sig’imiga ega bo’lgan barcha ob’yektlarda issiqlik to’planadi va hokazo.
Akkumulyatorlik qobiliyati ob’yektning rostlash xossalariga jiddiy ta’sir etadi. Ob’yektning akkumulyatorlik xususiyati qancha kam bo’lsa, ish muhitining (suvning) kelishi bilan sarflanishi o’rtasidagi balans buzilganda rostlanuvchi miqdorning o’zgarish tezligi shuncha katta va binobarin rostlash shuncha murakkab bo’ladi. Aksincha, ob’yekt qancha ko’p sig’imli bo’lsa, rostlash masalasi shuncha yengil bo’ladi.
Ob’yektlar sig’imsiz, bir sig’imli va ko’p sig’imli bo’ladi. Sig’imlar soni turlicha bo’lgan ob’yektlarga misollar 10.5-rasm, a, b, v da keltirilgan.
Ob’yektning akkumulyatorlik qobiliyatni tavsiflash uchun sig’im koeffitsiyenti S tushunchasi kiritiladi. Bu koeffitsiyent ob’yekt sig’imi S ni rostlanuvchi miqdorning tegishli qiymatini u ga nisbati bilan ifodalanadi.
(10.5)
Sig’im koeffitsiyenti S qancha katta bo’lsa, ob’yektning g’alayonlarga sezgirligi  shuncha kam bo’ladi; ob’yektning sezgirligi rostlanuvchi miqdor o’zgarish tezligi dy/dt ning g’alayontiruvchi ta’sirning o’zgarishi F ga nisbati bilan ifodalanadi: (10.6)
Ob’yektning rostlanuvchi miqdorining ma’lum vaqt davomida o’zgarishlari o’tish jarayoni egri chizig’i deyiladi. Bunday egri chiziq hosil qilish uchun ob’yektning kirishiga kirish miqdori pog’onasimon kiritiladi va chiqish miqdorining turli momentlari uchun o’zgarishlari yozib boriladi. 10.5 g - rasm, da sig’imsiz (1 egri), bir sig’imli (2 egri) va ko’p sig’imli (3 egri) ob’yekt uchun dinamik tavsifnomalar ko’rsatilgan. Sig’imsiz ob’yektda kelish (keluvchi oqim) qancha o’zgarsa, sarflanish (ketuvchi oqim) Q2 ham darhol shuncha o’zgaradi. Agar sig’im mavjud bo’lsa, ketuvchi oqim Q2 oniy emas, balki vaqt ichida asta-sekin o’zgaradi. Ob’yekt sig’imi qancha katta bo’lsa, bu ob’yektning o’tish jarayoni egri chizig’i shuncha yotiq bo’ladi, chunki sig’imda boshqaruvchi ko’rsatkich to’plana boradi.
O
b’yektning akkumulyatorlik qobiliyati rostlagichni tanlashda hisobga olinadi.

Download 68.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling