Ma`ruza №19 Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash


Download 276.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi276.81 Kb.
#1549254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza-19

 
20.1-rasm. Qirg‘ichli moslamalar. 
a-qirg‘ich plankasini sangali mahkamlash, b-sirpanuvchan qirg‘ichni ajratib olishli 
mahkamlash; 1-qobiq, 2,4-sangali qisqich, 3-prujina, 5-qirg‘ich plankasi, 6-qirg‘ichg keskichi, 
7-aralashtirgich karkasi, 8-plastinali prujina, 9-qirg‘ich. 
Oddiy aralashtirgichlardan merserizator quyidagi konstruktiv farqlar bilan ajralib turadi: 
diffuzor ichiga aralashtiruvchi kurakchali bir necha yarusda о‘rnatilgan; diffuzorda esa mos 
ravishda kо‘zg‘almas bilalar mahkamlangan. 
Kurakcha va bilalar orasidan shishib qolgan sellyulozalar maydalanib о‘tib, ochiq 
turbinali aralashtiruvchiga tushadi. U ham kurakchalar bilan bitta valga mahkamlangan.
Qurilmaning tepa 
tubida
sellyulozani yuklash voronkasi о‘rnatilgan; о‘yuvchi natriy eritmasi 
shtuser va qobiqdagi perimetri bо‘yicha 
teshiklar ochilgan
yopiq tarnovdan uzatiladi. 


Merserizatorni ta’mirlash va montaj qilishning о‘ziga xosligi shundaki, qobiqda 
diffuzorni va aralashtiruvchi kurakchalarni valga о‘rnatish yuqori aniqlikni talab qiladi. 
Diffuzor qobiqning ichida kо‘ndalang qilib payvandlangan ugolniklarga о‘rnatiladi. 
Yemirilgan diffuzor, val, bilalar va kurakchalarni almashtirish uchun tepa 
tubi
yechiladi. Ta’mirlash vaqtida quyidagi qismlar tekshiriladi: qobiq-devor yemirilishi va 
payvand choklar zichlanishi; о‘yuvchi natriyni uzatish tarnovi-yemirilish va halqasimon hajmli 
va teshiklar tozaligi; podshipniklar yemirilishi va ularning qobiqlarini
tublarga
tо‘g‘ri 
о‘rnatilishi; turbina parraklari- butunlikka va h. 
Qurilma konstruksiyasi reaksion massani tepaga va pastga harakatlanish imkonini 
beradi. 
Reaksion massa ikki marotaba yuqori quyilish trubalari orqali о‘tadi va polimerizasiya 
jarayonida hosil bо‘layotgan suv bug‘i va gazlardan oson ajraladi. Bug‘ va gazlar tepa 
tubdagi
shtuser orqali chiqariladi. 
Qurilmani ta’mirlash va montaj qilish alohidaligi uning ichki halqali hajmi zmeyeviklar 
bilan tо‘ldirilganligi bilan belgilanadi. Bunday konstruksiya, birinchidan qobiq metalli holatini 
tekshirish va tozalashni qiyinlashtiradi; ikkinchidan-gidravlik sinov paytida zmeyevik 
nuqsonlarini aniqlab bо‘lmaydi. Shuning uchun, taftish va ta’mirlash uchun zmeyevik 
mahkamlangan qurilma qismlarga ajratiladi. Buning uchun ikkita tо‘siqli yuqori 
tub
yechiladi. 
Montaj, tozalash va ta’mirlash oson bо‘lishi uchun qurilma silindrik qismi flanes 
birikmali ajraluvchan qilib yasalgan. Bu, qurilma tayanch qismini poydevorda qoldirilgan 
holda qism va detallarga ta’mirlash va kuzatish uchun imkon yaratiladi. 

Download 276.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling