Ma`ruza №19 Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash


Download 276.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi276.81 Kb.
#1549254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza-19

Rezina qorishtirgich. Tabiiy kauchukni plastikasiyalash va rezinali aralashmalarni 
tayyorlash uchun asosan rezina qorishtirgichlar kо‘llaniladi. Ishchi hajm tо‘liq va ishonchli 
zichlansa, ishchi jarayonni о‘tkazish uchun optimal sharoit yaratiladi. Rezina qorishtirgichlar 
aylanuvchi rotorli yopiq kamera bо‘lib, rotorlari figurali (biror shaklli) qilib yasaladi. 
Kameraga rezinali aralashma komponentlari bosim ostida yuklash moslamasi orqali uzatiladi. 
Rezina qorishtirgichlar konstruksiyalari turli tuman bо‘lib, bir-biridan ishchi 
kameradagi aralashtiruvchi rotorlarning shakli (oval, uch qirrali, silindrik) yuklash va tо‘kish 
qismlarini tambalash issiqlik olish (ochiq va yopiq sovitish tizimlari) usullari va h. bilan ajralib 
turishadi. 
20.4- rasmda oval shaklli aralashtiruvchi rotorli rezina qorishtirgich konstruksiyasi 
keltirilgan. Qorishtirgich kamerasi ikkita bо‘lakdan iborat bо‘lib, yonboshi plitalar bilan 
yopiladi va poydevorga joylanadi. Qurilma rotori chayqaluvchi podshipniklarga о‘rnatiladi. 
Qurilma kamerasining tepa qismida yuklash voronkasi qо‘yilgan va ishlash davrida 
zatvor yuki ta’sirida yopiladi. Zatvorning kо‘tarilishi yoki tushirilishi havoli silindirning 
porsheni tufayli yuz beradi. 
Qorishtirgich tashqi devoriga, qobiq ichida joylashgan purkagich orqali uzatilayotgan 
suv bilan sovutiladi. Bunday sovitish ochiq tizim deyiladi. Yopiq tizimda qorishtirgich g‘ilof 
bilan о‘ralgan bо‘ladi va qobiq g‘ilof oraligiga suv haydaladi. 


20.4-rasm. Rezina qorishtirgich. 
1 – havo silindri; 2 - ventilyasion qobiq; 3 - yuqori zatvor yuki; 4 – yuklash 
voronkasi; 5 - yumshatgich uzatish patrubkasi; 6 – qorishtirish kamerasi; 7 – rotor; 8 – 
pastgi zatvor; 9 – pastgi zatvor havo silindri; 10 – asosiy qorishtirgich; 11 – qorishtirish 
kamerasining yenboshi; 12 – qobiq. 
Rotor yuritgichi reduktor orqali elektr yuritgich bilan ulangan. Rotorning toresli yon 
devoriga kirish joyi ishonchli qilib zichlash moslamasi bilan germetizasiyalanadi. Eski 
konstruksiyalarda qо‘llanilgan fraksion va salnikli zichlagichlar kameradagi yuqori bosimlarga 
bardosh bera olmaydi. Shuning uchun, boshqa turdagi zichlash moslama konstruksiyalariga 
о‘tilgan. 
16.5–rasmda rotorning ikkita zichlash moslamalari: labirintli va о‘z-о‘zidan 
zichlanuvchilari keltirilgan. Labirintga bosim ostida uzluksiz uzatilayotgan moy, tirqishida 
gidravlik zatvor hosil qiladi va u orqali qora kuya va rezinali aralashma о‘tishiga qarshilik 
qiladi. Rezinali tayyor aralashma pastgi zatvor orqali tо‘kiladi. Zatvorning ochilishi yoki 
yopilishi pnevmatik silindr yoki gidravlik moslama yordamida amalga oshiriladi. 
Qurilmaning ishonchli ishlashi hamma qism va detellari bog‘liq bо‘lgani uchun 
ta’mirlash va montaj davrida taftish qilinadi. Montaj ishlari poydevorga tayanch poydevor 
plitalarini о‘rnatishdan boshlanadi. Har bir plita vertikal va gorizontalligi loyiha nuqtasi bо‘yicha 
tekshiriladi va poydevor boltlari bilan



Download 276.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling